8-sinf fizika darsligi asosida 45-mavzu: Elekrotexnikada sof mis ko'p ishlatiladi. Misga ozgina boshqa moddalar aralashgan bo'lsa, uning elektr tokini o'tkazish xususiyati yomonlashib ketadi. Mis turli aralashmalardan quyidagi usul bilan ajratib olinadi. Mis ajratib olish Katta elektrolit vannasi mis kuporosining eritmasi bilan to'ldiriladi. Uning ichiga sof misdan tayyorlangan yupqa plastinkalar parallel ravishda tushiriladi. Elektr manbaining manfiy qutbiga ulanadigan bunday sof mis plastinkalari katod vazifasini bajaradi. Katodlar orasiga parallel ravishda qalin anod plastinkalar tushiriladi. Anod vazifasini bajaradigan plastinkalar tozalanmagan misdan tayyorlangan bo'ladi. Elektroliz jarayonida mis kuporosi eritmasidan ajralib chiqqan mis katodga o'tiradi. Bundan tashqari anod plastinkasi elektrolitda erib mis ionlarini hosil qiladi, begona aralashmalar esa ionlarga ajralmaganligi sababli ular vanna tubiga cho'kadi. Vaqt o'tishi bilan katod plastinkalar qalinlasha boradi, anod plastinkalar esa yupqalashadi. Ma'lum vaqtdan keyin katod va anodlar vannadan olinib, ular o'rniga yangisi qo'yiladi. Vannadan chiqarib olingan qalinlashgan plastinka misdan iborat bo'ladi. Galvanostegiya Temirdan yasalgan buyumlar sirti oksidlanishi natijasida tez zanglaydi. Zang esa sekin-asta metallni yemiradi va buyum teshiladi. Odatda, oksidlanadigan metall buyumlar sirti qiyin oksidlanadigan boshqa metallar - nikel, rux, kumush, oltin kabilar bilan qoplanadi. Nikellangan qoshiq, pichoq, choynak kabi turli idish-tovoqlardan turmushda foydalanamiz. Elektrolizdan foydalanib, buyumlarning sirtini qiyin oksidlanadigan metallar bilan qoplash galvanostegiya deb ataladi. Kumush nitrat eritmali vanna orqali ma'lum vaqt davomida tok o'tkazib turilsa, buyum sirti kumush bilan qoplanadi (115-rasm). Buyum sirtiga kumush yugurtirish uchun elektrolil sifatida kumush tuzlari eritmasi, anod sifatida kumush plastinka olinadi. Oltin yugurtirishda esa elektrolit uchun oltin tuzlari eritmasi, anod uchun oltin plastinka ishlatiladi (116-rasm). Galvanoplastika Elektroliz yordamida murakkab sirtli nAQSH va buyumlarning metall nusxalarini olish mumkin. Masalan, taxtaga o'yib ishlangan nAQSHning nusxasini olish kerak bo'lsin. Buning uchun taxtaning nAQSH solingan qismiga juda yupqa qilib grafig surkaladi, natijada uning bu tomoni tok o'tkazadigan bo'lib qoladi. Tayyorlangan taxta mis kuporosi eritmasiga tushiriladi (117-rasm). Bu taxta sirtidagi grafig sim orqali manbaning manfiy qutbiga ulanadi, ya'ni grafig qatlam katod vazifasini bajaradi. Anod sifatida esa elektrolitga mis plastinka tushiriladi. Elektrolitdan tok o'tkazilganda elektroliz natijasida ajralib chiqqan mis taxta sirtidagi grafit ustiga o'tiradi. Grafig usti yetarli darajadagi mis qatlami bilan qoplangandan keyin elektroliz jarayoni to'xtatiladi va mis qatlam taxtadan ajratib olinadi. Bunda mis qatlamning shakli taxta sirtidagi nAQSHning negativ (teskari) tasviridan iborat bo'ladi. Taxtadagi chuqur joylar mis negativda qavariq bo'lib, qavariq joylar esa negativda chuqur bo'lib chiqadi. Bunday tarzda olingan negativ tasvir matritsa deb ataladi. «Matritsa» lotincha so'z bo'lib, «ona» degan ma'noni anglatadi. Matritsa bosmaxonalarda terilgan harflarning nusxasmi quyish, me'dal, tanga, shtamp kabilami tayyorlash uchun ishlatiladigan qolipdir. Shakl ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
650.67 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:11
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
650.67 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:11 ]
Arxiv ichida: ppt