Elektro magnitizm yuzaga kelishi

Elektro magnitizm yuzaga kelishi

O'quvchilarga / Fizika
Elektro magnitizm yuzaga kelishi - rasmi

Material tavsifi

Elektro magnitizm yuzaga kelishi Reja 1. Elektro dinamikaning payda bo'lishi 2. Maskvell nazariyasining shakllanishi tarixi 1. X.Ersted 2. G.Om 3. M.Faradey A.Amper J.Maskvell ELEKTROMAGNIT INDUKSIYA HODISASI 1820 yilda Ersted tajribasidan keyin elektr va magnit hodisalari o'rtasida o'zaro bog'lanishni o'rganishga qiziqish ortadi. Elektr toki magnit maydonni hosil qilar ekan, o'z navbatida magnit maydoni elektr tokini yuzaga keltiradimi?, degan savol tug'iladi. Ushbu savolga javob izlab 1831 yilda M.Faradey o'zining buyuk kashfiyotini ochadi. U o'z tajribasida juda oddiy asbob-uskunalardan foydalangan edi. U temir halqaga izolyasiyalangan simdan ikkita o'ram o'raydi, birinchi o'ram tok manbaiga, ikkinchisini esa galvanometrga ulaydi. Birinchi g'altak tok manbaiga ulangan paytda, 2-o'ramdagi galvanometr strelkasi keskin og'adi va 2 - konturda tok vujudga kelganligini qayd etadi. Bu hodisa magnit ta'sirida elektr toki vujudga kelganligini ko'rsatadi. Bu hodisani Faradey elektromagnit induksiya deb atadi. Faradeyning bu kashfiyoti o'zgaruvchi tok manbalari - elektr generatorlarini, zamonaviy texnika asbob va uskunalarining yasalishiga asos bo'ldi. Induksion tok yo'nalishini Emil Xristianovich Lens 1834 yilda aniqladi va u hozirda Lens qoidasi deb yuntiladi. Elektromagnit induksiyaning ochilishi zamonaviy fan va texnikani rivojiga ulkan hissa qo'shdi Faradey barcha yo'llar bilan olingan elektr hodisalari bir xil tabiatga ega ekanligini isbot qiladi Faradey Magnitooptikaning asoschisini haqli ravishda Faradey deb aytish mumkin. U elektr va magnit hodisalari bilan yorug'lik o'rtasida aloqa bo'lishi mumkinmi?, degan savol qo'yib, bu yo'nalishda ilmiy izlanishlar olib boradi. 1845 yilda Faradey shishani elektromagnit orasida joylashtirib, u orqali chiziqli qutblangan nur o'tkazganda, yorug'likning qutblanish tekisligini burilishini kuzatadi. Faradey: «Yorug'likda qandaydir magnitizm bor va u tashqi magnit maydoni bilan o'zaro ta'sirlashadi»,- degan xulosaga keladi. Magnitooptika hodisasi hozirgi paytda magnetik moddalarda kechadigan jarayonlarni o'rganish vositasi bo'lib xizmat qilmoqda. Diamagnetizm. 1845 yilda Faradey yana bir hodisani kashf etadi. U og'ir shisha bo'lakchasini magnit maydoniga joylashtirganda, u magnit maydoni tomonidan tashqariga itariladi yoki uni ipga osib, elektro magnit qutblari orasida joylashtirganda, u magnit kuch chiziqlariga nisbatan ko'ndalang holda joylashar ekan. Faradey tajribada aniqlashicha tabiatdagi barcha j ism lar diamagnetik yoki paramagnitik xususiyatga ega ekan. Kristian Ersted 1820 yilda daniyalik fizik Xan Kristian Ersted (177-1851) elektr tokinining magnit ta'sirini kashf etib elektromagnitizimga asos soldi. Shu yili fransuz fizigi Andre Mari Amper (1775-1836) elektr toklarining o'zaro ta'sirini kashf etdi va bu ta'sirlarga doir qonunni yaratdi (Amper qonuni). J.Bio va F.Savarlar tamonidan to'g'ri tokning magnit maydoni kuchlanganligini aniqlashga doir qonun yaratildi (Bio-Savar qonuni). Nemis fizigi Iogann Shvaygger (1779-1857) tomonidan purjinali galvanometr yaratildi. Ingiliz fizigi Piter Barlou (1876-1862) elektromotor modelini yasadi. Georg Simon Om 1826-yilda nemis fizigi Georg Simon Om ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.55 MB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:10 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.55 MB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga