Elektr va pnevmatik manba tizimlarini loyihalash Reja: 1. Elektr manba tizimlarini loyihalash: 2. Prinsipial elektr manba chizmalarini bajarishga misollar. 3. Pnevmo manba tizimlarini loyihalash: pnevmo manba tizimlari elementlari; pnevmo qabul qilgichlarning individual, gruppali va markazlashgan ulanish turlari. 4. Pnevmo manba tizimlarini bajarishga misollar. Elektr manba tizimlarini loyihalashni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. -manbani tanlash; -avtomatlashtirish tizimlarining manba shchitlari va yig'ilmalarini tanlash va joylashtirish; -Manba tarmog'ini loyihalash; -taqsimlash tarmog'ini loyihalash; -elektr manba prinsipial chizmasini bajarish. Elektr ta'minotini vazifasi, turlari va ularga umumiy talablar. Manbani tanlash Elektr manba tizimi manbasini asboblarni normal ishlashini ta'minlovchi kuchlanish va quvvatiga mos ravishda tanlanadi. Odatda, o'lchov asboblariga berilayotgan manbaning o'zgarishi nominal qiymatdan -5÷+10%ga ruxsat beriladi. Ta'minlash va taqsimlash tarmog'larining boshqarish va himoyalash apparatlarini (rubilniklar, avtomatlar, qisqa tutashdan saqlagichlar) manba shchitlari va yig'ilmalariga joylashtiriladi. Manba tarmog'ini loyihalash Manba tarmog'ini loyihalash quyidagilarni o'z ichiga oladi: -Kuchlanishni, faza va simlar sonini va manba tarmog'i konfigurasiyasini tanlash; -rezerv masalasini xal qilish; -boshqarish va himoya apparatlarini joylashtirish. Elektr manba tizimlarida odatda uch fazali o'zgaruvchan tok (380220v kuchlanishli yoki 220127v ham bo'lishi mumkin) qo'llaniladi. Manba tarmog'i uchun fazalar va simlar sonini ushbu tizimdagi avtomatlashtirish vositalari va asboblari turiga qarab tanlanadi. Bir fazali elektr qabul qiluvchilar uchun bir fazali ikki simli (fazanol) va ikki fazali (faza-faza) tarmoqlar ishlatiladi. Agar tarmoqga yuklama juda katta bo'lsa uch fazali manba tarmoqlari ishlatiladi. shuningdek, uch fazali elektr qabul qiluvchilar uchun ham uch fazali tarmoqlar ishlatiladi. Boshqarish va himoya apparatlarini tanlash va joylashtirish Elektr manba tizimlarida boshqarish apparatlari sifatida rubilniklar, paketli och'irgichlar tumblerlar ishlatiladi. Avtomatlar boshqarish va himoya funksiyalarini barobar bajaradilar. Saqlagichlar tarmoq va alohida elektr qabul qiluvchilarni qiqsqa tutash va ortiqcha yuklamalardan himoya qilish uchun ishlatiladi. Saqlagichlili rubilniklar avtomatlardan sodda va arzon bo'ladi. Bu apparatlar manbasi ulangan joyda va shchit va avtomatlashtirish tizimlarining manba yig'inmalarga kirishda o'rnatiladi. Taqsimlash tarmog'ini loyihalash Elektr manba tizimini taqsimlash tarmog'ini loyihalash manba tarmog'ini loyihalashdagi operasiyalar kabi amalga oshiriladi. Xar bir elektr qabul qiluvchi shchit yoki manba yig'ilmasiga alohida rodial chiziq bo'ylab ulanadi. Kuchlanishni tanlash manba tarmog'ini loyihalashdagidek. shchitlarni stasionar yoritish uchun 220v kuchlanishdan foydalaniladi. shkafli shchitlarda tor joyda ishlarni bajarishda 36v yoki 12v kuchlanishdan foydalaniladi. Ba'zi asboblarga manba transformatorlar orqali beriladi. himoya va boshqarish apparatlarini tanlash Taqsimlash tarmog'ida ko'pincha paketli och'irgchilar, saqlagichlar ishlatiladi. Avtomatlar qisqa tutashish toklariga sezgir bo'lsa qo'llaniladi. Agar asbobning o'zida och'irgich va saqlagichlari bo'lsa, unda unga himoya va boshqarish apparatlari o'rnatilmaydi. Elektr yuritmalar, ijrochi qurilmalarning manba zanjirida himoya va boshqarish apparatlari sifatida rubilnik, ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
357.22 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:09
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
357.22 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:09 ]
Arxiv ichida: ppt