8-sinf fizika darsligi asosida 48-mavzu: Gaz razryadining bir necha turi mavjud. Ularning har birini alohida qarab chiqamiz. Nomustaqil razryad Gazdan o'tayotgan tok kuchining qo'yilgan elektr kuchlanishga bog'liqligini ko'rib chiqaylik. Buning uchun sxemasi 122-rasmda tasvirlangan elektr zanjirni yig'aylik. A anod va K katodlarni yassi kondensator qoplamalari kabi bir-biriga parallel ravishda o'rnataylik. Anod va katod orasidagi kuchlanish V voltmetr bilan, anod va katod orasidagi gaz (havo)dan o'tayotgan tok kuchi A ampermetr bilan o'lchanadi. R reostat yordamida anod va katod orasidagi kuchlanishni o'zgartira borish mumkin. Anod va katod orasidagi havoni doimiy ravishda ionlashtirib turish uchun I ionizator o'rnatilgan. Ionizator uzluksiz chaqnab turishidan anod va katod orasidagi havo qiziydi va ionlashadi. Elektr zanjirdagi kalitni ulab, kuchlanishni asta-sekin oshira boramiz. Anod va katod orasidagi elektr kuchlanish ortishi bilan hosil bo'lgan tok kuchi ham orta boradi. Havodan o'tayotgan tokning kuchlanishga bog'liq holda o'zgarishi 123-rasmda ko'rsatilgan. Kuchlanishni oshira borishda shunday payt keladiki, bunda kuchlanish ma'lum qiymatga yetgach, tok kuchi oshmasdan o'zgarmas bo'lib qoladi (123-rasm AB qismi). Tok kuchining bunday qiymati to'yinish toki It deyiladi. Tok kuchining to'yinishiga sabab nima? Kuchlanish past bo'lganda, anod va katod orasida birlik vaqt ichida hosil bo'layotgan zaryadlarning bir qismigina anod va katodga yetib boradi. Kuchlanish ortishi bilan anod va katodga yetib boradigan zaryadlar soni ortib boradi. Kuchlanish ma'lum qiymatga erishganda, havoda hosil bo'lgan zaryadlarning hammasi anod va katodga yetib boradi. Agar ionizator o'chirilsa, shu zahoti zanjirda tok kuchining qiymati nolga teng bo'lib qoladi. Chunki, elektr razryad to'xtaydi. Anod va katod orasidagi havoda ionizatorsiz mustaqil ravishda razryad bo'lmaydi. Ionizator ta'siri to'xtatilishi bilan to'xtaydigan razryad nomustaqil razryad deb ataladi. Mustaqil razryad Yuqoridagi tajribani davom ettirib, kuchlanishni yanada oshirib borsak, kuchlanish ma'lum Um qiymatga yetganda tok kuchi keskin orta boshlaydi (123-rasm BC qismi). Bunga sabab anod tomon harakatlanayotgan elektronlar o'z yo'lida gazdagi neytral atomlar bilan ko'p to'qnashadi. Kuchlanish ortishi bilan gazda hosil bo'lgan elektronlarning anodga tomon harakat tezligi ham orta boradi. Kuchlanish yana orttira borilsa, elektronlarning kinetik energiyasi o'z yo'lida to'qnashgan neytral atomlarning elektronini urib chiqarishga, ionlashtirishga yetarli boiadi. Shu tariqa gazning ionlashishi keskin ortadi. Bu esa tok kuchining ham keskin ortishiga sabab bo'ladi. Agar tashqi ta'sir - ionizator o'chirib qo'yilsa ham, gazning ionlashishi to'xtamaydi. Elektr razryad ionizator ta'sirisiz ham mustaqil ravishda davom etaveradi. Ionizator ta'siri to'xtatilganda ham davom etaveradigan razryad mustaqil razryad deb ataladi. Ikkita ko'mir elektrod olib, ularga 40-50 V kuchlanish beraylik. Ularning uchlarini bir-biriga tekkizib, biroz uzoqlashtiraylik. Bunda elektrodlar uchlari orasida ko'zni qamashtiradigan yarqirash - elektr yoy razryadi hosil bo'ladi (124-rasm). Hosil ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
833.63 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:08
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
833.63 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:08 ]
Arxiv ichida: ppt