Elektromagnetizm Elektromagnetizm - elektr toki vujudga keltiradigan magnit hodisalarini, magnit maydon bilan elektr toki orasidagi bog'lanishlarni, moddalarning magnitlanishi va ularning turlarini hamda ularni amalda qo'llash usullarini o'rganuvchi bo'limi. Magnit hodisalari va jismlarning magnit xossalari haqidagi ta'limot - magnetizm deb ataladi. Magnetizm - elektr toklarning o'zaro ta'siri, toklar va magnitlar momentiga ega bo'lgan jismlar orasidagi mavjud o'zaro ta'sir jarayonida sodir bo'ladigan hodisalar. Elektromagnit hodisalar va magnit maydonini kuch maydoni sifatida dastlabki o'rganishni bir necha usullar bilan amalga oshirish mumkin. Birinchidan, maydonning doimiy magnitga (magnit strelkasiga) ta'siri asosida (1a - rasm). Ikkinchidan, maydonning tokli berk konturga (ramkaga) ta'siri asosida (1b - rasm). Uchinchidan, toklarning ularning magnit maydonlari vositasida o'zaro ta'siriga asoslanib. Barcha bu usullar elektromagnetizmni bayon qilishning boshlanishi uchun faqat metodik variantlar bo'lib, elektromagnit hodisalarni tavsiflashda bir xil natijaga olib keladi. N I s I 1-rasm Magnit maydoni va elektromagnit hodisalarni toklarning o'zaro magnit ta'siriga asoslanib o'rganishga o'tamiz, chunki bu o'zaro ta'sirni ifodalovchi Amper qonunidan elektromagnetizmning eng muhim qonunlari: Bio-Savar-Laplas qonuni va Amper formulasi deyarli bevosita kelib chiqadi. Parallel toklarning o'zaro ta'sirini birinchi bo'lib Amper tajriba orqali aniqlagan. Agar ikki parallel uzun o'tkazgichlardan o'tuvchi toklarning yo'nalishlari bir xil bo'lsa (2a - rasm), bu tokli o'tkazgichlar o'zaro torti-ladi, toklarning yo'nalishlari qarama-qarshi (2b - rasm) bo'lsa, bu tokli o'tkazgichlar o'zaro itarishishadi. Toklarning o'zaro ta'siriga sabab, toklarning har biri o'z atrofidagi fazoda magnit maydon hosil qiladi va bu maydon ikkinchi tokli o'tkazgichga ta'sir qiladi. I1 I2 I1 I2 F1 F2 F2 F1 a) b) 2-rasm. Faraz qilamizki, induksiyasi V1 bo'lgan magnit maydonni I1 tok hosil qiladi va I2 tok shu magnit maydonda joylashgan. Amper qonuni asosida ikkinchi o'tkazgichga ta'sir etuvchi kuch quyidagiga teng: (1) bu yerda V1-I2 - tok tufayli hosil bo'lgan magnit maydon induksiyasi; - o'tkazgichning uzunligi; - V1 va I2 tokning yo'nalishi orasidagi burchak; I1 tokning magnit maydonining kuchlanganligi quyidagiga teng bo'ladi: (2) bu yerda d - tokli o'tkazgichlar orasidagi masofa. (3) - formuladan foydalanib, (3) ni hosil qildik. U paytda (1) formula quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi: (4) Nyutonning 3-qonuni asosida F2 kuchga teng bo'lgan kuch bilan I2 tok asosida hosil bo'lgan magnit maydon I1 tokli o'tkazgichga ta'sir etadi, ya'ni: (5) Binobarin, parallel toklarning o'zaro ta'sir kuchi o'tkazgichlardan o'tayotgan toklarning kuchlariga, o'tkazgichning uzunligiga to'g'ri proporsional va ular orasidagi masofaga teskari proporsional, ya'ni (6) Elektr o'lchash asboblarini yaratishda elektr qurilma konstruksiyasini hisoblashda ana shu hodisadan keng foydalaniladi. Demak, bir xil yo'nalishli toklarning magnit maydonlari bir-birini kuchaytiradi, qarama-qarshi yo'nalgan toklarning magnit maydonlari esa bir-birini susaytiradi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.14 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.14 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:11 ]
Arxiv ichida: doc