Elektrodinamikani o'rganishning ilmiy-uslubiy asoslari Reja: Elektr maydoni mavzusini o'rganishning maqsad va vazifalari hamda asosiy mazmunining tahlili. Zaryadning saqlanish qonuni Elektr maydonidagi o'tkazgichlar Bo'limning mazmuni va tuzilishi. Elektrodinamika masa-lalari o'rta umumiy ta'lim va maxsus maktablar fizika kursida eng katta o'rinlardan birini egallaydi. Bu bo'limga butun fizika kursiga ajratilgan vaqtning 30% dan ko'prog'i to'g'ri keladi. Ko'pchilik mamlakatlarda ham elektrodinamika masalalarini o'rganishga taxminan xuddi shuncha vaqt ajratilgan. Bu juda to'g'ri bo'lib, olamning umumiy fizik manzarasi haqida tushunchani shakllantirish uchun, o'quvchilarga ilmiy texnik taraqqiyotning bosh yo'nalishi-xalq xo'jaligini elektrlashtrish va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda, radioelektronikani qo'llashni tushuntirish ahamiyatiga to'la mos keladi. Bugungi kunda xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida fan-texnika taraqqiyoti jadallashuvining, ishlab chiqarish samaradorligi ortishi va turmush farovonlashuvining muhim sharti ekanligini ko'ra bilgan holda elektrlashtirishning ilg'or rivojlanishiga birinchi darajali deb qaralmoqda. Elektroenergetika sohasida yaqin 20 yil uchun muhim masalalarni amalga oshirish mo'ljallangan. Bu masalalarni bajarishda bugun maktabda o'qiyotganlar va kelgusi yillarda uni bitiradiganlar bevosita ishtirok etadilar. Bugungi kunda elektr energiyasidan hayotda qanday foydalanish kerakligini ham nazariy, ham amaliy jihatdan biladigan, elektrlashtirishning fizik va texnik asoslarini, uning mamlakat xalq xo'jaligi uchun ahamiyatini tushunadigan kishilarni tayyorlash lozimligi sezilmoqda. Elektrodinamika' bo'limining yuksak ilmiy saviyasini saqlab qolish, uning tarbiyaviy potentsialini va amaliy maqsadini kuchaytirish yuqorida tilga olib o'tilgan masalalarni hal qilishga yordam beradi. Bo'limning mazmuni. Zamonaviy fizika kursi mazmunining xarakterli xususiyati-butun o'quv materialining uncha katta bo'lmagan sondagi fundamental nazariyalar tevaragida to'planganligidir. Elektrodinamika bo'limida Maksvellning elektromagnit maydon haqida ta'limoti hamda klassik elektron nazariyasi shunday nazariyalar bo'lib xizmat qiladi. Fizika kursining Elektrodinamika bo'limida o'rganila-digan o'quv materiali shu bo'limning ilmiy mazmunini tashkil qiluvchi asosiy masalalardan tashkil topadi. Bu yerda klassik elektrodinamikaning faqat asoslarinigina o'rganish haqida so'z yuritilishi mumkin. Bu nazariyani o'zlashtirish uchun ikki guruh masalalarni elektr va magnit maydonlarning xossalari, shuningdek, doimiy tok qonunlari, turli muhitlarda elektr va magnit maydonlarning xassalari, shuningdek doimiy tok qonunlari, turli muhitlarda elektr toki oqishining qonuniyatlarini. Avvalo umumiy nuqtai nazardan maktabda fizika kursining didaktik talablarni hisobga olgan holda bu ikki guruh masalalarning tarkibiga nimalar kirishi kerakligini qarab chiqamiz. Masalalarning birinchi guruhi: O'quvchilarni Maksvellning eletromagnit maydon haqidagi ta'limoti g'oyalari bilan tanishtirishi lozim. Bu ta'limotning mazmunini elektrotexnikaning, radiotexnikaning va har qanday elektromagnit hodisalar nazariyasining asosini tashkil qiluvchi Maksvell tenglamalari eng ixcham ko'rinishda ifodalaydi. Maksvell tenglamalarining tushunish uchun lozim bo'lgan mamavzutik apparatning murakkabligi ularni maktablarda o'qitishga imkon bermaydi. Shu bilan birga o'quvchilarni elektromagnit maydon haqida ta'limotning tenglamalarda mavjud bo'lgan asosiy g'oyalar bilan tanishtirib qo'ya qolish mumkin. Bu tenglamalarning mazmunini sifat jihatdan xarakterlash uchun ularni qarab chiqamiz: Tenglamalarning birinchisi magnit maydonning manbalari ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.98 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.98 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:10 ]
Arxiv ichida: doc