Elektromagnit induksiya hodisasi, optika asoslari

Elektromagnit induksiya hodisasi, optika asoslari

O'quvchilarga / Fizika
Elektromagnit induksiya hodisasi, optika asoslari - rasmi

Material tavsifi

Elektromagnit induksiya hodisasi optika asoslari Reja: 1.Geometrik optikaning asosiy tushunchalari; 2.Yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishi; 3.Yoruђlikning qaytish va sinish qonunlari; 4.Linzalar; Linzaning optik kuchi; 5.Ko'zgular, ularning turlari (botiq va qavariq ko'zgular); 6.Mikroskop va teleskop. Elektromagnit induksiya qonunini miqdor jihatdan sxarakterlash uchun magnit induksiya oqimi deb ataluvchi fizik kattalikni bilish zarur. Berilgan sirt orqali o'tayotgan magnit induksiya oqimi (F) deb magnit induksiya vektorining (), S yuza hamda va normal vektorlar orasidagi burchak kosinusining ko'paytmasiga teng bo'lgan fizik kattalikka aytiladi, yani: Ingliz fizigi Faradey tajribalar asosida magnit maydoni o'zgarishi natijasida (elektr maydoni) tok hosil bo'lishini aniqladi. Bu tokni Faradey induksion tok deb atadi. Faradey elektromagnit induksiya qonunini kashf etib, uni quyidagicha ta'rifladi: Yopiq konturda hosil bo'lgan induksion E.Yu.K. shu kontur bilan chegaralangan yuza orqali o'tayotgan magnit induksiya oqimining o'zgarish tezligiga proportsionaldir, yani: Induksion tokning yo'nalishi Lents qoidasi asosida aniqladi. U quyidagicha ta'riflanadi: Yopiq konturda induksion tok shunday yo'nalishda hosil bo'ladi, u o'zining magnit maydoni bilan uni hosil qiluvchi magnit maydonining o'zgarishiga qarshilik ko'rsatadi. Lents qoidasiga ko'ra induksion EYuK uni yuzaga keltiruvchi magnit oqimining o'zgarishiga teskari ta'sir qiladi. Faradey va Lents qonunlarini birlashtiruvchi asosiy qonun quyidagicha ta'riflanadi: yopiq konturda hosil bo'lgan induksion EYuK kontur bilan chegaralangan yuza orqali o'tayotgan magnit induksiya oqimi o'zgarish tezligining teskari ishorasiga teng, yani: n- cho'lg'amlar soni, - magnit oqimining o'zgarish tezligi. Biror konturda o'tayotgan elektr toki hosil qilgan magnit induksiya oqimining o'zgarishi sababli paydo bo'ladigan induksion EYuK ga o'zinduksiya E Yu K deyiladi: 1 Gn deb, kuchi shar sekundda 1 A ga o'zgarganda 1 V o'zinduksiya EYuK hosil bo'ladigan konturning induktivligiga aytiladi. Elektr va magnit maydonlar kuchlanganliklarining davriy ravishda o'zgarish jarayoniga elektromagnit tebranishlar deyiladi. Elektromagnit tebranishlarni hosil qilish uchun elektr maydon energiyasi magnit maydon energiyasiga aylanishi va aksincha aylanishi mumkin bo'ldi. Oddiy tebranish konturi o'zaro ketma-ket ulangan S sig'imli va L induktivli g'altakdan (16-rasm) iboratdir. Tebranish konturi yasaladigan o'tkazgichlarning aktiv qarshiliklari etarlicha kichik bo'lishi shart, aks holda konturda elektromagnit tebranish vujudga kelmaydi. Tebranish konturida elektromagnit tebranishli davri : bo'ladi yoki sxususiy tebranishlar chastotasi: bo'ladi. 1 Gn deb, tok kuchi har sekundda 1 A ga o'zgarganda 1 V o'zinduksiya EYuK hosil bo'ladigan konturning induktivligiga aytiladi. Ingliz olimi Maksvell kuch chiziqlari yopiq bo'lgan, yani uyurma ko'rinishidagi elektr maydonning hosil bo'lishini o'z nazariyasida asoslab bergan. Bu maydon o'z navbatida magnit maydon hosil qilar ekan. Maksvell bunday elektr va magnit maydonlar orasidagi o'zaro bog'lanishlar quyidagi ikkita postulotga asoslangan elektromagnit maydon nazariyasi asosida tushuntirib berdi. 1- postulat: o'zgaruvchan magnit maydon atrofida fazoda uyurmali ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 85.31 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 85.31 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga