Elementar zarralar fizikasi rivojlanish tarixi

Elementar zarralar fizikasi rivojlanish tarixi

O'quvchilarga / Fizika
Elementar zarralar fizikasi rivojlanish tarixi - rasmi

Material tavsifi

Elementar zarralar fizikasi rivojlanish tarixi Reja Elementar zarra tushunchasi Zarralar klassifikatsiyasi O'zaro ta'sir turlari Zarralar xarakteristkalari Simmetriya va saqlanish qonunlari Elementar zarra tushunchasi Olamning asosi nimadan iborat, ya'ni atrofimizni o'rab turgan barcha mavjudotlar qanday tuzilgan degan savol qadim zamonlardan odamlar ongini band qilib kelgan. Bu savolga birinchi bo'lib, grek faylasuflari javob berishga harakat qilishgan. Ulardan birlari olam 4ta unsur -havo, suv, tuproq, va olovdan tashkil topgan (Anaksimen) deyishsa, boshqalari esa olam strukturaga ega bo'lmagan va eng kichik bo'linmas atomlardan (Demokrit) tuzilgan degan g'oyalarni ilgari surishgan. Zarralar klassifikatsiyasi 19 - asrda Mendeleyev tomonidan elementlar davriy jadvalining tuzilishi, ma'lum ma'noda faylasuflar g'oyalarni tasdiqladi. Lekin olamni Mendeleyev jadvali elementlari orqali tushuntiradigan bo'lsak, uning juda murakkabligini sezamiz. Bu ximiyaviy elementlar xossalarining takrorlanishi ham ularning asosida yanada fundamental tuzilmalar borligini bildiradi. 19 - asr oxirida, aniqrog'i 1896 yili A.Bekkerel tomonidan radioaktivlik hodisasining ochilishi va bu hodisaning keyinchalik keng ko'lamda o'rganilishi elementar zarralar fizikasida katta yutuq bo'ldi. 1. Barcha moddalar 10-10 m o'lchamli neytral zarralar - atomlardan tuzilgan. Bu fakt 19 - asrdayoq to'la tasdiqlangan edi. 2. Lekin, atom qadimgi faylasuflar faraz qilgandek bo'linmas, strukturasiz tuzilma bo'lmay, balki murakkab kvant- mexanik obyektdir. 3. Atomning tarkibiy qismi uning elektron qobig'i bo'lib, uning umumiy zaryadi Ze ga teng (1913 y. N.Bor, 1915-1916Y. Zommerfeld) va shu bilan birga u atomning barcha kimyoviy va fizikaviy xususiyatlarni belgilaydi. 4. Atom markazida o'lchami 10-15m ga teng yadro mavjud bo'lib, uning zaryadi +Ze ga teng (1911 - 1914 y. Rezerford). 5. Atom yadrosi Z protonlar A - Z - neytronlardan iborat, ya'ni Zp + (A - Z)n=A ta zarralardan iborat. Bu tasdiq yadroning proton - neytron modelining mazmunini tashkil qiladi (1932 yili D.Ivanenko va Ye.Gapon tomonidan taklif qilingan). Bungacha esa yadroning proton - elektron modeli mavjud bo'lib, unga ko'ra yadro AP+(A - Z)e-=(2A - Z) zarradan iborat deb qaralgan. Elektronlarning qobiqlardagi bog'lanish energiyasi eV larda, proton va neytronlarning bog'lanish energiyasi MeV larda o'lchanadi. Shu sababli atom yadrolari turg'un tuzilmadir. Atom tuzilishi va uning xususiyatlarini o'rganish natijasida atomni tashkil qilgan tarkibiy qismlar ham o'rganila borildi. Elektronning ochilishi 1897 yil bilan belgilanib, uni J. Tomsonning katod nurlarining qm solishtirma zaryadini o'lchash tajribasi bilan bog'lashadi. Lekin elektronning mavjudligi 1911 yili R.Millikenning uning zaryadini o'lchashi bilan to'la tasdiqlandi. Foton atom tarkibiga kirmaydi va atomdagi elektron o'tishlarda hosil bo'ladi yoki yutiladi. Foton M. Plank tomonidan fanga kiritilgan va A.Kompton tajribalaridan keyingina elementar zarracha sifatida qabul qilindi. M. Plank jismlarning issiqlik nurlatish xususiyatini o'rganish natijasida ularning yorug'likni uzluksiz emas, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 531.53 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:15 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 531.53 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga