Elektromagnit induksiya hodisasi. O'zaro induksiya Reja: 1. Magnit oqimi. 2. Elektromagnit induksiyasida Faradey tajribasi. Faradey qonuni. 3. Lens qoidasi. 4. O'zinduksiya. Induktivlik. 5. O'zaro induksiya. 6. Magnit maydon energiyasi va uning zichligi. Magnit oqimi. Magnit maydon induksiyasining shu induksiya chiziqlari o'tayotgan yuzaga ko'paytmasi magnit oqimi deyiladi. dФВ = Вn.dS =B.dS Bn=В.sos bo'lib, normal n bo'yicha yo'nalgan B vektorning proyeksiyasi. - B va n orasidagi burchak. Tokli kontur hosil qilgan magnit induksiya oqimi doimo musbat bo'ladi. Ixtiyoriy S yuza orqali o'tuvchi magnit induksiya oqimi bo'ladi. Bir jinsli magnit maydon uchun magnit oqimi ФВ = BSsos bo'yicha magnit oqimi Veberda o'lchanishi kelib chiqadi. Bir Veber magnit induksiyasi 1 Tesla (Tl) bo'lgan bir jinsli magnit maydoniga tik bo'lgan 1m2 yuzadan o'tayotgan magnit oqimni bildiradi. Magnit maydon induksiyasi B uchun Gauss teoremasi quyidagicha ta'riflanadi: Teorema: Har qanday berk yuzadan o'tuvchi magnit induksiya oqimi nolga tengdir: Gauss teoremasi tabiatda magnit zaryadlarining mavjud emasligini va induksiya chiziqlari doimo berk bo'lishini ko'rsatadi. Bundan kontur yuzasiga qancha induksiya chiziqlari kirsa, shunchasi chiqishi kelib chiqadi. 2. Elektro induksiyasida Faradey tajribasi. Elektromagnit induksiya hodisasini 1831-yili Faradey kashf qilgan. Hodisa shundan iboratki, har qanday berk o'tkazgich konturi bilan chegaralangan yuz orqali o'tayotgan magnit induksiya oqimi o'zgargan vaqtda shu konturda elektr tok paydo bo'ladi. Bu tokka induksion tok deyiladi. Ushbu induksion toklarning yo'nalishini aniqlash qoidasini 1831-yilda italiyalik fizik Nobili Leopardo taklif qildi. Nemis fizigi Neyman esa 1846-yilda induksiya qonuninig matematik tenglamasini berdi. Galvanometrga ulangan A solenoidning bir uchiga o'zgarmas magnitni yaqinlashtirsak, solenoidda elektr toki paydo bo'ladi. S - solenoidni k - kalit orqali B tok manbaga ulasak, A solenoidda qisqa muddatli tok paydo bo'ladi. Induksion tokning hosil bo'lishi Faradey qonuni. Tajribalarni tahlil qilsak, birinchi tajribada shu narsa xarakterlidirki, A solenoidda tok magnit unga yaqinlashayotgan yoki undan uzoqlashayotgan paytdagina, ya'ni solenoid yaqinida magnit maydon o'zgargan vaqtda yoki solenoidning o'zi magnit maydonida ko'chgan vaqtda paydo bo'ladi xolos. Magnitning solenoidga nisbatan harakati yoki solenoidning magnitga nisbatan xarakati to'xtashi bilan solenoid yaqinidagi magnit maydon o'zgarmas bo'lib qoladi va solenoiddan tok o'tmaydi. Ikkinchi tajribadagi hodisa ham birinchidagiga o'xshashdir - bunda o'zgaruvchan magnit maydonni S solenoidda hosil bo'lgan yoki yo'qolayotgan tok hosil qiladi. Ikkala holda ham o'tkazgich konturi yaqinidagi magnit maydonning kattaligi o'zgaradi, demak, kontur bilan chegaralangan sirt orqali o'tuvchi magnit induksiya oqimi ham o'zgaradi. Peterburg universitetining professori Lens induksion tokning yo'nalishi uchun quyidagi qoidani topdi: berk konturda hosil bo'lgan tok shunday yo'nalganki, bu tok kontur bilan chegaralangan yuz orqali o'tuvchi va uning o'zini hosil qiluvchi magnit ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
381.33 KB
Ko'rishlar soni
153 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
381.33 KB
Ko'rishlar soni
153 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:11 ]
Arxiv ichida: doc