Elektr xavfsizlik choralari

Elektr xavfsizlik choralari

O'quvchilarga / Fizika
Elektr xavfsizlik choralari - rasmi

Material tavsifi

8-sinf fizika darsligi asosida 38-mavzu: Tevarak-atrofimizda elektr tarmoqlari juda ko'p, kundalik turmushimizda muntazam elektr jihozlar bilan ish ko'ramiz. Ulardagi nosozliklar, ulardan foydalanishda ehtiyotkorona ish tutmaslik tufayli hayotimizni xavf ostiga qo'yishimiz mumkin. Qisqa tutashuv Elektr zanjirdagi simlar ma'lum bir eng katta tok kuchiga mo'ljallangan bo'ladi. Agar zanjirdagi tok kuchi chegaradan oshib ketsa, sim qiziydi va uni o'rab turgan izolatsiya materiali erib ketishi mumkin. Xonadonda quvvatli elektr iste'molchi asboblar, masalan, elektr plita, elektr isitkich, elektr choynak, dazmol bir vaqtda yoqilsa, elektr zanjirdagi tok kuchi keskin ortib ketadi. Natijada zanjirdagi izolatsiyalangan simlar qattiq qiziydi va qisqa tutashuv ro'y berishi mumkin. Qisqa tutashuvda tashqi (iste'molchining) qarshiligi nolga teng bo'ladi. Manbaning turli qntb (faza)laridan kelayotgan ikki elektr simi ochiq joyining bir-biriga tegib ketishi yoki iste'molchi qarshiligi nolga intilishi natljasida tokning keskin ortib ketishi qisqa tutashuv deb ataladi. Izolatsiyalangan mis va aluimniy simlar uchun yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan eng katta tok kuchi miqdori Qisqa tutashuv elektr asboblaridan noto'g'ri foydalanishda, tokli izolatsiyalangan simlarga tashqi shikast yetkazilganda sodir bo'ladi. Qis­qa tutashuvda simlarning bir-biriga tegib qolgan joyida nihoyatda katta tok oqadi va shu zahoti kuchli chaqnash yuz berib, sim uziladi (101-rasm). Odam tanasi elektr tokini yaxshi o'tkazadi. 42 V dan yuqori kuchlanishli elektr tarmoq odam organizmi uchun xavfli hisoblanadi. Elektr asboblar bilan ishlaganda ehtiyotsizliklar tufayli odamni tok urishi mumkin, shu sababli elektr xavfsizlik choralariga qat'iy amal qilish kerak. 1. Ko'chadan o'tgan elektr tarmoqlari simlari izolatsiyalanmagan bo'ladi. Uzilgan elektr tarmog'i simini ushlash mumkin emas. Undan o'zingizni va boshqalarni ehtiyot qiling! 2. Xonadon elektr zanjirining simlari, odatda, devor ichidan o'tgan bo'ladi. Biror zarurat yuzasidan devorga mix qoqilayotgan paytda shu joydan elektr simi o'tmaganligiga ishonch hosil qilish kerak. 3. Xonadondagi rozetkalarda va elektr lampochka patronlarida doimo kuchlanish bo'ladi. Rozetka teshigiga yoki lampochkasiz patron ichiga metall buyumni tiqish man qilinadi. Kichik yoshdagi bolalar bo'lgan uylarda rozetkaga plastmassali maxsus moslama tiqib qo'yish maqsadga muvofiqdir. 4. Umumiy elektr tarmog'ida tok o'chib qolgan paytda, xonadon elektr zan­jirining shikastlangan joyini ta'mirlashdan oldin albatta tarmoqdan uzish lozim. 5. Ba'zi hollarda umumiy tarmoqning faqat bitta fazasida kuchlanish bo'l-masligi, ikkinchi fazasida kuchlanish paydo bo'lishi mumkin. Elektr lampochka yonmayotganini ko'rib, simning ochiq joyini ta'mirlash ham mumkin emas. Aks holda, tok odam tanasi orqali yerga o'tadi va uni tok urib, jarohatlaydi. Xonadon elektr zanjiridagi shikastlangan joyni ta'mirlashda tarmoqda elektr kuchlanishi bo'lishi yoki bo'lmasligidan qat'i nazar hisoblagichdagi ikkala patrondan saqlagichlarni olib qo'yish zarur yoki avtomat vkluchatellari uzilishi zarur! Ba'zi hollarda simning tokli bitta fazasi ushlab turilsa ham, tok urmasligi mumkin. Buning uchun odam ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 756.36 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:09 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 756.36 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga