Elektr va magnetizmga oid umumiy ma'lumotlar. Birliklar tizimlari

Elektr va magnetizmga oid umumiy ma'lumotlar. Birliklar tizimlari

O'quvchilarga / Fizika
Elektr va magnetizmga oid umumiy ma'lumotlar. Birliklar tizimlari - rasmi

Material tavsifi

Elektr va magnetizmga oid umumiy ma'lumotlar. Birliklar tizimlari Elektr va magnetizm kursi umumiy fizika fanining bo'linmas bir qismi bo'lib hisoblanadi. Elektr va magnetizm kursini o'rganishdan qo'yilgan bir qator maqsadlar mavjuddir. 1. Jismlarning zaryadlanish jaraeni. Zaryadlanish turlari juda ko'p bo'lishidan qatiy nazar (ishqalanish yo'li bilan, tashqaridan musbat eki manfiy zaryadlarni kiritish, elektr maydon ta'sirida induksiyalash va hokazo) bu jaraenda neytral turgan jism (o'tkazgich eki dielektrik bo'lsin) ga musbat eki manfiy (elektron, ion) zaryad berish eki undan olish yo'li bilan uning neytralligini buzishdir. Bunda jism zaryadlanib qoladi. Zaryadlangan jismlarning o'zaro ta'sirini o'rganish uchun nuqtaviy zaryad tushunchasi kiritiladi. Har qanday zaryadlangan jism atrofida elektr maydon yuzaga kelishi va bu maydon orqali jismlarning o'zaro ta'sirining yuzaga kelishi, maydonni o'rganish, uni hisoblash yo'llari va usullari, har qanday zaryadlangan jismga elektr maydonida ta'sir etadigan kuchlar - bo'lar elektrostatikaning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Bu bo'limda asosan qo'zg'almas zaryadlangan jismlar, vaqt bo'yicha o'zgarmaydigan elektr maydonning xususiyatlari o'rganiladi. 2. Elektr tokning yuzaga kelish sabablarini o'rganish. Uning asosiy qonuniyatlarini, oddiy va tarmoqlangan zanjirlarda qulay bilishni o'rganishdir. O'tkazgichlarda, vakuumda, yarim o'tkazgichlarda. Elektrolitlarda, gazlarda elektr o'tkazuvchanlikni yuzaga kelish sabablarini o'rganishdir. 3.Tokli o'tkazgichlar atrofida magnit maydoni yuzaga kelishi va uning asosiy qonuniyatarini o'rganish. Tokli o'tkazgichlarning, harakatlanaetgan zaryadlangan zarrachalarning o'zaro ta'sirini magnit maydon orqali yuzaga kelishini o'rganish. 4. Magnit maydonning har qanday o'zgarishi berk konturda elektr tokini yuzaga keltirishini bilish va uning asosiy sababi elektr maydonni yuzaga kelishi ekanligini bilishdir. 5. Moddalarning magnitlanish xususiyatlarini o'rganish.Ularning bu xususiyatlarini atomlarning natijaviy magnit momentlariga bog'liq ekanligini bilish. 6. Elektr va magnit maydonlarning o'zaro bog'liqligi, birining o'zgarishi albatta ikkinchisini hosil qilishi va bu jaraen to'lqin ko'rinishida tarqalishini bilish va ularning asosiy qonuniyatlarini o'rganishdir. Yuqorida sanab o'tilgan qisqacha tushunchalardan Elektr va magnetizm kursi oldiga qo'yilgan vazifalarning qanchalik kengligi ko'rinib turibdi. Bu fanni chuqur va hartomonlama o'rganish uchun o'qitishning ma'ruza, mashq, laboratoriya ishlarini bajarish bilan birgalikda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil qilish usullaridan foydalaniladi. Elektr va magnetizm kursini o'rganish davomida birnecha birliklar tizimi bilan ishlashga to'g'ri keladi. Bular SGSE, SGSM, SGS, SI, MKSA va boshqalar. Tajribalar shuni ko'rsatadiki elektr va magnetizm kursini boshlanishidan oxirigacha ikkita birliklar tizimini ishlatgan maquldir absolyut Gauss birliklar tizimi SGS va 1963-64 yillarda qabul qilingan xalqaro birliklar tizimi SI. SGS birliklar tizimining asosini: uzunlik birligi - sm, massa birligi-gramm va vaqt birligi-sek. qolgan kattaliklarning o'lchov birliklari hosilaviydir. Fizik kattaliklarning o'lchamligini aniqlashda SGS tizimidagi yuqorida keltirilgan uchta kattaliklarning birliklaridan foydalaniladi. SI tizimida esa to'rtinchi asosiy birlik kiritiladi. Bu tok kuchining birligi - Amper. Amperning mazmuni va son qiymatini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.4 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.4 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga