Elektr toki haqida tushuncha. Tok manbalari

Elektr toki haqida tushuncha. Tok manbalari

O'quvchilarga / Fizika
Elektr toki haqida tushuncha. Tok manbalari - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 44-mavzu: Elektr toki haqida tushuncha. Tok manbalari Jismlarning elektrlanganligini «elektrometr» deb ataluvchi asbob yorda mida aniqlash mumkin (88-rasm). Elektrometrning yuqori qismiga metall shar o'rnatilgan bo'lib, unga metall sterjen mahkamlangan. Metall sterjenning ikkinchi uchiga aylana oladigan holda strelka o'rnatilgan. Zaryadlangan tayoqchani metall sharga tekkizilsa, tayoqchadagi zaryadlar sharga, undan metall sterjenga va strelkaga o'tadi. Shunday tajribani qilib ko'raylik. Ikkita elektrometrni olib, ulardan birini zaryadlaylik. So'ngra ularning sharlarini metall chizg'ich orqali bir-biriga tekkizaylik. Shunda 2-elektrometr strelkasining ham ochilganligini ko'ramiz. Demak, metall sterjen orqali 1-elektrometrdan 2-elektrometrga zaryadlar oqib o'tar ekan. Tajribani metall sterjen o'rniga plastmassa sterjen qo'yib takrorlaylik. 2-elektrometr strelkasi joyida qoladi. Demak, plastmassa sterjen orqali zaryadlar oqishi kuzatilmas ekan. Tajribadan quyidagi muhim xulosani chiqaramiz. Moddalar elektr o'tkazish qobiliyatiga ko'ra, o'tkazgichlarga va o'tkazmaydiganlarga bo'linadi. Barcha metallar, tuz va kislotalarning suvdagi eritmalari o'tkazgichlarga kiradi. Elektr o'tkazmaydigan modda va jismlarni dielektriklar deb ham ataladi. Dielektrik moddalarga chinni, rezina, plastmassa, havo, toza distillangan suv kiradi. Dielektrik moddalardan yasalgan jismlarga izolyatorlar deyiladi. Elektr zaryadlarining bir tomonga tartibli harakatiga elektr toki deyiladi. Zaryadlangan zarralar bir tomonga harakatlana olishi uchun ular erkin harakatda bo'lishi kerak. Yuqorida aytilganidek, atomning tashqi qobig'ida joylashgan elektronlar qo'shni atomlar ta'sirida atomlar oralig'iga o'tib erkin elektronlarga aylanadilar (89- rasm). Shu sababli elektr toki mavjud bo'lishining birinchi sharti moddada erkin elektronlarning mavjud bo'lishidir. Elektr tokining yo'nalishi sifatida tarixan musbat zaryadlangan zarralarning yo'nalishi qabul qilingan (89-rasm). Erkin harakatda bo'lgan zarralarning bir tomonga harakatlanishi uchun ularni bunday harakatga majburlovchi kuch kerak bo'ladi. Bunday majburlovchi kuch tok manbalari yordamida hosil qilinadi. XVII asr oxirigacha olimlar «elektr»ni asosan ishqalanish orqali hosil qilganlar. XVII asr oxiriga kelib elektr hodisalarini o'rganishda katta burilish ro'y berdi. Italiyalik olim A. Volta mis va rux plastinalari orasiga kislota shimdirilgan mato qo'yilsa, mis plastina musbat ishorada, rux plastina manfiy ishorada zaryadlanib qolishini aniqlaydi. Bu plastinalarni bir-biriga o'tkazgich orqali ulansa elektr toki o'tishini kuzatadi. Shunday qilib birinchi tok manbai ixtiro qilinadi. Volta manba tokining kuchini oshirish uchun mis va rux plastinalarini doira shaklida qirqib, orasiga kislota shimdirilgan matoni qo'yadi va ularni ustuncha shaklida taxlaydi. Bu manba «Volta ustuni» deb ataldi hamda elektr va magnit hodisalarini o'rganishda katta rol o'ynadi (90-rasm). Volta ustunida zaryadlarning ajralishi kimyoviy reaksiyalar natijasida bo'ladi (batafsil yuqori sinflarda o'rganiladi). Kimyoviy reaksiyalarga asoslangan tok manbalarini galvani elementlar deyiladi. Galvani elementlar kundalik hayotda keng qo'llaniladi. Galvani elementlardan ma'lum muddat ishlatilganidan so'ng tashlab yuboriladiganlarini batareyalar (91-rasm), qayta zaryadlab ishlatiladiganlarini akkumulyatorlar (92-rasm) deyiladi. Tok manbalari elektr kuchlanishi deb ataluvchi parametr bilan farqlanadi. Elektr kuchlanishi maxsus ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 928.43 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:08 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 928.43 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga