Elementar zarralar Fazoviy juftlikning saqlanmaslik xususiyati Reja: 1. Elementar zarralar fizikasi rivojlanish tarixi 2. Elementar zarra tushunchasi 3. Zarralar klassifikatsiyasi 4. O'zaro ta'sir turlari 5. Zarralar xarakteristkalari 6. Simmetriya va saqlanish qonunlari Olamning asosi nimadan iborat, ya'ni atrofimizni o'rab turgan barcha mavjudotlar qanday tuzilgan degan savol qadim zamonlardan odamlar ongini band qilib kelgan. Bu savolga birinchi bo'lib, grek faylasuflari javob berishga harakat qilishgan. Ulardan birlari olam 4ta unsur -havo, suv, tuproq, va olovdan tashkil topgan (Anaksimen) deyishsa, boshqalari esa olam strukturaga ega bo'lmagan va eng kichik bo'linmas atomlardan (Demokrit) tuzilgan degan g'oyalarni ilgari surishgan. 19 - asrda Mendeleyev tomonidan elementlar davriy jadvalining tuzilishi, ma'lum ma'noda faylasuflar g'oyalarni tasdiqladi. Lekin olamni Mendeleyev jadvali elementlari orqali tushuntiradigan bo'lsak, uning juda murakkabligini sezamiz. Bu ximiyaviy elementlar xossalarining takrorlanishi ham ularning asosida yanada fundamental tuzilmalar borligini bildiradi. 19 - asr oxirida, aniqrog'i 1896 yili A.Bekkerel tomonidan radioaktivlik hodisasining ochilishi va bu hodisaning keyinchalik keng ko'lamda o'rganilishi elementar zarralar fizikasida katta yutuq bo'ldi. Shu yildan boshlab, to 1932 yilgacha atom tuzilishi to'laligicha o'rganib bo'lindi va 1932 yildan keyingi davr yadro fizikasi erasi deb ataladigan bo'ldi. Endi to 1932 yilgacha bo'lgan muhim yutuqlarni sanab o'tamiz. 1. Barcha moddalar 10-10 m o'lchamli neytral zarralar - atomlardan tuzilgan. Bu fakt 19 - asrdayoq to'la tasdiqlangan edi. 2. Lekin, atom qadimgi faylasuflar faraz qilgandek bo'linmas, strukturasiz tuzilma bo'lmay, balki murakkab kvant- mexanik obyektdir. 3. Atomning tarkibiy qismi uning elektron qobig'i bo'lib, uning umumiy zaryadi Ze ga teng (1913 y. N.Bor, 1915-1916Y. Zommerfeld) va shu bilan birga u atomning barcha kimyoviy va fizikaviy xususiyatlarni belgilaydi. 4. Atom markazida o'lchami 10-15m ga teng yadro mavjud bo'lib, uning zaryadi +Ze ga teng (1911 - 1914 y. Rezerford). 5. Atom yadrosi Z protonlar A - Z - neytronlardan iborat, ya'ni Zp + (A - Z)n=A ta zarralardan iborat. Bu tasdiq yadroning proton - neytron modelining mazmunini tashkil qiladi (1932 yili D.Ivanenko va Ye.Gapon tomonidan taklif qilingan). Bungacha esa yadroning proton - elektron modeli mavjud bo'lib, unga ko'ra yadro AP+(A - Z)e-=(2A - Z) zarradan iborat deb qaralgan. Elektronlarning qobiqlardagi bog'lanish energiyasi eV larda, proton va neytronlarning bog'lanish energiyasi MeV larda o'lchanadi. Shu sababli atom yadrolari turg'un tuzilmadir. Atom tuzilishi va uning xususiyatlarini o'rganish natijasida atomni tashkil qilgan tarkibiy qismlar ham o'rganila borildi. Elektronning ochilishi 1897 yil bilan belgilanib, uni J. Tomsonning katod nurlarining qm solishtirma zaryadini o'lchash tajribasi bilan bog'lashadi. Lekin elektronning mavjudligi 1911 yili R.Millikenning uning zaryadini o'lchashi bilan to'la tasdiqlandi. 1919 ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.49 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.49 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:15 ]
Arxiv ichida: doc