Elektromagnit to'lqinlarni tarqatish va qabul qilish usullari

Elektromagnit to'lqinlarni tarqatish va qabul qilish usullari

O'quvchilarga / Fizika
Elektromagnit to'lqinlarni tarqatish va qabul qilish usullari - rasmi

Material tavsifi

Elektromagnit to'lqinlarni tarqatish va qabul qilish usullari Reja: Elektromagnit to'lqinlar Maksvell nazariyasi Elektromagnit to'lqinlarning xossalarini eksperimental o'rganish Elektromagnit to'lqinlar Elektromagnit to'lqinlar bobi materialini o'rganishga AL fizika dasturida 20 soat, KHKlar fizika dasturida 6 soat vaqt ajratilgan. Bu bobda elektromagnit to'lqinlarni hosil qilish, tarqatish hamda qabul qilish masalalari ko'rib chiqiladi. Elektromagnit to'lqin mavzusini boshlanishida avallo o'quvchilarga ma'lum bo'lgan mexanik to'lqin eslatilib, elastik (mexanik) to'lqin bilan elektromagnit to'lqinning bir-biridan asosiy farqi tushuntiriladi. - mexanik to'lqin elastik muhitda hosil bo'ladi va tarqaladi; elektromagnit to'lqin vakuumda ham hosil bo'ladi va tarqaladi. - mexanik to'lqin ko'ndalang va bo'ylana to'lqin bo'lishi mumkin, bo'ylama tashkil etuvchisi hamma vaqt mavjud bo'ladi; elektromagnit to'lqin cheksiz muhitda (vakuumda yoki dielektrikda) faqat ko'ndalang to'lqin ko'rinishida tarqaladi, bo'ylana tashkil etuvchisi mutlaqo yo'q. - elastik (mexanik) to'lqin tezligi muhitning xususiyati elastiklik moduli, zichligiga bog'liq. Muhitga nisbatan ma'lum tezlik bilan harakatlanuvchi sistemada elastik to'lqin tezligi, tezliklarni ko'shishning klassik qonuniga asosan o'zgaradi; vakuumda elektromagnit to'lqin tezligi uni uzatuvchi va qabul qiluvchi tezligiga bog'liq emas, ya'ni hisob sistemasiga nisbatan invariant elektromagnit to'lqinning mana shu tomonlari keyinchalik o'rganiladi. Masalan, elektromagnit to'lqinning ko'ndalang to'lqin ekanligi yorug'likning qutblanishi mavzusida, vakuumda yorug'lik tezligining invariantligi (bir hilligi) Maxsus nisbiylik nazariyasi elementlari bo'limida o'rganiladi. Elektromagnit to'lqinlar o'zgaruvchan elektr va o'zgaruvchan magnit maydonlarining orasidagi o'zaro bog'lanishi o'rganishidan boshlanadi. Bu yerda Maksvell tomonidan nazariy holda berilgan elektromagnit maydonining birligi, uni tajribada isbotlash, Gers tajribasi va nixoyat radioaloqaning fizik asoslari haqida to'xtalish kerak bo'ladi. Elektromagnit to'lqin - elektromagnit tebranishlarni fazada eng katta tezlik bilan tarqalishidir. 1832 yil Faradey elektromagnit to'lqinlar mavjudligini aytdi, 1865 yilda Maksvell elektromagnit to'lqinlarni vakuumda yorug'lik tarqalish tezligiga teng tezlik bilan tarqalishi nazariy isbotladi. 188 yil G.Gers elektromagnit to'lqinlarni tajribada hosil qildi. Bu esa Maksvell tenglamalaridagi shartlarga amal qilinsa to'lqin tenglamalari yechimi kelib chiqadi. Bu yerda - aylanish chastotasi k - to'lqin soni - tebranishlarning boshlang'ich fazasi x - koordinata SHuni ta'kidlab o'tish lozimki to'lqin tenglamalarini hamda bu tenglama yechimlarini murakkab bo'lgani uchun o'rta maktab fizika kursida o'quvchilarga berish tavsiya etilmaydi. O'quvchilarga elektromagnit to'lqinlarni faqat sifat tomonidangina ya'ni elektromagnit to'lqinlarni tegishli tajribalar, grafiklarni berish mumkin. Maksvell nazariy yo'l bilan isbot qilgan elektromagnit to'lqinlarni 188 yil nemis olimi Gers tajribada hosil qildi. Bu esa Faradey fikrini Maksvell nazariy isbot qilgach fikrni tajribada tasdiqlanishi edi. SHundan so'ng A.S. Popov faoliyati misolida hamda radiotexnikaning rivojlanishi (radioaloqa, kosmik aloqa, radiolokatsiya, televideniye) misolida ilmiy bilishning haqiqatligining mezoni sifatida ijtimoiy amaliyotning roli ko'rsatiladi. Elektromagnit to'lqinlar mavzusining o'rganilishi o'quvchilarni elektromagnit maydon materiyaning bir ko'rinishi ekanligi bilan tanishtirish uchun zarur. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.43 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.43 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga