Elektrostatika

Elektrostatika

O'quvchilarga / Fizika
Elektrostatika - rasmi

Material tavsifi

ELYeKTROSTATIKA FIZIKA kafedraSI Reja: Elektrik o'zaro ta'sirlar. Elektr zaryadi, uning diskretliligi. Elektr zaryadining saqlanish qonuni. Kulon qonuni. Elektr maydon. Elektr maydonining kuchlanganligi. Superpozitsiya prinsipi. Kuchlanganlik vektorining oqimi. Gauss teoremasi. Gauss teoremasini elektr maydonlarni hisoblashda qo'llash (shar, tekislik, ip, dipol). Elektr zaryadi Musbat va manfiy deb shartli atalgan ikki turdagi elektr zaryadlari mavjuddir. Zaryadlar bir jismdan ikkinchisiga uzatilishi mumkin. Elektr zaryadi berilgan jismning daxlsiz xususiyati emas, chunki shu jism turli holatlarda har xil zaryadlarga ega bo'lishi mumkin. Bir ishorali zaryadlar itarishadi, turli ishorali zaryadlar tortishadi. Zaryad maydon hosil qilishi va u orqali ta'sirlashishi bilan o'zini namoyon qiladi. - elementar zaryad - zaryadning diskretligi elektr zaryadining saqlanish qonuni Elektrdan ajratilgan tizimlarda zaryadlar yig'indisi o'zgarmas bo'ladi va bu zaryadlarning saqlanish qonuni deb ataladi. Elektr zaryadi sanoq tizimiga nisbatan invariantdir, yani tinch holatda yoki harakatda bo'lishiga bog'liq emas. Nuqtaviy zaryad deb, shunday zaryadlangan jismga aytiladiki, uning o'lchamlari boshqa zaryadlangan jismlargacha bo'lgan masofaga nisbatan sezilarli darajada kichikdir. Kulon qonuni Ikkita qo'zg'almas nuqtaviy zaryadlar orasidagi o'zaro ta'sir kuchi zaryadlarning har birining miqdorlari ko'paytmasiga to'g'ri proportsional, ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proportsionaldir va uning yo'nalishi zaryadlarni tutashtiruvchi to'g'ri chiziq bo'ylab yo'nalgandir + + ELYeKTR DOIMIYSI Izotrop muhitda Kulon qonuni Nuqtaviy bo'lmagan, dq1 va dq2 zaryadlangan jismlar elementar zaryadlarga ajratiladi va ular uchun Kulon qonuni quyidagi differensial ko'rinishda yoziladi: Ikkita zaryadlangan makroskopik jismning to'la o'zaro ta'sir kuchi VYeKTOR ko'rinishda Zaryadlangan jism bir vaqtda bir necha zaryadlangan jismlar bilan o'zaro ta'sirlashgan holda shu jismga ta'sir qiluvchi natijaviy kuch barcha zaryadlangan jismlarning shu jismga ta'sir kuchlarining vektor yig'indisiga tengdir Kuchlanganlik - maydonning kuch ko'rsatkichi bo'lib, q nuqtaviy zaryadning r masofada hosil qilgan elektr maydonining, ixtiyoriy nuqtaviy zaryadga, ta'sir etuvchi kuchi bilan aniqlanadi. Elektr maydonining kuchlanganligi Elektr maydonining qandaydir nuqtasidagi Ye kuchlanganlik - shu nuqtaga joylashtirilgan sinovchi birlik musbat zaryadga ta'sir etuvchi kuchga miqdor jihatdan teng bo'lgan fizik kattalikdir va u ta'sir etuvchi kuch tomon yo'nalgandir. Kuchlanganlik chiziqlari Elektr maydon kuch chiziqlari egri chiziqdan iborat bo'lsa, kuchlanganlik chiziqlari har bir nuqtaga o'tkazilgan urinmadan iborat bo'ladi. Nuqtaviy zaryadning maydon kuchlanganligi chiziqlari radial chiziqlardan iboratdir. Musbat zaryad uchun kuch chiziqlari yo'nalishi zaryaddan chiqqan bo'ladi . Manfiy zaryad uchun esa, kuch chiziqlari yo'nalishi zaryadga yo'nalgan bo'ladi . Maydonning barcha nuqtalarida kuchlanganlik bir xil bo'lsa elektr maydon birjinsli deb ataladi. Elektr maydonlarining superpozitsiya prinsipi Maydonning berilgan nuqtasidagi zaryadlar tizimining kuchlanganligi har bir zaryadning alohida kuchlanganliklarining vektor yig'indisiga tengdir. +q +q  -q Elektr maydonining kuchlanganlik vektori oqimi dS yuzani tik yo'nalishda kesib o'tuvchi dFYe kuch ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.4 MB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:14 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.4 MB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga