Elektrodinamika

Elektrodinamika

O'quvchilarga / Fizika
Elektrodinamika - rasmi

Material tavsifi

ELYeKTRODINAMIKA FIZIKA kafedraSI Reja: Elektr toki. Tokning kuchi va zichligi. Elektr tokining mavjudlik sharti. Om va Djoul-Lents qonunlarining integral va differensial ko'rinishlari. Galvanik elementli zanjir qismi uchun Om qonuni. Kirxgof qoidalari. Gazlarda elektr toki. Mustaqil va mustaqil bo'lmagan gaz razryadlari. Plazma to'g'risida tushuncha. Elektr toki Elektr zaryadlarining tartibli harakati elektr toki deb ataladi. Musbat zaryadlarning harakat yo'nalishi elektr tokining yo'nalishi hisoblanadi. Tok kuchi - elektr tokining o'lchov miqdoridir - berilgan yuzadan kichik vaqt oraligida ko'chirilgan dq zaryadning shu dt vaqt oraligi nisbatiga teng skalyar fizik kattalikdir. Metallarda elektr toki n - kontsentratsiya q - zaryad v - zaryadlar tartibli harakatining o'rtacha tezligi Tok kuchining birligi Elektr toki kuchi birligi - amper 1 metrli o'tkazgichning har bir qismida 2.10 -7 Nyuton ta'sir kuchi hosil qiladigan, vakuumda 1 metr oraliqda joylashgan, hisobga olmaydigan darajada kichik ko'ndalang kesim yuzasiga ega bo'lgan, cheksiz uzunlikdagi to'g'ri chiziqli parallel joylashgan o'tkazgichlardan o'tayotgan o'zgarmas tok kuchiga aytiladi. Tok kuchining zichligi deb, o'tkazgichning bir birlik ko'ndalang kesim yuzasidan dS o'tgan dI tok kuchiga miqdor jihatidan teng bo'lgan fizik kattalikka aytiladi: Tok kuchi zichligi Ihtiyoriy sirtdan o'tayotgan tok kuchi tok zichligi vektori oqimi bilan aniqlanadi Uzluksizlik tenglamasi q' yopiq sirt bilan chegaralangan hajmdan chiqayotgan zaryad. Tokning mavjud bo'lish sharti Tok tashuvchilar - tartibli harakat qilaoladigan zaryadlangan zarrachalarning mavjudligi. Qandaydir usul bilan energiyasi tiklanadigan, elektr maydonning mavjudligi. Zanjirda uzluksiz o'zgarmas tok o'tib turishi uchun, Kulon kuchidan tashqari potentsiallar farqini hosil qiluvchi tashqi noelektrik kuchlar - elektrga yot kuchlar bo'lishi mavjudligi. Tok manbalari orqali zaryadlarga ta'sir qiluvchi, noelektrik kuchlar tashqi kuchlar deb ataladi. Tok manbalari Tashqi kuch hosil qilgan maydon ta'sirida, tok manbai ichida elektr zaryadlari elektrostatik maydon kuchlariga qarshi harakatlanadilar, zanjirning uchlarida potentsiallar farqi ta'minlanib turadi, natijada, zanjirda doimiy elektr toki oqadi. Ximiyaviy energiya hisobidan elektr energiyasi manbai bo'ladigan qurilmalar galvanik elementlar deb ataladi. Tok o'tkazilganda elektr energiyasi manbai bo'ladigan qurilmalar akkumulyatorlar deb ataladi. Tok ta'siri 1. Issiqlik ta'siri. Tok o'tayotgan o'tkazgich qiziydi. Issiqlik ta'siri deyarli doimo namoyon bo'ladi. O'ta o'tkazgichlarda toq o'tganda tokning issiqlik ta'siri namoyon bo'lmaydi. 2.Ximiyaviy ta'sir. Elektr toki o'tkazgichning ximiyaviy tarkibini o'zgartiradi. Bu hodisa elektrolitlarda tok o'tganda namoyon bo'ladi 3.Magnit ta'sir. Tok qo'shni o'tkazgichlardan o'tadigan toklarga va magnit jismlarga kuch bilan ta'sir o'tkazadi. Tokning magnit ta'siri barcha o'tkazgichlarda, ximiyaviy va issiqlik ta'siridan farqli barcha hollarda namoyon bo'ladi. Elektr yurituvchi kuch (EYuK) Birlik musbat zaryadni ko'chirishda tashqi kuchlarning bajargan ishi bilan aniqlanadigan fizik kattalikka zanjirning elektr yurituvchi kuchi deb ataladi: Zanjirning yopiq qismida tashqi kuchlarning bajargan ishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.16 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:10 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.16 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga