8-sinf fizika darsligi asosida 31-mavzu: Elektr tokining quvvati Tokning quvvati haqida tushuncha Elektr tarmog'iga ulangan turli xil iste'molchilarda bir xil vaqt davomida elektr toki turlicha ish bajaradi. Bunga sabab ularning elektr iste'mol quwatlari bir-biridan farq qiladi. Elektr tokining P quvvatmi topish uchun tokning bajargan A ishini shu ishni bajarishga ketgan t vaqtga bo'lish kerak, ya'ni: Bu ifodaga t vaqt davomida elektr tokining bajargan ishi A = I U t ifodasini qo'ysak, quvvatning quyidagi ifodasi hosil bo'ladi: Elektr iste'molchining quvvati undan o'tayotgan tok kuchining unga qo'yilgan kuchlanish ko'paytmasiga teng. JEYMS UATT (1736-1819) Ingliz muhandisi, kashfiyotchi mexanik. U birinchi bo'lib ot kuchini quvvat birligi sifatida fanga kiritgan hamda bug' mashina siniag ishlash prinsipini takomillashtirish orqali sanoatning bugungi rivojiga ulkan hissa qo'shgan. Elektr toki quwatining asosiy birligi qilib ingliz olimi Jeyms Uatt sharafiga vatt (W) qabul qilingan. Bir vatt deb, zanjirning kuchlanishi bir volt bo'lgan qismida tok kuchi bir amper bo'lgan tokning quvvatiga aytiladi. Kundalik turmushda ishlatiladigan elektr asboblarining iste'mol quvvati 1 W ga nisbatan ancha ko'p. Shuning uchun amalda quvvatning hosilaviy birliklari -hektovatt (hW), kilovatt (kW) va megavatt (MW) ham qo'llaniladi. Bunda 1 hW= 100 W=102 W; 1 kW=100 W = 103 W; 1 MW= 1 00 00 W=106 W. Zanjirning bir qismi uchun Om qonunidan fbydalanib, (2) formuladagi kuchlanishni tok kuchi orqali yoki tok kuchini kuchlanish orqali ifodalasak, tok quvvatining bir-biriga ekvivalent bo'lgan quyidagi uchta ifodasini yozish mumkin: Elektr iste'molchilarning quvvati Odatda, elektr iste'molchilarda ulaming quvvati yozib qo'yilgan bo'ladi. Xonadonda ko'proq tejamli 5 W, 10 W, 12 W elektr quwatli lampochkalardan foydalaniladi. Lampochkaning quvvati qancha katta bo'lsa, u shuncha kuch-li yoritadi va shuncha ko'p elektr energiyani iste'mol qiladi. Turli elektr iste'molchilarning quvvati turlicha bo'ladi (3-jadval). Elektr tokining ishini quvvat orqali ifodalash Elektr isitgich, sovitgich, televizor, kompyuter kabi elektr jihozlarda, odatda, ularning iste'mol quvvati pasportlarida ko'rsatilgan bo'ladi. Quvvatiga qarab tokning ma'lum vaqt ichida bajargan ishini A=Pt (4) formulaga ko'ra hisoblab topish mumkin. Quwatni vattlarda, vaqtni sekund bilan ifodalasak, ishning birligi joul quyidagicha ifodalanadi: 1 J=1 W * 1s. Vatt-sekund juda kichik birlik bo'lgani uchun amalda uning o'rniga vatt* soat (W-h) qo'llaniladi. Bunda 1 W-h = 3 600 W-s = 3 600 J = 3,6 kJ. Amalda tok ishining karrali birliklari hektovatt soat (hW-h), kilovatt soat (kW-h) va megavattsoat (MW-h) dan ham keng foydalaniladi. 1 hektovatt-soat = 100 W-1 h = 100 W-h = 360 00 J = 360 kJ; 1 kilovatt-soat = 100 W-1 h = 100 W-h = 3 ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
763.78 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:08
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
763.78 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:08 ]
Arxiv ichida: ppt