Elektromexanik va raqamli elektr o'lchash asboblari Reja: Asosiy tushunchalar. 2. Umumiy texnik talablar. 3. Bevosita baholaydigan elektr o'lchash asboblarning tasnifi. 4. Elektr o'lchash asboblarining mexanizmlari. Asosiy tushunchalar. Barcha elektr o'lchov asboblari ikki turga bo'linadi: 1. Analogli yoki elektromexanik elektr o'lchov asboblari 2. Raqamli elektr o'lchov asboblari Ko'rsatishi o'lchanayotgan miqdorning o'zgarishiga uzluksiz bog'liq bo'lgan o'lchash asbobi analogli yoki elektromexanik elektr o'lchash asbobi deb ataladi. O'lchash ma'lumotlari avtomatik holda diskret signallarni hosil qiladigan va ko'rsatishi raqam shaklida ifodalanadigan asboblar raqamli elektr o'lchash asboblari deyiladi. O'lchash ma'lumotlarining olinish usuliga qarab o'lchash asboblari quyidagilarga bo'linadi: -O'lchash natijalarini shkala bo'yicha aks ettiruvchi ko'rsatuvchi qurilmalar. - O'lchash natijasini tasma, qog'oz va hoka'zolarda aks ettiruvchi-qayd qiluvchi qurilmalar. Umumiy texnik talablar Elektr o'lchash asboblariga quyidagi texnik talablar qo'yiladi: O'lchash asbobining aniqligi. Ishlash sharoitga qarab elektr o'lchov qurilmasini turkumlanishi. Asbobning o'zi istemol qiladigan quvvat. Asbobning tez ishlay olishi. Izolyatsiya mustahkamligi. O'lchash asbobining aniqligi - uning xatoligi nolga qanchalik yaqinligini bidiruvchi ko'rsatkichdir. Strelkali o'lchash asboblarining aniqligi keltirilgan xatolik bilan baholanadi. Normal sharoitlarda aniqlanadigan keltirilgan xatolik qurilmaning keltirilgan xatoligi deb ataladi. Elektr o'lchov qurilmalari Davlat standarti bo'yicha 8 ta aniqlik sinifiga ajratiladi: 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1,0; 1,5; 2,5 va 4. Bu aniqlik sinflari qurilmaning shkalasida keltirilgan bo'ladi. Ishlash sharoitga qarab elektr o'lchov qurilmasini quyidagi turkumlarga bo'lsa bo'ladi: A turkum (harorat oralig'i +10 ÷ +35 gacha, muhitning nisbiy namligi 80% gacha); B turkum (harorat oralig'i -30 ÷ +40 gacha, muhitning nisbiy namligi 90% gacha); B1 turkum (harorat oralig'i -40 ÷ +50 gacha, muhitning nisbiy namligi 95% gacha); B2 turkum (harorat oralig'i -50 ÷ +60 gacha, muhitning nisbiy namligi 95% gacha); B3 turkum (harorat oralig'i -50 ÷ +80 gacha, muhitning nisbiy namligi 98% gacha); Asbobning o'zi istemol qiladigan quvvat - elektr energiyaning sarflanishi bilan bog'liqdir. Bu jarayonda asbobning elektr zanjiri qiziydi. Asbobning quvvat isrofi va uning parametrlari shunday bo'lishi kerakki, asbob ulanganda o'lchash bajarilayotgan zanjirning ish rejimi o'zgarmasligi kerak. Asbobning tez ishlay olishi - o'lchanayotgan miqdorlar o'zgarganda qurilmaning qo'zg'aluvchan qismi bir muvozanat holatidan ikkinchi muvozanat holatiga o'tadi. Strelkaning shkala uzunligi bo'yicha 1% dan oshmagandagi tebranish amplitudasi uchun ketgan vaqt oralig'i tinchlanish vaqti deb ataladi. Barcha o'lchash qurilmalari dempferlar yani tinchlantirgichlar bilan ta'minlanadi. Tinchlantirish vaqti 4-6 sekunddan oshmasligi kerak. Izolyatsiya mustahkamligi - o'lchash qurilmalari va yordamchi qismlarning izolyatsiyasi etarlicha mustahkamlikka ega bo'lishi kerak. Izolyatsiya Davlat standartiga muvofiq, agar mos ravishda tarmoq kuchlanishi 40 V dan 2 kV gacha bo'lganda bir minut davomida 2 dan 5 kV gacha kuchlanishga bardosh berishi kerak. Bevosita baholaydigan ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.47 MB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.47 MB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:12 ]
Arxiv ichida: pptx