Elektr toki, magnit maydoni, elektr maydon ta'sirida yuzaga keladigan asosiy hodisalar Reja: 1.Elektr toki 2.Magnit maydon 3.Magnit maydon ta'sirida hosil bo'ladigam hodisalar Elektr toki - elektr zaryadlarining tartibli harakati. Elektr toki paydo bo'lishi va doimo paydo bo'lib turishi uchun: moddada erkin elektr zaryadlari; ularni tartibli harakatga keltiruvchi elektr maydon; zanjir berk bo'lishi kerak. Zaryadli zarralar tok tashuvchilar deb ataladi. Metallar va yarimo'tkazgichlarda tok tashuvchilar elektronlardan, elektrolitlarda musbat va manfiy ionlardan, ionlashgan gazlarda musbat va manfiy ionlar hamda elektronlardan iborat. Zaryadli zarralarning elektr maydon ta'sirida jismga nisbatan ko'chishi natijasida vujudga keladigan Elektr toki o'tkazuvchanlik toki deb, zaryadlangan makroskopik jism (masalan, suyuqlik yoki gaz)larning ko'chishidan yuzaga keladigan elektr toki konveksion tok deb ataladi. Siljish toki deb ataladigan tok ham mavjud. Bu tok zaryadlar harakatiga bog'liq bo'lmay, balki elektr maydon kuchlanganligining vaqt bo'yicha o'zgarishiga mutanosib (proporsional) bo'ladi. Siljish toki magnit maydon hosil qilish xususiyati jihatidangina o'tkazuvchanlik va konveksion tokka ekvivalentdir. Magnit maydon - harakatlanayotgan elektr zaryadlarga va magnit momenpish jismlarga ta'sir qiladigan kuch maydoni. M. Faradey birinchi marta 1845-yilda fanga kiritgan. U elektr o'zaro ta'sirlar ham, magnit o'zaro ta'sirlar ham yagona moddiy maydon yordamida amalga oshadi, deb hisoblagan. Quyoshdagi o'zgarishlar natijasida Yer Magnit maydonning kuchli g'alayonlanishi - magnit bo'ronlari hosil bo'ladi. Kosmosni o'zlashtirish, yadrolarni sintez qilish, plazma fizikasi va boshqa sohalardagi fan va texnika masalalari Magnit maydon ni o'rganish bilan bog'liq. Magnit maydon, asosan, kucheiz (500 Gs), o'rtacha (500 Gs dan 40 kGs gacha), kuchli (40 kGs dan 1 MGs gacha) va o'ta kuchli (1 MGs dan yuqori) xillarga bo'linadi. Magnit maydondan elektronika, elektrotexnika radiotexnikada, shuningdek, 500 Gs dan 40 kGs gacha bo'lgan Magnit maydondan zaryadli zarralar tezlatkichlari, Vilson kamerasi, pufakli kamera, mass-spektrometr kabi qurilmalarda foydalaniladi. Kuchli va o'ta kuchli Magnit maydon, asosan, qattiqjismlar fizikasida, ferromagnetizm va antiferromagnetizm xossalarini o'rganishda, magnitogidrodinamik generator va boshqalarda ishlatiladi. Kucheiz va o'rtacha Magnit maydon doimiy magnitlar, elektr magnitlar, o'ta o'tkazuvchi magnitlar, solenoidlar (elektr toki o'tkazgichi) yordamida, kuchli Magnit maydon yo'naltirilgan portlatish usulida olinadi ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
339.15 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:08
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
339.15 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:08 ]
Arxiv ichida: pptx