Elektr va magnetizm

Elektr va magnetizm

O'quvchilarga / Fizika
Elektr va magnetizm - rasmi

Material tavsifi

Elektr va magnetizm Reja: 1. ELEKTROSTATIKA. KULON QONUNI 2. ELEKTR MAYDON KUCHLANGANLIGI 3. NUQTAVIY ZARYAD MAYDONINING KUCHLANGANLIGI. KUCHLANGANLIK CHIZIQLARI. ELEKTR MAYDONLARNING QO'SHILISHI 4. OSTROGRADSKIY-GAUSS TEOREMASI 5. ELEKTROSTATIK MAYDON KUCHLARINING ISHI 6. POTENSIAL. ELEKTR MAYDON KUCHLANGANLIGI BILAN POTENSIALI ORASIDAGI BOG'LANISH 7. ELEKTR MAYDONIDA O'TKAZGICHLAR 8. ELEKTR SIG'IM 9. KONDENSATORLAR. KONDENSATORLARNING ELEKTR SIG'IMI 10. ELEKTR MAYDON ENERGIYASI 11. O'ZGARMAS ELEKTR TOKI 12. ELEKTR YURITUVCHI KUCH 13. OM QONUNI. O'TKAZGICHLARNING QARSHILIGI 14. JOUL-LENS QONUNI 15. MAGNIT MAYDONI. TOKLARNING O'ZARO TA'SIRI 16. BIO-SAVAR-LAPLAS QONUNI 17. TO'G'RI TOK MAYDONINING MAGNIT INDUKSIYASI 18. AMPER QONUNI 19. LORENS KUCHI Elektrodinamika elektr zaryadli alohida jismlar yoki zarralarni bir - biriga ta'sir ettiradigan va materiyaning maxsus turi bo'lgan elektromagnetik maydon xarakterining xossa va qonuniyatlari to'g'risidagi fandir. Elektrodinamikaning tinch holatidagi elektr zaryadlarini o'rganuvchi bo'limi elektrostatika deb ataladi. Elektrostatikada ikki tur elektr zaryadlar - musbat va manfiy zaryadlar ko'riladi. Bir xil ishorali elektr zaryad bilan zaryadlangan jismlar bir-birlaridan itariladilar, turli ishorali elektr zaryad bilan zaryadlangan jismlar bir-birlariga tortiladilar. Jismlarning elektrlangan yoki elektrlanmaganligini aniqlovchi asbobga elektroskop deyiladi. Elektron eng kichik zaryadga ega bo'lgan zarracha bo'lib, elektron zaryadining qiymatini birinchi bo'lib amerikalik olim D.Milliken aniqlagan. Elektronning zaryadi manfiy bo'lib, uning qiymati qe1,6∙10-19Kl , massasi esa me9,1∙1O-31kg ga teng. Elektronlar qaerdan hosil bo'ladi? Bu savolga javob berish uchun atomning tuzilishini ko'rib chiqaylik. Atomning markazida proton va neytronlardan iborat yadro, atrofida elektronlar harakatlanadi. Butun atom zaryadsiz, chunki yadroning musbat zaryadi hamma elektronlarning manfiy zaryadlari yig'indisiga teng va u elektr jihatdan neytral. Agar neytral jism biror boshqa jismdan elektronlar olsa, manfiy zaryadga ega bo'ladi. Elektronlari yetishmaydigan jism musbat zaryadlangan bo'ladi. SHunday qilib, jism elektronlarini yo'qotgan va ortiqcha elektron olgan taqdirdagina elektrlanadi. Elektr zaryadi yo'qolishi va yana paydo bo'lib turishi mumkin. Lekin doimo ikki qarama-qarshi ishorali ikki elementar zaryad bir vaqtda paydo bo'ladi va yo'qoladi. YOpiq sistemada barcha zarrachalar zaryadlarining algebraik yig'indisi o'zgarmay qolaveradi: . (1) Elektr zaryadining saqlanish qonuni (1) yopiq sistema uchun, ya'ni tashqaridan zarralar kirmaydigan va tashqariga bunday zarrachalar chiqarmaydigan sistema uchun o'rinli. 1. ELEKTROSTATIKA. KULON QONUNI Elektrostatikaning asosiy qonuni zaryadlangan ikkita qo'zg'almas nuqtaviy jism yoki zarra orasidagi ta'sir qonunidir. Uni 1785 yilda Kulon tajriba orqali aniqlagan: Ikkita nuqtaviy zaryadning o'zaro ta'sir kuchi har bir zaryad kattaligiga to'g'ri va zaryadlar o'rtasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsionaldir. Kuchning yo'nalishi zaryadlar orqali o'tgan to'g'ri chiziq bilan ustma -ust tushadi. Vektor ko'rinishda Kulon qonuni shunday yoziladi: . (1.1) Bu yerda k -proporsionnallik koeffitsiyenti bo'lib, uning qiymati XBS da k 9*109 *N*m2Kl2, bu yerda - elektr doimiysi deb ataladi: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 74.94 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 74.94 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga