Elektrostatik maydon va uning xarakteristikalari

Elektrostatik maydon va uning xarakteristikalari

O'quvchilarga / Fizika
Elektrostatik maydon va uning xarakteristikalari - rasmi

Material tavsifi

Elektrostatik maydon va uning xarakteristikalari Reja: Elektr zaryadning saqlanish qonuni Kulon qonuni Elektr maydon kuchlanganligi Elektrostatik maydon potentsiali Elektrostatik maydon va uning xarakteristikalari Inertsial sanoq sistemalariga nisbatan ixtiyoriy tarzda harakatlanayotgan elektr zaryadlangan zarrachalar yoki jismlar orasidagi o'zaro ta'sir, ikkita o'zaro bog'langan elektr va magnit maydonlar majmuasidan iborat bo'lgan elektromagnit maydon orqali sodir bo'ladi. Elektr maydonini, boshqa fizik maydonlardan farqlovchi o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u, zaryadlarning harakat tezliklarga bog'liq bo'lmagan kuch bilan zaryadlarga (zaryadlangan zarracha yoki jism) ta'sir etadi. Magnit maydonning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u harakatlanayotgan zaryadlarga, ularning harakat tezliklariga proportsional va tezliklarning yo'nalishiga perpendikulyar yo'nalgan, kuch bilan ta'sir etadi. Shuning uchun elektr maydonni, unga(maydonga) joylashtirilgan qo'zg'almas zaryadga kuch ta'siri orqali qayd etish qulay. Ko'zg'almas elektr zaryadlarning, ular orasidagi o'zaro ta'sirni sodir etuvchi, elektr maydonini elektrostatik maydon deyiladi. Elektrostatik maydon tomonidan zaryadlarga (zaryadlangan zarrachalarga) ta'sir etuvchi kuchlarni elektrostatik kuchlar deyladi. Klassik fizikaning elektromagnit maydon qonunlari o'rganiladigan bo'limiga elektrodinamika deyiladi. Mos holda, qo'zg'almas zaryadlarning elektrostatik maydon nazariyasi, elektrodinamikaning elektrostatika deb atalgan bo'limida qurib chiqiladi. Tabiatda ikki turdagi (musbat va manfiy) elektr zaryadlar mavjud. Masalan, ko'nga ishqalangan shishada musbat zaryad paydo bo'ladi, manfiy zaryad esa, yungli matoga ishqalangan ebonit yoki qahraboda paydo bo'ladi. Turli ismli zaryadlangan jismlar bir-biriga tortishadi, bir xil ismlilari esa - itarishadi. Berilgan masalada shakli va o'lchamlari ahamiyatsiz bo'lgan zaryadlangan jismlarni nuqtaviy elektr zaryadlari deyiladi. Masalan ikkita jismning o'zaro elektrostatik ta'siri qaralayotganda agar ularning o'lchamlari ular orasidagi masofaga nisbatan kichik bo'lsa, ularni nuqtaviy deb qarash mumkin. Xar qanday jismlar sistemasining elektr zaryadi, taxminan 1,6.10-19 Kl ga teng elementar zaryadlarning butun sondagi yig'indisidan iborat bo'ladi. Manfiy elementar zaryadga ega bo'lgan tinch holatdagi massasi bo'yicha eng kichik zarracha elektrondir. Elektronning tinch holatdagi massasi taxminan 9,1.10-31 kg ga teng. Musbat elementar zaryadli tinch holatdagi massasi bo'yicha eng kichik barqaror zarracha proton bo'lib, u tabiatda eng ko'p tarqalgan vodorod atomining yadrosidan iborat. Protonning tinch holatdagi massasi taxminan 1,67.10-27 kg ga teng. Musbat elementar zaryadga ega bo'lgan tinch holatdagi massasi eng kichik antizarracha pozitron bo'lib, elektronning antizarrachasidir. Uning tinch holatidagi massasi elektronning tinch holatidagi massasiga teng. Agar ular elektr jihatdan himoyalangan sistema deyiladi, jismlar yoki zarrachalar sistemasi u bilan tashqi jismlar orasida elektr zaryadlari (elektr zaryadlangan zarrachalar) almashinishi sodir bo'lmasa. Tajribalar ko'rsatishicha elektr jihatdan neytral ikkita jismning ishqalanishida, bir-biriga tegib turganliklari tufayli, biridan ikkinchisiga zaryadlar o'tadi. Ularning har birida musbat va manfiy zaryadlar yig'indisining tengligi buziladi - jismlar turli ishorali zaryadlanadi. Tahcir orqali jism zaryadlanganda undagi musbat va manfiy zaryadlarning bir tekis ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 323.82 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 323.82 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga