Elektromagnit induksiya hodisasi. Induksiya EYUK. Induksiyaviy elektr maydon

Elektromagnit induksiya hodisasi. Induksiya EYUK. Induksiyaviy elektr maydon

O'quvchilarga / Fizika
Elektromagnit induksiya hodisasi. Induksiya EYUK. Induksiyaviy elektr maydon - rasmi

Material tavsifi

Elektromagnit induksiya hodisasi. Induksiya EYK si. Induksiyaviy elektr maydon ELEKTROMAGNIT INDUKSIYA HODISASI. Elektromagnit induksiya hodisasining asosiy g'oyasi quyidagilardan iborat: yopiq konturni o'rab turgan magnit maydon induksiyasining oqimi o'zgarsa,konturda elektr toki vujudga keladi. Bu tokka induksion tok deyiladi. FARADEY tajribasi. Agar galvonometrga ulangan solenoidning ichiga o'zgarmas magnit kiritib chiqarilsa, u kirayotgan va chiqayotgan paytda galvonometr strelkasining og'ishi, ya'ni induksion tokning vujudga kelishi kuzatiladi. 1-rasm. Magnit qancha tez harakatlansa, galvonometr strelkasining og'ishi ham shuncha katta bo'ladi. Agar magnitning qutblari almashtirilib harakatlantirilsa, strelkaning og'ishi ham teskari tomonga o'zgaradi. Tajriba magnitni mahkamlab, g'altakni esa harakatga keltirib bajarilganda ham galvonometr induksion tok hosil bo'lishini ko'rsatadi. 2-rasm. LENS QOIDASI: Konturda vujudga keladigan induksion tok shunday yo'nalishga egaki, uning magnit maydoni, shu induksion tokni vujudga keltirgan magnit oqimining o'zgarishiga to'sqinlik qiladi. Lens qoidasidan foydalanib, Faradey qonunini quyidagicha yozish mumkin: Konturda vujudga keladigan induksion elektr yurituvchi kuch-kontur o'rab turgan sirt orqali o'tadigan magnit oqimining o'zgarish tezligiga miqdoran teng, ishorasi esa qarama-qarshidir. O'zinduksiya: Batareya reostat R, induktivlik g'altagi L, galvonometr G va kalit K dan iborat zanjirni qaraylik. 174-rasm. Agar zanjir yopiq bo'lsa, galvanometrdan va induktiv g'altakdan elektr toki oqadi. Zanjirni uzgan paytimizda galvanometr strelkasi teskari tomonga qarab keskin og'adi. Bunga sabab, zanjir uzilganda g'altakdagi magnit oqimi kamayadi va unda o'zinduksiya EYK ni vujudga keltiradi. Lens qoidasiga muvofiq o'zinduksiya EYK magnit oqimining kamayishiga xizmat qiladi, ya'ni uning yo'nalishi kamayayotgan tok I2 ning yo'nalishi bilan mos keladi. Bu tok galvanometrdan o'tadi va uning yo'nalishi I1 tokning yo'nalishiga qarama-qarshi bo'lganligi uchun, tabiiyki galvanometr strelkasi teskari tomonga og'adi. Zanjirdagi tokning o'zgarishi natijasida shu zanjirning o'zida induksiyalangan EYK ning vujudga kelishiga o'zinduksiya hodisasi deyiladi. O'zinduksiya hodisasi elektromagnit induksiya hodisasining xususiy holidir, ya'ni konturdagi xususiy magnit oqimining o'zgarishi natijasida o'zindusiya EYK vujudga keladi: (105.6) formula. O'zaro induksiya. Agar g'altak 2 o'zgaruvchi tok oqayotgan g'altak 1 yoniga keltirilsa, unda g'altak 2 da induksiyalangan EYK vujudga keladi. 175-rasm. Bunga sabab g'altak 1 dan o'zgaruvchan tok oqishi natijasida hosil bo'lgan o'zgaruvchan magnit maydonning uyurmali elektr maydon vujudga keltirishi va bu maydon o'z navbatida ikkinchi g'altakda induksiya EYK ni hosil qilishidir. Natijada ikkinchi g'altakda hosil bo'lgan induksiya EYK (105.8) formula. Magnit maydon energiyasi. Elektr toki oqayotgan o'tkazgichning atrofida doimo magnit maydon mavjud bo'ladi. Bu magnit maydoni tok bilan birga paydo bo'ladi va yo'qoladi. Magnit maydoni ham, xuddi elektr maydoni kabi energiyaga ega. Tabiiyki, bu energiya uni vujudga keltirish uchun bajarilgan ishga teng va quyidagicha aniqlanadi: (107.1) formula. O'TILGAN MAVZU BO'YICHA TEST SAVOLLARI. 1. Diamagnetiklarga misollar keltiring? A. kobalt, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 504.58 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:11 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 504.58 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga