Elektr toki ta'sirida o'tkazgichlarning qizishi

Elektr toki ta'sirida o'tkazgichlarning qizishi

O'quvchilarga / Fizika
Elektr toki ta'sirida o'tkazgichlarning qizishi - rasmi

Material tavsifi

8-sinf fizika darsligi asosida 34-mavzu: Elektr toki ta'sirida o'tkazgichlarning qizishi O'tkazgichdan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori O'tkazgichlarda elektr tokini tartibli harakatlanayotgan elektronlar hosil qiladi. Elektronlar o'zining tartibli harakati davomida o'tkazgich atomlari bilan to'qnashadi. Bunday to'qnashishlar natijasida elektron energiyasining bir qismi o'tkazgich atomlariga uzatiladi. Natijada o'tkazgichning ichki energiyasi ortadi, ya'ni u qiziydi. Shu sababli o'tkazgichdan issiqlik miqdori ajralib chiqadi. O'tkazgich orqali elektr toki o'tganda tokning bajargan ishi faqat o'tkaz­gichning ichki energiyasining ortishiga (uning qizishiga) sarflansa, tokning bajargan ishi o'tkazgichdan ajralib chiqadigan issiqlik miqdoriga teng bo'ladi: Q=A yoki Q=IUt. (1) U = IR ekanligidan o'tkazgichdan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori quyidagiga tengligi kelib chiqadi: O'tkazgichdan elektr toki o'tganda undan ajralib chiqadigan issiq­lik miqdori tok kuchi kvadrati, o'tkazgich qarshiligi va shu tok o'tishi uchun ketgan vaqtning ko'paytmasiga teng. Bu xulosa bir-biridan bexabar holda o'tkazgan tajribalarga asoslanib, ingliz olimi Jeyms Preskott Joul (1818-1889) va rus olimi Emiliy Xristianovich Lens (1804-1865) tomonidan aytilgan. Shuning uchun bu Joul-Lens qonuni deb ataladi. O'tkazgichdan tok o'tganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori, odatda, joul (J), kilojoul (kJ) va megajoul (MJ) bixliklarida o'lchanadi. Cho'g'lanma elektr lampochka Xonadonlarda yoritgich sifatida, cho'g'lanma elektr lam-pochkalardan ham foydalaniladi. U tok o'tganda spiralining qizishi hisobiga yoritadi (87-rasm). Lampochkaning asosiy qismi ingichka volfram simdan yasalgan spiraldan iborat. Spiral simning volframdan qilinishiga sabab, u qiziganda cho'zilmaydi, 300 °C gacha temperaturaga bardosh beradi. Birinchi cho'g'lanma lampochka 1872-yilda rus elektrotexnigi Aleksandr Nikolayevich Lodigin (1847-1923) tomonidan kashf etilgan. Takomillashgan cho'g'lanma elektr lampochkani 1879-yilda amerikalik olim Tomas Alva Edison (1847 1931) ixtiro qilgan. Xonadonlarda, asosan, 220 V kuchlanishli cho'g'lanma lampalar qo'llaniladi. Bugungi kunda turmushda, ishlab chiqarishda, maishiy xizmatda cho'g'lanma lampochkalardan tash-qari sovuq lampalar inert gazli lampalar ham ishlatiladi (88-rasm). Ularning ishlash prinsipi bilan keyingi mavzularda batafsil tanishamiz, Cho'g'lanma lampochkalarda elektr ener­giyaning katta qismi issiqlikka aylangani uchun ularning foydali ish koeffitsiyenti kam bo'ladi. Inert gazli lampalarda esa elektr energiyaning katta qismi yorug'lik energiyasiga aylanadi. Bunday lampalarda elektr energiya kamroq sarflanadi, uzoq vaqt yomb turganda ham ular qizib ketmaydi. Shuning uchun kechasi bilan yonib turadi, ko'chalarda ko'proq inert gazli oq lampalardan foydalaniladi. Keyingi paytlarda xonadonlarda tejamkor elektr lampalaridan foydalanilmoqda. Iste'molchilarning foydali ish koeffitsiyenti (FIK) Elektr toki ish bajarganda to'liq (At) ishning ma'him bir qismi foydali (Af) ish bajarishga sarflanadi. Elektr toki bajargan foydali ishning tok bajargan to'liq ishga nisbati iste'molchining foydali ish koeffitsiyenti deb ataladi va n (eta) harfi bilan belgilanadi. Elektr iste'molchining foydali ish koeffitsiyenti quvvat orqali ham ifodalanadi; Bunda, Pt- sarflangan to'liq quvvat, Pf - foydali quvvat. Cho'g'lanma lampochkalaming foydali ish koeffitsiyenti kichik bo'lib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 427.8 KB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:08 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 427.8 KB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga