Элэктр утказувчанлик I Кириш Элэктр утказивчанлик II Асосий кисм 2.1 Солиштирма элэктр утказувчанлик 2.2 Эквивалент електр утказувчанлик 2.3 Ташиш сони 2.4 Кучли элэктролитларнинг элэктр у'тказувчанлик 2.5 Суйукланмаларнинг элэкт утказувчанлик II Хулоса Фойдаланилган адабиётлар ...
Elektr o'tkazuvchanlik Barcha o'tkazgichlar ikki guruhga bo'linadi: 1) elektron o'tkazgichlar (metall va yarimo'tkazgichlar). 2) ion o'tkazgichlar (elektrolitlar). Metallar va yarimo'tkazgichlar orqali elektr toki o'tganda hech qanday kimyoviy o'zgarish sodir bo'lmaydi. Shuning uchun ular bir xil o'tkazgichlar jumlasiga kiradi. Elektrolitlar (ya'ni ikkinchi xil o'tkazuvchilar) orqali elektr toki o'tganda albatta, kimyoviy o'zgarish sodir bo'ladi. Birinchi xil o'tkazgichlarda elektr toki ionlar oqimidan iborat bo'ladi. Elektrolitlar orqali tok o'tganda ionlar harakat qiladi. Moddaning elektr o'tkazuvchanligi deganda, uning qarshiligiga teskari qiymat tushuniladi. Solishtirma elektr o'tkazuvchanlik solishtirma qarshilikka teskari qiymatdir. Bu yerda: R=1S R - solishtirma elektr o'tkazuvchanlik; S - solishtirma qarshilik. Birinchi xil o'tkazuvchilarning elektr o'tkazuvchanligi harorat ko'tarilganda kamayadi. O'tkazgichning qarshiligi (R) jismning uzunligiga to'g'ri, ko'ndalang kesim yuzasiga teskari proporsional bo'ladi. bu yerda, p - solishtirma qarshilik S - ko'ndalang kesimi 1 sm2 bo'lgan o'tkazgichning qarshiligi uning solishtirma qarshiligi deb ataladi. Yuqorida ko'rsatilgan tenglamaga qarshilikka teskari ya'ni o'tkazuvchanlik ko'rsatkichini kiritish mumkin. Bunda tanglama quyidagicha ifodalanadi: Bu yerda: K - o'tkazuvchanlik (om-1 hisobida ifodalanadi). Agar yuqoridagi formulada 1p o'rniga solishtirma elektr o'tkazuvchanlik K qo'yilsa, yoki formula kelib chiqadi. Bu formuladagi IS = c idishning qarshilik sig'imi deb yuritiladi. I - elektrodlararo masofa S - elektrod sirti. Bir-biridan 1 sm masofada turgan va har birining sirti 1 sm2 ga teng bo'lgan ikki parallel elektrod orasiga joylashgan eritmaning elektr o'tkazuvchanligi ayni elektrolit eritmasining solishtirma elektr o'tkazuvchanligidir. Solishtirma elektr o'tkazuvchanlik om-1 . sm-1 bilan ifodalanadi. Bir gramm ekvivalent modda uchun hisoblangan elektr o'tkazuvchanlik o'sha moddaning ekvivalent elektr o'tkazuvchanligi deyiladi. Metallarning elektr o'tkazuvchanligi harorat ortishi bilan kamayadi, harorat pasayishi bilan ortadi, nihoyat absolyut nolga yaqin haroratda metallarning elektr o'tkazuvchanligi cheksiz katta qiymatga erishadi, metall o'ta o'tkazuvchan bo'lib qoladi. Hamma metallar elektrni bir hilda o'tkazavermaydi. Kumush eng yaxshi o'tkazadi. Vismut juda yomon o'tkazadi. Kumushning 0 dagi elektr o'tkazuvchanligi 66,7.104-1 om.sm-1, misniki 64,5.104 om-1.sm-1, litiyniki 11,8.104 om-1.sm-1, berilliyniki 18.104 om-1.sm-2, alyuminiyniki 40.104 om-1.sm-1, vismutniki 0,9.104 om.sm-1. Shunga asoslanib metallarni elektr o'tkazuvchanligiga ko'ra quyidagi qatorga terish mumkin. Ag, Cu, Au, Cr, Al, Mg, Na, Zr, W, Be, Li, FeNg, Bi Metall begona moddalar qo'shimchasidan tozalanganida, uning elektr o'tkazuvchanligi ortadi. Kolraush qonuni Eritmalarning elektr o'tkazuvchanligi haroratga, ionlar konsentratsiyasiga, erituvchining xiliga va ionlar tezligiga bog'liq. Kolraush eritmalarning elektr o'tkazuvchanligini batafsil tekshirib, ularning ekvivalent elektr o'tkazuvchanligi o'zgarmas haroratda cheksiz suyultirilgan eritmada o'lchansa, ionlar tezligigagina bog'liq ekanligini ko'rsatdi. Kolraush tarkibida o'xshash ionlar bo'lgan elektrolit eritmalarning ekvivalent elektr o'tkazuvchanligini solishtirib ko'rib, tubandagi qonunni topdi: ayni ionning elektr o'tkazuvchanligi elektrolit tarkibida shu ion qanday ion bilan birikkanligiga bog'liq emas, ...