Elektr ta'minoti Reja: 1. Elektr ta'minoti manbalari. 2.Elektr ta'minotining bazi sxemalari va ularning elementlari haqida. 3. Elektr ta'minoti tizimi hisobiy quvvati. 4. O'tkazgichning ko'ndalang kesimini tanlash. Elektr ta'minoti manbalari Elektr energiyasini uzatish, o'zgartish va taqsimlash uchun xizmat qiluvchi qurilmalar majmuiga elektr ta'minoti tizimi deyiladi. Elektr ta'minotida elektr tarmoqlari katta ahamiyatga ega. Elektr tarmog'ining asosiy vazifasi iste'molchilarni elektr bilan ta'minlash, yana elektr energiyasini ishlab chiqarilgan joyidan uni qabul qiluvchi joyga uzatishdan iborat. Elektr uzatish liniyalari (EUL) bilan bog'langan elektr stansiyalar va elektr energiya qabul qiluvchi iste'molchilarning yig'indisi elektr energetika tizimini tashkil etadi. Elektr energiya elektr stansiyalarida boshqa turdagi energiyani elektr energiyasiga aylantirish orqali ishlab chiqariladi. Bu stansiyalarda uch fazali sinxron generatorlar kuchlanishi 6-24 kV li chastotasi 50 Gts bo'lgan sinusoidal tok elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Elektr stansiyalari o'zgartiriladigan energiya turiga qarab: issiqlik, gidravlik, atom, shamol va quyosh elektr stansiyalariga bo'linadi. Issiqlik elektr stansiyasi (IES) organik yonilg'ining yonishida ajralib chiqadigan issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradi. IES larida generatorlar bug' va gaz turbinalar, ichki yonuv dvigatellari yordamida aylantiriladi. Bug' turbinali issiqlik elektr stansiyalari kondensatsion va issiqlik ta'minotli turlarda bo'ladi. Kondensatsion elektr stansiyalarida elektr energiya ishlab chiqarish uch bosqichdan, yani yoqilg'ining issiqlik energiyasini qozondagi bug' energiyasiga aylantirish, bug' energiyasini turbinada mexanik energiyaga aylantirish va mexanik energiyani generatorda elektr energiyaga aylantirishdan iborat. Bug'ning energiyasi qancha yuqori bo'lsa, qurilmaning foydali ish koeffitsiyenti shuncha yuqori bo'ladi. Yirik kondensatsion stansiyalar yoqilg'i (ko'mir, torf) konlari yaqiniga quriladi. Chunki yoqilg'ini uzoq masofalarga transportda tashishga qaraganda elektr energiyasini uzoq masofaga uzatish ancha arzon tushadi. Issiqlik ta'minotli elektr markazlari (IEM) bir vaqtda ham issiqlik, ham elektr energiyasini ishlab chiqarishga imkon beradi. Shuning uchun issiqlik ta'minotli elektr markazlari mamlakatimiz energetikasidan asosiy o'rinni egallaydi. Bunday elektr markazlari katta shaharlar atrofida quriladi. Ular shahardagi sanoat korxonalari va kommunal xo'jaliklarni elektr energiyasidan tashqari issiq suv va bug' bilan ham ta'minlash imkonini beradi. Turbinada ishlatilgan bug' issiqligidan ikkinchi marta foydalanish tufayli kondensatsion stansiyalarga qaraganda issiqlik ta'minotli elektr markazlari tejamliroq bo'lib, ularning foydali ish koeffitsiyenti 50-65% etadi. Gidravlik elektr stansiyalar (GES) suv oqimi energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi. Bu stansiyalarda gidroturbinalar ishlatilib, ular suv oqimi energiyasini gidrogenerator o'qini harakatga keltiruvchi mexanik energiyaga aylantiradi. GES ning asosiy elementlaridan biri suv oqimining kerakli bosimini hosil qiluvchi to'g'on hisoblanadi. To'g'ondagi oldingi va keyingi suv sathlarining farqi qancha katta bo'lsa, elektr stansiyaning quvvati shuncha katta bo'ladi va GES shunchalik bir maromda va samarali ishlaydi. GES ning foydali ish koeffitsiyenti 85-92% ni tashkil etadi. Undagi bitta agregatning quvvati 600 MVt ga etadi. Yirik ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
80.03 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
80.03 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:08 ]
Arxiv ichida: docx