Elektr zanjirlari haqida umumiy ma'lumotlar

Elektr zanjirlari haqida umumiy ma'lumotlar

O'quvchilarga / Fizika
Elektr zanjirlari haqida umumiy ma'lumotlar - rasmi

Material tavsifi

Elektr zanjirlari haqida umumiy ma'lumotlar Reja: Elektr zanjirlari va uning elementlari. Elektr zanjirlari elementlarining parametrlari. Elektr zanjirlarini ulash sxemalari. Elektr zanjirlari va uning elementlari Elektr zanjiri deb, elektr tokini hosil qiluvchi va uning oqib o'tishini tahminlash uchun berk yo'l hosil qiladigan qurilmalar yig'indisiga aytiladi. Zanjir tarkibiga kiruvchi alohida qurilmalar, elektr zanjirining elementlari deb ataladi. Zanjirning elektr energiyasi hosil qiluvchi elementlari- manbalari, uni istemol qiluvchi elementlar, iste'molchilar deb ataladi. Uzatuvchi elementlar - zvenolar manba va iste'molchilarni o'zaro bog'lab turadi. Ularga simlardan tashqari, o'lchash qurilmalari, o'zgartirgich qurilmalar (transformator, to'g'rilagich va h.k.) kiradi. Zanjir ulanganda berk kontur hosil bo'ladi va tok o'ta boshlaydi. Zanjirdan o'tayotgan elektr tokining qiymati yoki kuchi o'tkazgichning ko'ndalang kesimidan t - vaqt birligi ichida o'tayotgan elektr zaryadlarining miqdori - q bilan aniqlanadi. Yahni tok kuchi zaryadlarning harakat tezligiga proportsional kattalikdir. Agar zanjirdan o'tayotgan tokning yo'nalishi va qiymati vaqt davomida o'zgarmas bo'lsa, bunday tok o'zgarmas tok deyiladi va I harfi bilan belgilanadi (1.1-rasm, a) 1.1 - rasm . (1.1) xalqaro birliklar tizimi (XBT) da elektr tokining o'lchov birligi sifatida amper qabul qilingan. O'tkazgichning ko'ndalang kesimidan bir sekund davomida bir kulon (Kl) elektr zaryadlari o'tgandagi tok kuchi bir amper (A) ga teng bo'ladi . O'zgarmas tok t vaqtda ko'chirgan zaryad: . (1.2) Yo'nalishi va qiymati o'zgarib turuvchi toklar o'zgaruvchan toklar deyiladi. Tokning ko'rilayotgan momentdagi qiymati uning oniy qiymati deyiladi va bilan belgilanadi . (1.3) Tok 0 dan t vaqtgacha o'zgarganda (1.4) zaryadni ko'chiradi. Tokning o'zgarish qonuniyati turlicha bo'lishi mumkin. Asosan davriy o'zgaruvchan toklardan foydalaniladi. Oniy qiymatlari bir xil vaqt oralig'ida takrorlanuvchi o'zgaruvchan toklar davriy o'zgaruvchan toklar deyiladi. Bu vaqt oralig'i davr deyiladi va T harfi bilan belgilanadi. Bir sekunddagi davrlar soni chastota deyiladi va bilan belgilanadi. Chastota gerts (Gts) larda o'lchanadi . (1.5) Agar davriy o'zgaruvchan tok garmonik qonun bilan o'zgarsa sinusoidal tok, garmonik bo'lmasa, nosinusoidal tok deyiladi, (1.1-rasm, b,v.). 1.2 - rasm Sinusoidal toklarning eng kattasi Im, nosinusoidallarning esa, max bilan belgilanadi. Xuddi shunday EYuK va kuchlanishlar ham mos ravishda o'zgarmas qiymatlar Ye va U, o'zgaruvchanlari e va u bilan belgilanadi. Volptamper xarakteristika (VAX) lari chiziqli bo'lgan elementlar chiziqli elementlar, VAX lari nochizig'iy bo'lgan elementlar nochizig'iy elementlar deyiladi (1.2-rasm). Elektr zanjiri faqat chiziqli elementlardan tashkil topsa, chiziqli zanjirlar deyiladi, tarkibida birorta nochizig'iy element ishtirok etgan zanjirlar nochizig'iy zanjirlar deyiladi. Elektr zanjirlari elementlarining bog'lanish usuliga qarab, tarmoqlangan va tarmoqlanmagan zanjirlarga hamda manbalar soniga qarab, bir manbali va bir necha manbali zanjirlarga bo'linadi. Tarmoqlangan zanjirlar tarkibida tarmoq va tugunlar mavjud. Tarmoq, bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 66.32 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 66.32 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga