Elektr yuritma asoslari

Elektr yuritma asoslari

O'quvchilarga / Fizika
Elektr yuritma asoslari - rasmi

Material tavsifi

Elektr yuritma asoslari Reja: 1. Elektr yuritmaning harakat tenglamasi. 2. Elektr yuritmaning yuklanma diagrammasi. 3. Elektr dvigatellarning quvvatini hisobi. Umumiy tushunchalar Ish mexanizmi (mashina), mexanik uzatma, elektr dvigatelp hamda uning boshqarish apparatlari birgalikda elektr yuritma deb ataladi. Elektr dvigatelp uzatish sistemasi orqali ish mexanizmining ijrochi qismini harakatga keltiradi. Boshqarish apparatlari yordamida dvigatelp ish mexanizmining bazi elementlari va yordamchi qurilmalari (agar mashina yoki ish mexanizmi murakkab bo'lsa), boshqariladi. Zamonaviy elektr yuritmalarni yakka va ko'p dvigatelli elektr yuritmaga ajratish mumkin. Bitta elektr dvigatelp yordamida harkatga keluvchi mashina yakka dvigatelli elektr yuritma deb ataladi. Bunga bir shpindelli parmalash dastgohi, metallga oddiy ishlov beruvchi dastgohlar, ventilyator va boshqalar misol bo'la oladi. Murakkab ishlab chiqarish agregatining ayrim ishchi organlarini harakatga keltiruvchi bir nechta yakka elektr yuritmalar majmui ko'p dvigatelli elektr yuritma deb ataladi. Bunga misol tariqasida metallga ishlov beruvchi dastgohlar, shneklar, to'qimachilik mashinalari, prokat stanlari va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Elektr yuritmalarni boshqarishdagi avtomatlashtirilganlik hajmiga qarab avtomatlashtirilmagan, avtomatlashtirilgan va avtomatik xillarga ajratish mumkin. Agar elektr yuritmani ishga tushirish, to'xtatish va u yordamida texnologik jarayonni boshqarishni odam bajarsa, bunday yuritma avtomtlashtirilmagan elektr yuritma deb ataladi. Agar odam faqat boshlang'ich boshqarish tahsirini hosil qilishdagina ishtirok etsa, bunday yuritma avtomatlashtirilgan elektr yuritma deb ataladi. Bunda murakkab ishlab chiqarish jarayonlari avtomatik bajariladi. Avtomatlashtirilgan elektr yuritmaga turli prokat stanlari, liftlar, minorali kranlar kiradi. Avtomatlashtirilgan elektr yuritma asosan ko'p dvigatelli bo'ladi. Agar odam faqat avtomatik boshqarish va elektromexanik tizimlarning holatini kuzatishdagina ishtirok etsa, bunday yuritma avtomatik elektr yuritma yoki mashinalarning avtomat liniyalari deb ataladi. Avtomatik liniyalar sanoat korxonalarini avtomatlashtirishda yangi bosqich bo'lib, unda bir qancha mashinalar guruhi ishlaydi. Mashinalar detalga yoki buyumga ishlov berishdagi bir qancha operatsiyalarni birin-ketin bajaradi hamda mazkur detalp yoki buyumlar bir mashinadan ikkinchisiga avtomatik ravishda uzatiladi. Elektr yuritmaning harakat tenglamasi Elektr dvigatel ishlaganda hosil bo'luvchi aylantirish momenti M elektr yuritmaning turli qismlariga ta'sir etuvchi qarshilik momenti bilan muvozanatlashadi. Qarshilik momentlarini paydo bo'lish sabablariga ko'ra quyidagi uch guruhga bo'lish mumkin: 1. Ish mashinasi ijrochi qismining foydali ish bajarishda (masalan, kesish, yuk ko'tarish, qisish, cho'zish, ezish va boshqalar) hosil bo'luvchi momentlar. 2. Ish mashinasi va uzatish qurilmasi harakatlanuvchi qismlarining ishqalanishidan hosil bo'luvchi momentlar. 3. Ish mashinasi va uzatish qurilmasi harakatlanuvchi qismlarning inertsiyasidan hosil bo'luvchi momentlar. Birinchi va ikkinchi guruh momentlarini statik qarshilik momenti (Mq), uchinchi guruh momentini esa dinamik qarshilik momenti (Mdin) deyiladi. Elektr yuritma sistemasidagi momentlarning muvozanatlik tenglamasi quyidagicha ifodalanadi: M=Mq Mdin. (17.1) Dinamik (inertsiya) moment quyidagi formula bilan topiladi. , (17.2) bunda J - mexanik tizimdagi barcha harakatlanuvchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 11.88 MB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:09 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 11.88 MB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga