ELEKTR TOKI 8-sinf fizika darsligi asosida 9-mavzu: Zaryadli zarralarning tartibli harakati Elektr tokini hosil qilishda zaryadli zarralarni harakatga keltirishning eng oddiy holini qarab chiqamiz, buning uchun elektrometr sharchasini mo'ynaga ishqalangan ebonit tayoqcha yordamida zaryadlaylik. Bunda elektrometr ko'rsatkichi ma'lum burchakka buriladi (28-a rasm). Agar bir uchi yerga ulangan o'tkazgichning ikkinchi uchini elektrometr sharchasiga tekkizsak, shu zahoti elektrometr ko'rsatkichi nolga tushib qoladi. Bu hodisaning sababi shuki, o'tkazgichning ikkinchi uchi sharchaga tekkizilgan zahoti undagi zaryadli zarralar o'tkazgich bo'ylab bir tomonga harakatlanadi va yerga o'tib ketadi (28-b rasm). Zaryadli zarralarning tartibli harakati, ya'ni oqimi elektr toki deb ataladi. «Tok» ruscha «IIOTOK» so'zidan olingan bo'lib, «oqim» ma'nosini bildiradi. Yuqoridagi tajribada o'tkazgichda elektr toki hosil bo'lganligini bilish uchun yerga ulangan o'tkazgichning o'rtasiga neon lampochka o'rnataylik. Agar o'tkazgichning ikkinchi uchini clcktromctrning zaryadlangan sharchasiga tekkizsak, elektrometrning ko'rsatkichi nolga tushishi bilan bir vaqtda neon lampochka ham bir zumda yonib-o'chadi (29-rasm). Demak, haqiqatan ham, o'tkazgichda zaryadli zarralar bir tomonga tartibli harakat qiladi, ya'ni oqadi va o'tkazgichda elektr toki hosil bo'ladi. Tok hosil bo'lishida elektr maydonning o'rni Zaryadli zarralarning harakat qilishiga sabab, o'tkazgichda elektr maydonning mavjudhgidir. 29-rasmda tasvirlangan tajribada elektrometrning sharchasi manfiy zaryadlangan. O'tkazgich uchi sharchaga tekkizjlmasdarr avval yerning o'tkazgich ulangan joyi neytral bo'ladi, ya'ni manfiy va musbat zaryadlar teng miqdorda bo'ladi. O'tkazgich sharchaga ulangan zahoti undagi manfiy zaryadlarning ta'sirida yerning shu neytral joyida musbat zaryadlar yig'iladi. Natijada sharcha va yer orasida elektr maydon vujudga keladi. Bu maydon ta'sirida sharchadagi elektronlar yer tomon tartibli harakat qiladi va o'tkazgichda qisqa muddatli tok hosil bo'ladi. O'tkazgichda elektr toki vujudga kelishi uchun elektr maydon mavjud bo'lishi kerak. O'tkazgichda qanday qilib uzoqroq vaqt davom etadigan elektr tokini hosil qilish mumkin? Bu savolga javob berish uchun quyi- dagi tajriba o'tkazilgan. Elektrofor mashinasining sharchalari metall o'tkazgichlar orqali ular izolatsiyalangan shtativga mah- kamlangan sharlarga ulangan. Neon lampochkasi metall o'tkazgichlar orqali busharlarga ulangan (30-rasm). Elektrofor mashinasining disklari aylantirilganda sharlarning biri musbat, ikkinchisi manfiy zaryadlanadi. Natijada qarama-qarshi ishorali zaryadlangan sharlar orasida, shuningdek, ularga ulangan o'tkazgichlarda elektr maydon vujudga keladi. Maydon ta'sirida zaryadli zarralar o'tkazgich bo'ylab tartibli harakat qiladi, ya'ni unda tok hosil bo'ladi. Bu tok tufayli neon lampochka yonadi. Disklar to'xtovsiz aylantirib turilsa, sharlarning zaryadlanishi uzluksiz davom etadi va elektr maydoni saqlanib, lampochka ham yonib turaveradi. Elektr tokining ta'sirlari O'tkazgichdan o'tayotgan elektr tokini yoki zaryadli zarralarning tartibli harakatini bevosita kuzata olmaymiz. Ammo elektr tokining mavjudligi tufayli yuz beradigan ta'sirlarni ko'rish va sezish mumkin. Bular: O'tkazgichdan elektr toki o'tganda o'tkazgich qiziydi (ammo o'tao'tkaz-gichlar qizimaydi). Elektrolitdan elektr toki o'tganda uning kimyoviy tarkibi ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
970.2 KB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:08
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
970.2 KB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:08 ]
Arxiv ichida: ppt