Elementar zarralarni qayd qiluvchi asboblar. Elementar zarralar,ularning sistematikasi Reja: 1. Elementar zarralarni qayd qiluvchi asboblar. 2. Elementar zarralar. 3. Elementar zarralar sistematikasi. Atom yadrosining ichki xossalarini o'rganishning yagona yo'li yadroning elementar zarralar va elementar bo'lmagan zarralar bilan to'qnashishini kuzatishdan iborat. Bunda zarralar katta kinetik energiyalarga ega bo'lishlari zarur. Bunday energiyali zarralar radioaktiv yemirilish vaqtida hosil bo'lmaydi. Shuning uchun bunday energiyali zarralar oqimini hosil qilish uchun maxsus qurilmalardan foydalaniladi. Juda ham katta kinetik energiyali zarralarni yuzaga keltiruvchi qurilmalarga - tezlatkichlar deyiladi. Har qanday tezlatkich - tezlatilayotgan Tezlatkichlar turli belgilariga qarab har xil turlarga bo'linadi. To'g'ri ta'sir etuvchi tezlatkichlarda zarralar bir bosqichda tezlatilsa, ko'p karrali ta'sir etuvchi tezlatkichlarda esa ular bir necha bosqichda tezlatiladi. Yuqori kuchlanishli tezlatkichlarda zarralar doimiy potensiallar farqida tezlatilsa, induksion tezlatkichlarda esa o'zgaruvchan magnit maydon hosil qiluvchi uyurmaviy elektr maydonda tezlatiladi. Rezonans tezlatkichlarda zarra yuqori chastotali o'zgaruvchan elektr maydonda tezlatiladi. Chiziqli tezlatkichlarda zarra to'g'ri chiziq bo'ylab harakat qilsa, siklik tezlatkichlarda esa aylana yoki spiral bo'ylab harakatlanadi. Uzluksiz ravishda ishlovchi tezlatkichlarda statsionar oqim yuzaga kelsa, impulsli tezlatkichlarda bir -biridan ma'lum vaqt intervali bilan ajratilgan zarralar to'plami yuzaga keladi. Oddiy tezlatkichlarda zarralar oqimi qo'zg'almas nishonga kelib tushsa, oqimlar uchrashadigan tezlatkichlarda esa massalari va impuls modullari bir xil bo'lgan zarralar bir -birlari bilan to'qnashadilar. Zarralar manbaidan, tezlatuvchi kamera va tezlatilgan zarralar yo'naltiriladigan nishondan iborat bo'ladi. Har qanday tezlatkichlarda tezlatilayotgan zarra oqim yo'nalishidan chiqib ketishga harakat qiladi. Shu tufayli, tezlatkichlarda perpendikulyar fokuslash amalga oshiriladi. Bunday fokuslash zarraning harakat trayektoriyasiga perpendukulyar yo'nalishda, uning harakati turg'unligini ta'minlaydi. Fokuslash maxsus shakldagi magnit maydonlarini tanlash yo'li bilan amalga oshiriladi. O'tgan asrning 50 -yillarga qadar tezlatkichlarda kichik gradiyentli magnit maydonlarning ishlatilishiga asoslangan kuchsiz fokuslashdan foydalanilgan. Hozirgi zamon tezlatkichlarida esa katta gradiyentli magnit maydonlarning qo'llanilishiga asoslanagan qattiq yoki ishorasi o'zgaruvchi fokuslash ishlatiladi. Tezlatilayotgan zarralarning energiyasi va oqimi intensivligi har qanday tezlatkichlarning asosiy xarakteristikalari qatoriga kiradi. Ko'pchilik hollarda intensivlik o'rniga zarralar oqimidagi tok kuchi ishlatiladi. Impulsli tezlatkichlarda esa o'rtacha intensivlik va o'rtacha tok kuchi kabi kattaliklardan foydalaniladi. Zaryadlangan zarralarni elektrostatik maydonda tezlatish uchun elektrostatik tezlatkichlardan, o'zgaruvchan elektr maydonda zaryadlangan zarralarni tezlatish uchun chiziqli tezlatkichlardan, zaryadlangan zarralarni juda katta energiyagacha tezlatish uchun siklik tezlatkich -siklotronlardan foydalaniladi. Undan tashqari tezlatkichlarning o'zgaruvchan magnit maydonli va tezlatuvchi elektr maydoni o'zgaruvchan chastotali halqali tezlatkichlar -fazotron, sinxrotron, sinxrofazotron, induksion tezlatkich -betatron kabi turlari mavjud. Tezlatkichlarning bir turi chiziqli tezlatkichning ishlash prinsipi bilan tanishib chiqaylik. O'zgaruvchan tokchiziqli tezlatkichini birinchi bo'lib 1929 yili Videroe taklif qildi. Uni keyin Sloan (1931 yil), Al'varets (1946 yil) va boshqalar mukammallashtirgan. Bunday ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
95.26 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
95.26 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:15 ]
Arxiv ichida: pptx