8-sinf fizika darsligi asosida 15-mavzu: Elektr qarshilik Elektr qarshilik haqida tushuncha Tok manbai, lampochka va ampermetrni kalit orqali ketma-ket ulab, elektr zanjirni yig'amiz (48-a rasm). Kalitni ulasak, lampochka ravshan yonadi, ampermetr undan tok o'tayotganini ko'rsatadi. 48-rasm. Kalitni uzaylik. Shu zanjirga uzunligi 1,5-2 metr bo'lgan mkelin'dan tayyorlangan simni spiral shakliga keltirib, uni lampochkaga ketma-ket qilib ulaylik (48-b rasm). Kalit ulanganda lampochka xira yonadi va ampermetr zanjirdan o'tayotgan tokning kamayganligini ko'rsatadi. Demak, nikelin sim zanjirdagi tokni kamaytiradi, ya'ni zanjirdan tok o'tishiga qarshilik qiladi. O'tkazgichning zanjirda tok o'tishiga qarshilik qilish xossasini tavsiflaydigan fizik kattalikka elektr qarshilik deb ataladi va R harfi bilan belgilanadi. Elektr qarshilikning asosiy birligi qilib qarshilik tushunchasini kiritgan va elektr zanjirning asosiy qonunini kashf etgan nemis fizigi Georg Simon Om sharafiga om (Q) qabul qilingan. Qarshilikning milliom (mQ), kiloom (kQ), megaom (M£2) kabi birliklari ham qo'llaniladi. Georg Simon Om (1787-1854) Taniqli nemis fizigi. U tok kuchi, kuchlanish va qarshilik orasidagi nazariy va amaliy hog'lanishni isbotlab bergan. Tokli o'tkazgichlarning o'zaro hamda doimiy magnit bilan ta'sirlashish qonunlarini o'rgangan. O'tkazgichning elektr qarshiligini ommetr deb ataluvchi asbob yordamida o'lchash mumkin. 49-rasmda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ommetrning tashqi ko'rinishi keltirilgan. O'tkazgichda elektr qarshilik qanday vujudga keladi? Metallardagi tok elektr maydon ta'sirida erkin elektronlarning tartibli harakatidan iborat. Harakat paytida clcktronlar kristallni tashkil etgan ionlar bilan to'qnashadi. Bu to'qnashuv jismlarning mexanik ha-rakatidagi to'qnashish jarayoaiga o'xshab, ionlar erkin elektronlaming tezligini kamaytiradi. Shuning uchun metall o'tkazgichlarga elektr maydon ta'sir etganda, elektr qarshilik namoyon bo'ladi. Bundan quyidagi xulosalar kelib chiqadi: elektr qarshilik o'tkazgichdagi erkin zarralarning tartibli harakati yo'nalishiga to'sqinlik qilishi bilan xarakterlanadi; elektr qarshilikning vujudga kelishiga zaryadlangan zarralarning o'tkazgich zairalari bilan to'xtovsiz to'qnashuvlari sabab bo'ladi. Elektr qarshilikning o'tkazgich uzunligiga bog'liqligi 50-rasmda tasvirlangan elektr zanjirni yig'aylik. Bunda 1 va 2; 2 va 3; 3 va 4; 4 va 5 qisqichlar bir xil - 15 cm uzunlikdagi nixrom o'tkazgich (sim)lar bilan tutashtirilgan. Tok maribaining musbat qutbi ampermetr orqali 1 qisqichga, manfiy qutbi esa kalit orqali 2 qisqichga ulangan bo'lsin. Kalit yordamida zanjirni ulasak, ampermetr 2 mA tokni ko'rsatgan bo'lsin Agar tok manbaining manfiy qutbini 3 qisqichga ulasak, ampermetr 1 mA ni, 5 qisqichga ulasak, 0,5 mA ni ko'rsatadi. Bunga sabab, zanjir 3 qisqichga ulanganda nixrom simning uzunligi 2 marta, 5 qisqichga ulanganda esa uning uzunligi 4 marta ortdi. Tajribadan shunday xulosa chiqarish mumkin: o'tkazgichning uzunligi necha marta ortsa, zanjirdagi tok kuchi shuncha marta kamayadi, ya'ni o'tkazgichning elektr qarshiligi shuncha marta ortadi. O'tkazgichning elektr qarshiligi uning uzunligiga to'g'ri proporsionaldir: Elektr qarshilikning o'tkazgich ko'ndalang kesimiga ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.47 MB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:08
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.47 MB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:08 ]
Arxiv ichida: ppt