Elektr tok va kuchlanishlarni o'lchash Reja: 1. Tok va kuchlanishni o'lchash. 2. Elektr zanjirlarida quvvat va energiyani o'lchash. 3. Elektr zanjiri elementlarining parametrlarini o'lchash. 4. Noelektrik kattaliklarni o'lchash. Tok va kuchlanishni o'lchash Tokni o'lchash uchun ampermetr zanjirga ketma - ket ulanadi. O'zgarmas tok zanjirlarida magnitoelektrik asboblar yoki elektromagnit asboblar ishlatiladi. O'zgaruvchan tok zanjirlarida elektromagnit sistemadagi ampermetrlardan foydalaniladi. O'lchash xatoligini kamaytirish uchun ampermetrning ichki qarshiligi zanjirda ishtirok etayotgan har qanday elementni qarshiligidan ikki tartibda kichik bo'lishi kerak. 11.1 - rasm. Ampermetrning o'lchash chegaralarini kengaytirish uchun (K barobar) o'zgarmas tok zanjirlarida shunt-rezistorlar ampermetrga parallel ulanadi (11.1 - rasm, a). Tekshirilayotgan zanjirdagi tokning qiymati quyidagi munosabatlar orqali aniqlanadi: , , , (11.1) bu yerda - ampermetrning shunt ulangan holatidagi eng yuqori o'lchash chegarasi; - shunt yo'q holatda ampermetrning eng yuqori (nominal) o'lchash chegarasi; - ampermetrning ko'rsatishi. Ko'p holatlarda ampermetrning shkalasi ulangan shuntning qiymatini hisobga olgan holda gradiurovka qilinadi, shu sababli tokning qiymati to'g'ridan-to'g'ri shkaladan olinadi. O'zgaruvchan tok zanjirlarida ampermetrning o'lchash chegarasini kengaytirishi uchun o'lchash transformatorlaridan foydalaniladi. O'lchash transformatorlarining ulanish sxemalari 9 - ma'ruzada ko'rilgan. Kuchlanishni o'lchash. Elektr zanjirning elementlarida kuchlanishni o'lchash uchun (generatorda, transformatorda, yuklamada) elementning kirish va chiqish qismalariga voltmetr ulanadi. O'lchash xatoligini kamaytirish uchun voltmetrning to'liq qarshiligi zanjirda ishtirok etayotgan ixtiyoriy element qarshilidan ikki tartibga yuqori bo'lishi kerak. O'zgarmas tok zanjirlarida birdan, bir necha yuz voltgacha bo'lgan kuchlanishni o'lchash uchun magnitoelektrik elektromagnit va elektrodinamik sistemadagi voltmetrlardan foydalaniladi. Bir necha kilovolt kuchlanishlarni o'lchashda elektrostatik voltmetrlar va boshqa voltmetrlar bilan esa kuchlanishni taqsimlagichlar orqali o'lchanadi. O'lchash chegarasini (K barobar) kengaytirish uchun kuchlanishlari 500 V gacha bo'lgan elektr zanjirlarida qo'shimcha qarshilik rezistorlari Rq volptmetr chul-g'amlariga ketma - ket ravishda ulanadi (11.1 - rasm, b). O'lchanayotgan kuchlanish U ning qiymati quyidagi munosabatdan aniqlanadi: , (11.2) bu yerda UB - voltmetrning ko'rsatishi; Umax - asbobning qo'shimcha qarshilik ulangan holatidagi eng yuqori o'lchash chegarasi; UB.H - qo'shimcha qarshilik yo'q holatidagi voltmetrning eng yuqori o'lchash chegarasi. Voltmetrning shkalasi qo'shimcha qarshilikning qiymatini hisobga olgan holda graduirovka qilinadi. O'zgaruvchan tok zanjirlarida elektromagnit va elektrodinamik sistemadagi asboblardan, shuningdek o'zgaruvchan tok potentsiometrlaridan foydalaniladi. 11.2 - rasm. 11.3 - rasm. Raqamli volptmetrlar o'zgaruvchan va o'zgarmas tok zanjirlarida keng qo'llaniladi. Yuqori kuchlanishli tok zanjirlari volpt-metrlarining o'lchash chegarasi o'lchash transformatorlari yordamida kengaytiriladi. Kichik kuchlanish va EYuK larning qiymati kompensatsiyalash usuli, yahni nomalum kattalikni malum kattalik bilan taqqoslashga asoslangan usul bilan aniqlanadi. Ular ideal kuchlanishli o'zgarmas tok zanjirlarida voltning bir bo'lagidan bir necha voltgacha bo'lgan kuchlanishni zanjirning ish rejimiga tahsir qilmagan holda yuqori darajada aniqlik bilan ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
104.32 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
104.32 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:08 ]
Arxiv ichida: docx