Mavzu: Elektromagnit induksiya hodisasi Reja: 1. Induksiya elektr yurituvchi kuchi. 2. Faradey va Lens qonunlari. 3. O'zgaruvchan tok. 4. Uyurmaviy elektr maydon. 5. O'tkazgichning induktivligi. Elektromagnit induksiya hodisasi hozirgi zamon fizikasi va texnikasining eng muhim hodisalaridan biri bo'lib, u Faradey tomonidan 1831 yilda ochilgan. Faradey o'tkazgan tajribalaridan birida temir halqa olib, unga ko'p o'ramlardan iborat bo'lgan ikkita mis cho'lg'am o'radi: 1 - cho'lg'am uchlariga tok manbai bilan K kalit ulangan bo'lib, ikkinchisiga galvanometr ulangan (1 - rasm). 1-rasm. Ikki cho'lg'amli transformator Birinchi cho'lg'amda kalit ulanib, tok hosil bo'lganda, ikkinchi cho'lg'amda tok impulsi hosil bo'lgan va galvanometr mili bir tomonga og'a boshlagan va juda tez nolga qaytgan. Birinchi cho'lg'am kaliti uzilganda ham ikkinchi cho'lg'amda tok impulsi hosil bo'lib, galvanometr mili teskari tarafga og'ib, yana juda tez nolga qaytgan. Ko'p sonli tajribalardan quyidagi qonuniyatlar aniqlangan: Vaqt bo'yicha o'zgaradigan tashqi magnit maydonida joylashgan o'tkazgichda elektr yurituvchi kuch paydo bo'ladi. Agar o'tkazgich yopiq bo'lsa, unda induksion tok hosil bo'ladi. O'tkazgichda induksiya hisobiga hosil bo'lgan EYK kattaligi shu o'zkazgichni kesib o'tuvchi magnit induksiyasi oqimining o'zgarish tezligiga proporsionaldir: (1) Faradey-Maksvell qonuni. Yopiq zanjirni kesib o'tuvchi magnit induksiyasi oqimining o'zgarishini, shu zanjir atrofidagi magnit maydonini o'zgartirish yoki yopiq o'tkazgichni vaqt bo'yicha o'zgarmas magnit maydonida siljitish hisobiga hosil qilish mumkin. Birinchi holda, elektr va magnit maydonlarining, Maksvell kashf etgan o'zaro ta'sirga asosan, ya'ni, magnit maydonining istalgancha o'zgarishi, elektr maydonining hosil bo'lishiga olib keladi va aksincha. Ikkinchi holda esa, o'tkazgichdagi erkin elektronlar harakatga kelib induksiyaviy elektr tokini hosil qiladi. Elektromagnit induksiya qonunini energiyaning saqlanish qonuniga asoslanib keltirib chiqarish mumkin. uzunlikdagi o'tkazgich qisqa vaqt ichida, magnit maydon ta'sirida, db kichik masofaga siljigan bo'lsin. Bu holda tok manbai bajargan ish (2) ga teng bo'ladi. Boshqa tarafdan sarflangan energiya ikki qismdan iborat bo'ladi: а) Djoul-Lens qonuniga asosan o'zkazgichda issiqlik ajralishiga (3) b) magnit maydonida kuch ta'sirida o'tkazgichni siljitishda bajarilgan ishdan iborat bo'ladi. , (4) bu yerda R - zanjir qarshiligi. Energiyaning saqlanish qonuniga asosan (5) bu ifodaning ikki tarafini Idt ga bo'lsak, (6) ga ega bo'lamiz. Bu yerdan (7) Manbaning EYK dan tashqari induksiyaviy EYK deb ataluvchi qo'shimcha EYK ham ta'sir etadi: (8) va yana (.1) - ifodaga ega bo'ldik. Bu yerda minus ishora, yopiq zanjirni kesib o'tuvchi оқим oshishi bilan induksiyaviy EYK manba EYK ga teskari yo'nalgan bo'ladi, oqim kamayganda ikkala EYK lar yo'nalishi bir xil bo'ladi. Lens qoidasiga asoslanib induksiyaviy EYK yo'nalishini aniqlash mumkin: induksiyaviy EYK va tok doimo shunday yo'nalishga ega bo'ladiki, u hosil qilgan magnit maydoni shu tokni ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
151.09 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:11
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
151.09 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:11 ]
Arxiv ichida: ppt