Elektrning atomistik tuzulishi Reja: 1. Atom tuzulishi haqida ta'limot 2. Atom. 3. Elektrning atomistik tuzulishi Atom tuzilishi haqidagi tasavvurlar tarixi. Atom atamasi, qadimgi yunon tilidagi a-tomos - ya'ni, bo'linmas ma'nosidagi so'zdan olingan bo'lib, kelib chiqishi, qadimgi yunon faylasuflarining, moddaning eng kichik bo'linmas zarrasi haqidagi fikrlariga borib taqaladi. o'rta asrlarda, ba'zi olimlar, moddalarning keyingi tarkibiy qismlarga parchalanishi mumkin emasligi haqidagi xulosalarga keldilar. Shunday eng kichik zarralar, atomlar deb atala boshladi. 1860-yilda, Germaniyada bo'lib o'tgan kimyogarlarning xalqaro anjumanida, ushbu nom, rasman tasdiqlandi va kimyo va fizika sohalari, umuman ilm-fanning barcha jabhalarida, moddaning eng kichik tashkil qiluvchilari, atomlar sifatida yuritila boshlandi. XIX-asr oxiri va XX-boshlarida, fiziklar subatom zarrachalarning mavjudligini aniqlashdi va atom haqiqatan ham bo'linmas ekanligi tasdiqlandi. o'sha paytlarda, atom tuzilishining mayizli puding deb nomlangan modeli ilgari surilgan edi. Ushbu modelga ko'ra, elektronlar, katta massaga ega va musbat zaryadlangan jism ichida, huddi, puding ichidagi mayizga o'xshab joylashgan shaklda tasavvur qilingan edi. Biroq, kimyogar Rezerfordning amaliy tajribalari, ushbu tarzdagi modelni butunlay inkor etib, o'rniga, atom tuzilishining planetar modelini tavsiya etdi. Rezerfordning, atom tuzilishining planetar modeli haqidagi g'oyalarini Nils Bor tomonidan rivojlantirilishi, hamda, 1932-yilda zaryadsiz zarralar - neytronlarning kashf qilinishi, atom tuzilishi haqidagi hozirgi zamon tasavvurlarini asosi bo'lib xizmat qildi. Atom tuzilishi haqidagi g'oyalarning keyingi rivojlanish bosqichlari, elementar zarrachalar fizikasi - leptonlar, bozonlar, myuon, pion, neytrino, fotonlar, kvarklar va hoka'zolar bilan bog'liq. 1913-yilda Daniyalik fizik Nils Bor o'zining atom tuzilishi haqidagi nazariyasini ilm-fanga taklif etdi. Uning nazariyasi asosida, Rezerford ishlab chiqqan planetar model yotar edi. Ushbu nazariyaga ko'ra, atom tuzilishi, sayyoralarning markaziy obyekt - Yulduz atrofida o'z orbitalari bo'ylab harakatlanishi singari, ya'ni makrodunyo modeliga qiyosan olingan edi (masalan, Yer va boshqa sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi kabi). Aynan sayyoralar sistemasi singari, elektronlar ham, atom markazidagi og'ir yadro atrofida, aniq va qat'iy orbitalar bo'ylab harakatlanadilar. Bor, atom nazariyasi uchun, kvant g'oyasini kiritdi. Unga binoan, elektronlar yadro atrofidagi o'z, orbitalarida, ularga qat'iy muvofiq energetik pog'onalarga bo'yicha harakatlanishadi. Aynan Bor modeli, hozirgi zamon kvant-mexanik atom modelining asosi sifatida xizmat qildi. Ushbu modelga ko'ra ham, atom yadrosi, musbat zaryadlangan proton va zaryadga ega bo'lmagan neytrondan, hamda uning atrofida harakatlanuvchi, manfiy zaryadlangan elektrondan iborat. Lekin, kvant-mexanikasi modeliga ko'ra, elektron uchun aniq bir trayektoriya aniqlash mumkin emas. Bu modelga ko'ra, elektronlar uchun faqat yaqin energetik pog'onalarga ko'ra joylashishi mumkin bo'lgan hududlar mavjud. Atom ichida nimalar bor? Atom - protonlar, elektronlar va neytronlardan tashkil topgan. Neytronlar, olimlar tomonidan, atom tuzilishining planetar modeli ishlab chiqilganidan keyin kashf qilingan. Faqat 1932-yilga kelibgina, Jeyms Chedvik, qator ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
722.74 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:10
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
722.74 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:10 ]
Arxiv ichida: pptx