Elektrotexnika faniga kirish Reja: Hozirgi zamon texnika va texnologiyalarnini elektr energiyasiz tasavvur qilish mumkin emas. Belgilar. Hozirgi zamon texnika va texnologiyalarnini elektr energiyasiz tasavvur qilish mumkin emas. Elektr energiya sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, aloqa, radio, televideniye, koinot, uy-ro'zg'or va hokazo sohalarga chambarchas obi hayot kabi kirib borgan. Uning bu darajada kirib borishining asosiy sabablari quyidagilar: - tabiiy energiya manbalari (suv, torf, toshko'mir, neft mahsulotlari, gaz, shamol, quyosh nuri va hoka'zolar) qaerda bo'lsa, o'sha yerda elektr stantsiya qurish mumkinligi; boshqa yonilg'i mahsulotlarini aholi turar joylarga va sanoat markazlariga yetkazilishiga nisbatan kam transport xarajati va isrofgarchilik bilan yetkazish mumkinligi; iste'molchilar orasida taqsimlash osonligi va turli turdagi boshqa energiyalarga (yorug'lik, issiqlik, mexanik, ximik va hokazo) aylantirish osonligi. Bu kabi afzalliklar ro'yxatini yana davom ettirish mumkin. SHuning uchun hozirgi zamon texnika va texnologiya, xalq xo'jaligi talabini qondirish va uni yanada rivojlantirish uchun butun dunyo qatori O'zbekiston Respublikasida ham ko'proq miqdorda elektr energiya hosil qilish, energetika sohasini yanada rivojlantirish, energiya tejovchi texnikani ishlab chiqarishni keng joriy etish masalalariga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida hozirdanoq elektr energiya tanqisligi sezila boshlaganligi va yaqin kelajakda xalq xo'jaligi, fan va texnikaning rivojlanishi bilan birga bu tanqislikning keskin ravishda kuchaya borishi, birinchi navbatda, energiya tejamkorligini ta'min etishni talab qilsa, ikkinchi tomondan, kam energiya hajmli hamda samaradorligi yuqori bo'lgan yangi texnika va texnologiyalarni joriy etishni talab qiladi. Bu masalalarni effektiv ravishda xal etish nafaqat energetika sohasida ishlaydigan mutaxassislar, balki elektr energiyaning iste'moli bilan shug'ullanadigan elektrik bo'lmagan mutaxassislarning ham vazifasidir. Buning uchun mutaxassisligi elektrik bo'lmagan ishchilarning elektrotexnika sohasidagi bilimdonligi juda katta ahamiyatni kasb etadi. Xalq xo'jaligining boshqa sohalari qatori hozirgi zamon qurilish sohasida ham elektrotexnika juda keng ko'lamda ishlatiladi: sanoat elektrotexnikasining qurilish texnologiyasida ishlatilishi; qurilishdagi texnologik jarayonlarni boshqarishda anologik qurilmalar va avtomatlashtirilgan sistemalarning qo'llanilishi; qurilish mashina va mexanizmlarida elektroyuritmalarning keng ko'lamda ishlatilishi; qurilish ishlab chiqarish texnologiyasida svarka, vibratsiya tebranish texnikasi, daydi toklardan metall konstruktsiyalarning saqlanishi, elektroisitgich asboblar, betonni elektrik qorishtirilishi va elektrik isitilishida ishlatiladigan elektroqurilmalar va hoka'zolar. Yuqorida sanab o'tilgan juda muhim va dolzarb masalalarni yechish uchun xalq xo'jaligining hamma sohalarida, shular bilan bir qatorda, qurilish sohasida ham mukammal elektrotexnik bilimga ega bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash lozim bo'ladi. Qurilish obyektlarining elektr ta'minoti o'ziga xos xususiyatlarga ega. SHulardan biri qurilgan elektr ta'minot tarmog'i ko'pincha faqat qurilish muddati davomida vaqtinchalik xizmat qiladi va shuning uchun ular mukammal loyihalashtirilmasdan quriladi. SHuning uchun qurilish maydonidagi elektr energiya sifati talabga javob bermaydi, iste'molchilarda va simlarda energiya isrofi juda ko'p bo'lib, elektromexanizmlarning ish sifati va samaradorligi, ishlash muddati ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
57.79 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:14
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
57.79 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:14 ]
Arxiv ichida: docx