Elektr zaryad

Elektr zaryad

O'quvchilarga / Fizika
Elektr zaryad - rasmi

Material tavsifi

Elektr zaryad 8-sinf fizika darsligi asosida 2-mavzu: Atom tuzilishi Yunon olimlari tabiatdagi barcha jismlar atomlardan tashkil topgan deb hisoblaganlar. «Atom» so'zini fanga yunon mutafakkiri Demokrit (mil. aw. 460-370-y.) kiritgan. Bu so'z «bo'linmas» degan ma'noni bildiradi. XX asrga kelib olimlar atomning ham bo'linishi mumkinligini va u murakkab tuzilishga ega ekanhgini aniqladilar. 1911-yilda ingliz fizigi Ernest Rezerford tajriba asosida atom tuzilishining modelini kashf etdi. Atom markazida yadro joylashgan bo'lib, u nmsbat zaryadlangan proton va zaryadlanmagan neytronlardan tashkil topgan. Atom yadrosi atrofida orbita bo'ylab manfiy zaryadlangan elektronlar harakat qiladi. Atomdagi elektronlar soni protonlar soniga teng bo'ladi. Masalan, vodorod (H) atomining yadrosi faqat 1 ta protondan iborat bo'lib, yadro atrofida ham faqat 1 ta elektron harakatlanadi (8-a rasrri). Geliy (He) atomida 2 ta proton, 2 ta elektron va 2 ta neytron mavjud (8-b rasm). Uglerod atomi esa 6 ta proton, 6 ta elektron va 6 ta neytrondan tashkil topgan (8-d rasm). Kimyoviy element atomida proton va elektronlar soni teng bo'lsa, ular elektr jihatdan neytral bo'ladi. Elektr zaryad haqida tushuncha Elektr, jismlarning elektrlanishi, elektr toki kabi tushunchalarni juda ko'p eshitgansiz hamda elektr jihozlaridan muntazam ravishda foydalanib kelasiz. Xo'sh, barchasining asosini tashkil etuvchi elektr zaryadining o'zi nima? Ebonit tayoqchani elektrlab, elektro-skop sharchasiga tekkizilsa, uning yap-raqchalari ochiladi (9-a rasm). Tayoq­chani yana bir bor mo'ynaga ishqalab, sharchaga tckkizsak, uning yaproqchalari kattaroq burchakka ochiladi (9-b rasm). Demak, jismning elektrlanganlik da-rajasini o'zgartirish mumkin. Jismlarning elektrlanganlik darajasini tavsiflovchi fizik kattalik elektr zaryad deb ataladi va q harfi bilan belgilanadi. xalqaro birliklar sistemasida elektr zaryadning birligi qilib kulon (C) qabul qilingan. Tabiatda, avvalgi mavzuda aytilganidek, musbat ishorali va manfiy ishorali zaryadlar mavjud. Shoyiga ishqalangan shisha tayoqcha musbat zaryadlanadi, shoyining o'zi esa manfiy zaryadlanib qoladi. Bunga sabab nima? Sababi shuki, ishqalanish paytida shisha tayoqchadagi elektronlarning bir qismi shoyiga o'tadi (10-a rasm). Shoyida manfiy zaryadlar nisbatan ortib ketganligi sababli, shoyi manfiy zaryadlanib qoladi. Shisha tayoqchada esa musbat zaryadlar ortiq bo'lganligi uchun tayoqcha musbat zaryadlanadi. Mo'ynaga ebonit tayoqcha ishqalanganda, mo'yna atomlaridagi elektron­larning bir qismi ebonit tayoqchaga o'tganligi sababli tayoqcha manfiy, mo'yna esa musbat zaryadlanadi (10-b rasm). Elektron, proton va ularning zaryadi Qiymat jihatidan elektron zaryadiga teng bo'lgan zaryad elementar zaryad deb ataladi. Elementar zaryad e harfi (elementar so'zining bosh harfi) bilan belgilanadi. Bitta elektronning zaryadi ga, bitta protonning zaryadi esa Demak, elektron va protonning zaryadlari miqdor jihatdan o'zaro teng bo'lib, ular bir-biridan faqat ishoralari bilan farq qiladi. Tabiatdagi barcha zaryadlangan jismlarning zaryadi elementar zaryadga karrali bo'ladi. Agar bir jismdan ikkinchi jismga N ta elektron o'tgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 769.86 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:09 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 769.86 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga