Elektrolitlarda elektr toki Reja: 1. Misning elektroximiyaviy ekvivalentini aniqlash. 2. Tajriba natijalarini ehm da hisoblash. MISNING ELYeKTROXIMIYaVIY EKVIVALYeNTINI ANIQLASh. Kerakli asboblar: Elektrolit uchun vanna, mis kuporosining suvdagi eritmasi, ikkita mis plastinkalar, ampermetr, reostat, kalit, o'zgarmas tok manbai, sekundomer. Elektr toki metallardan (o'tkazgichlar) va yarimo'tkazgichlardan o'tganida hech qanday ximiyaviy reaksiya ro'y bermaydi. Metallarda tokni o'tkazishda ishtirok qiladigan zarracha erkin elektrondir. Yarimo'tkazgichlarda esa tok o'tkazishda ishtirok qiladigan zarrachalar-valent elektronlar va teshiklardir. O'tkazgichlar va yarimo'tkazgichlar birinchi turdagi o'tkazgichlar deyiladi. Ikkinchi turdagi o'tkazgichlarga eletrolitlar kiradi. Elektrolitlar deb atomlari yoki molekulalari qarama-qarshi ionlardan (musbat va manfiy atom yoki molekula) tuzilgan bo'lib, ular bir-birlari bilan Kulon kuchlari ta'sirida tutib tura oladigan eritmalarga aytiladi. Elektrolitlarga kislotalar (HCl, HNO3 , H2SO4,,), ishqorlar (NaOH, KOH, NH4OH,) va tuzlar (NaCl, CuSO4 , NH4Cl,) ning suvdagi eritmalari kiradi. Ikkinchi turdagi o'tkazgichlardan elektr toki o'tganda elektrolit ichida ximiyaviy reaksiya vujudga keladi. Masalan vannaga mis kuporosi eritmasini quyib, ichiga ikkita misdan yasalgan plastinkalar joylab qo'yamiz va ularni o'zgarmas tok manbaiga ulasak, mis kuporosi tuzi CuSO4 musbat (Cu) va manfiy (SO4) ionlarga ajraladi.Bunday ionlarga ajralishni dissotsiatsiya deyiladi. CuSO4 Cuqq = SO4- - Misning elektroximiyaviy ekvivlentini aniqlashdan maqsad uning elektroximiyaviy ekvivalentini, Faradey sonini, elektron ning zaryadini, misning valentligini va boshqalarni aniqlashdan iborat bo'lib, uning sxemasi 1-shaklda berilgan. 1-shakldagi K kalitni ulasak plastinkalar tok manbaining musbat va manfiy ishoralariga ega bo'ladi, natijada elektrolitdagi dissotsiatsiya langan musbat ionlar (Cuqq ) katodga, manfiy ionlar (SO4- - ) anod tomonga harakatga keladilar. Katodga kelgan Cuqq lar (kationlar ) katodga kelib zaryadsizlanadi va hosil bo'lgan Cu katodga o'tiradi, natijada katodning massasi ortadi. Anodga esa SO4-- (qoldiq kislota ioni-anionlar) kelishi natijasida mis ionlar eritmaga o'tadi va anod massasi kamayadi. Buning natijasida eritma kontsentratsiyasi (eritmadagi mis kontsentratsiyasi) tajriba davomida o'zgarmaydi. Shunday qilib eritmadan katodga qancha mis o'tirsa , anoddan eritmaga shuncha mis o'tadi. Elektroliz hodisasini 1836 yillarda ingliz fizigi Faradey mufassal o'rgandi va quyidagi ikkita qoidani kashf etdi. I. Elektrodda (katodda) ajralib chiqqan modda miqdori elektrolit orqali o'tgan zaryad miqdoriga proportsionaldir. m = k q (1) Bu yerda qqJt- ionlarning zanjirdan J tok o'tishi natijasida t vaqt ichida olib o'tgan zaryad miqdori, m - katodda ajralgan modda miqdori, k-moddaning (berilgan hol uchun misning) elektroxi miyaviy ekvivalenti. Yuqoridagilarni hisobga olib, (1) ifodani qayta yozamiz: M= KJt (2) II. Barcha moddalarning elektroximiyaviy ekvivalenti ularning ximyaviy ekvivalentiga proportsionaldir. K ; K= ; (3) M-moddaning molekulyar massasi, Z- misning valentligi, F-Faradey soni, - ximiyaviy ekvivalenti. (1) va (3) formulalardan Faradeyning birlashgan qonuni kelib chiqadi, yani: m ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.54 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.54 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:11 ]
Arxiv ichida: doc