Elektr tokining ishi

Elektr tokining ishi

O'quvchilarga / Fizika
Elektr tokining ishi - rasmi

Material tavsifi

8-sinf fizika darsligi asosida 30-mavzu: Elektr tokining ishi Tokning bajargan ishi haqida tushuncha Ma'lumki, elektr zanjir ichki va tashqi qismlardan iborat. Zanjirning ichki qismi - tok manbaida boshqa turdagi energiyalar, masalan, galvanik elementda kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi. Zanjirning iste'molchi ulangan tashqi qismida elektr energiya mexanik, issiqlik, yorug'lik va boshqa turdagi energiyalarga aylanadi. Masalan, zanjirga ulangan elektr dvigatelda elektr energiya mexanik energiyaga, lampochkada esa elektr energiya issiqlik va yorug'lik energiyasiga aylanadi. Iste'molchilarda elektr energiya boshqa turdagi energiyaga aylanishida zanjirdagi tok ish bajaradi. Bu ishning qanday kattaliklarga bog'liqligini ko'rib chiqaylik. Elektr tokining iste'molchida ma'lum vaqt davomida bajargan ishi undan o'tayotgan tok kuchining unga qo'yilgan kuchlanish va tokning o'tish vaqti ko'paytmasiga teng. Elektr toki bajargan ishning birligi ham mexanik ish birligi kabi -joul (J) da hisoblanadi, ya'ni Zanjirning kuchlanishi bir volt bo'lgan qismida bir amperga teng bo'lgan tokning bir sekund davomida bajargan ishi birjoulgst teng bo'ladi. Demak, elektr tokining ishini hisoblash uchun uchta asbob: voltmetr, ampermetr va soat kerak. Zanjiming bir qismi uchun Om qonunidan foydalanib, (2) formuladagi kuchlanishni tok kuchi orqali yoki tok kuchrni kuchlanish orqali ifodalasak, tok ishining bir-biriga ekvivalent bo'lgan quyidagi uchta ifodasini yozish mumkin: Sarflangan elektr energiyani hisoblash Sarflangan elektr energiya miqdor jihatdan elektr tokining bajargan ishiga teng. Agar sarflangan energiyani W deb belgilasak, u holda uning ifodasi quyidagicha bo'ladi: Elektr tokining bajargan ishi, ya'ni iste'molchilarda sarflangan elektr energiya maxsus asbob elektr hisoblagich (schotchik) yordamida o'lchanadi (85-rasm). Elektr energiyasini hisoblagichda yuqorida aytib o'tilgan uchta asbob birlashtirilgan. Bunday hisoblagichlar elektr energiyani iste'mol qiluvchi barcha joylarda, ya'ni zavod, fabrika, ishlab chiqarish korxona-larida, shuningdek, biz yashayotgan uyimizda ham o'rnatilgan. Masala yechish namunasi 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan elektr isitgichdan 3 A tok o'tmoqda. Tok 0,5 soat davomida qanday ish bajaradi? Elektr tokining bajargan ishi qanday ifodalanadi va qanday birliklarda o'lchanadi? Xonadonda elektr energiya sarfini qanday kamaytirish mumkin? Sarflangan elektr energiya qanday hisoblanadi? Elektr tokining bajargan ishiga ekvivalent bo'lgan ish formulalarini yozing. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 796.67 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:08 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 796.67 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga