Reja Tashqi elektrli va trubali o'tkazishlar haqida umumiy tushunchalar va ularning tavsiflari. Elektrli o'tkazishlar usullarini tanlash. Elektrli o'tkazishlarda sim va kabellarni tanlash va turini vazifali zanjirlarga tegishli bo'lgan o'tkazishlarni birgalikda uzatishning shart va talablari. Elektrli o'tkazishlarda himoya apparat va o'rnatish konstruksiyalarini tanlash. MAVZU: Elektr o'tkazishlar chizmalarini loyihalash Tashqi elektrli o'tkazishlar haqida umumiy tushunchalar va o'tkazishlar usullarini tanlash Elektrli uzatish iborasi kabel, simlar va ularga tegishli bo'lgan mahkamlash, ushlab turish, himoyalash konstruksiyalarining birgaligi nazarda tutiladi. Tashqi elektrli uzatishlar avtomatlashtirishning asosiy loyiha hujjatlari majmuasiga kirib, bu sxema asosida montaj va sozlash ishlari bajariladi, shuningdek, sistema vositalarini ekspluatatsiya qilishda foydalaniladi. Bu chizma ko'rsatmasi materiallar RM4-6-84, RM4-6-81, RM4-6-79 talablariga binoan bajariladi. Elektr uskunalari tuzilishi qoidalariga muvofiq elektrli uzatishlar quyidagicha bo'ladi: 1). Ochiq elektrli uzatish-inshootning konstruktiv elementlari (devor, ship) bo'ylab bevosita truba, korob, lotaklar vositasida. 2). Yopiq elektr uzatish-binolarnning devor, erto'la, poydevorlari bo'ylab trubalar, yopiq kanallar orqali. 3). Tashqi elektrli uzatish-bino va inshootlarning tashqi devorlari, bostirmalari orqali truba, korob, lotoklar vositasida. Avtomatlashtirish sistemalarining elektrli uzatishlari odatda ochiq usulda bajarilib, yopiq usuli memorchilik talablari asosida bajariladi. Elektrli uzatish kabel va izolyatsiyali simlar orqali amalga oshirilib, odatda quyidagi usullar qo'llaniladi: 1). Ishlab chiqarish xonalarida kabellar bilan: a). Kabel konstrutsiyalari vositasida. b). Lotoklar orqali (changli xonalardan tashqari). v). Po'lat koroblarda. g). Po'lat va plastmassali himoya trubalari vositasida. d). Kanallar orqali. e). Kabel qavatlari orqali. 2). Tashqi uskunalarda kabellar orqali: a). Kabel konstrutsiyalari vositasida. b). Lotaklar orqali. v). Po'lat koroblarda. g). Po'lat va plastmassali himoya trubalar vositasida. d). Estakada, kanal va tunnel, yer osti orqali. 3). Ishlab chiqarish xonalarida simlar bilan: a). Po'lat koroblarda. b). Lotoklar orqali (changli xonalardan tashqari). v). Po'lat va plastmassali himoya trubalar vositasida. 4). Tashqi uskunalarda simlar bilan: a). Po'lat koroblarda. b). Po'lat va plastmassali himoya trubalari vositasida. Yuqoridagi uzatish usullarini tanlaganda texnik-iqtisodiy tahlillar asos qilib olinib, bunda atrof-muhit sharoiti, xonaning vazifasi, jihozlarning joylashishi, ekspluatatsiya qulayligi kabi faktorlar etiborga olinadi. Tanlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Atrof-muhit sharoitiga binoan kabel va simlarning markasi, hamda o'tkazish usuli aniqlanadi. Elektrli o'tkazishlar imkoniyati bor usullardan texnologik jarayon talablari, ekspluatatsiya qulayligi, texnik estetika, yong'in me'yorlari kabilarni hisobga olgan holda bittasi tanlanadi. Tanlangan usullardan eng osoni va iqtisodiy tejamligi tanlanadi. Elektrli o'tkazishlarda iloji boricha bir xil o'tkazish usulini tanlashga harakat qilmoq lozim, mabodo o'zga elektr uskunalarning elektrli o'tkazishlarining yo'nalishlari mos kelsa, u holda ularni umumiy qilib o'tkazish kerak. Kabel va simlarni tanlash Avtomatlashtirish sistemalarining elektrli o'tkazishlarida alyuminiy va mis o'zakli izolyatsiyali sim va kabellar qo'llaniladi. Mis o'zakli kabel simlar quyidagi ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
597.51 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:08
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
597.51 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:08 ]
Arxiv ichida: ppt