Elektromagnit to'lqinlarning tarqalishi, sinishi va qaytishi Reja: Optikaning asosiy qonunlari Asosiy tushunchalar. Yorug'likning to'la ichki qaytish hodisasi Yorug'lik o'tkazgichlari Ko'zgu Yupqa linzalar Fotoapparat Proyeksiyalovchi qurilma Ko'z optik qurilma Ko'zni qurollantiruvchi optik asboblar Xulosа 1. Asosiy tushunchalar. Geometrik optikaning hodisalarning asosiy qonunlariga quyidagilar kiradi: Yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonuni; Yorug'lik dastasining mustaqillik qonuni; Yorug'likning qaytish qonuni; Yorug'likning sinish qonuni; Quyida shu qonunlar bilan batafsil tanishamiz. Yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonuni. Ma'lumki, yorug'likning biror kichikroq manbai bilan ko'z orasiga tiniqmas buyum joylashtirilsa, yorug'lik manbai ko'rinmay qoladi. Buning sababi shuki, bir jinsli muhitda (masalan, havoda) yorug'lik to'g'ri chiziq bo'ylab tarqaladi. Yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishi juda qadim zamonlarda tajriba yo'li bilan aniqlangan faktdir. Masalan, yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonuni yangi eradan 300 yil ilgari yashagan Yevklid asarida bayon etilgan, ammo bu qonun, ehtimol undan ham oldin ma'lum bo'lgandir. Hamma yaxshi biladigan soyaning hosil bo'lish hodisasi yorug'likning bir jinsli muhitda to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishidandir. Soya, yarim soya hosil bo'lishi ushbu qonunning isbotidir. Agar tiniqmas ВS jismni A nuqtaviy yorug'lik manbai yordamida yoritsak u vaqtda tiniqmas jismning soyasi aniq bo'lib ekranga tushadi (4.1-rasm). Agar yorug'lik manbai А1 ma'lum o'lchamga ega bo'lsa soyadan tashqari yarim soya ham hosil bo'ladi (4.2-rasm). rasm. rasm. Tiniqmas narsaga yorug'lik manbaidan nurlar tushganda soyaning hosil bo'lishi Quyosh va Oy tutilish hodisalarini izohlab beradi. Yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishidan yer o'lchash ishlarida, Yer yuzida to'g'ri chiziqlar o'tkazishda, Erda, dengizda va havoda masofalarni aniqlashda foydalaniladi. Yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishidan ishlab chiqarishda ko'rish nurlari yordami bilan buyum va asboblarning to'g'ri chiziqli qilib ishlanganligini tekshirishda keng foydalaniladi. To'g'ri chiziq tushunchasi yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish faktidan kelib chiqqan bo'lishi ehtimoldan holi emas. Kichik teshik yordami bilan tasvirlar hosil qilib bo'lishning sababi ham yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishidir. Lekin yorug'lik juda kichik teshikdan o'tayotganda, uning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonuni o'z kuchini yo'qotadi, yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonuni taxminiy qonundir, chunki yorug'lik juda kichik teshiklar orqali o'tganda bu qonundan chetlanish kuzatiladi (difraksiya yuz beradi). Yorug'lik dastasining mustaqillik qonuni shundan iboratki, uncha kuchli bo'lmagan yorug'lik nurlari bir-biri bilan uchrashganda ular bir-biriga halaqit bermaydi. Lekin nurlar uchrashgan nuqtaning yoritilganligi ortadi. Bu qonunning bajarilishini isboti bir vaqtning o'zida inson tomonidan bir necha jismlarning kuzatilishini ko'rsatish mumkin. Chunki bu jismlardan qaytib inson ko'ziga tushuvchi yorug'lik nurlari bir-birlariga halaqit bermaydi, aks holda biz ularni bir paytning o'zida ko'rmagan bo'lar edik. Yorug'lik nuri va yorug'lik dastasi degan tushunchalarga to'xtalsak. Yorug'lik tarqaladigan yo'nalish yorug'lik nuri deb ataladi. Shu'lalanayotgan ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.14 MB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.14 MB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:12 ]
Arxiv ichida: doc