Energiya turlari. Quvvat

Energiya turlari. Quvvat

O'quvchilarga / Fizika
Energiya turlari. Quvvat - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 29-mavzu: G'isht bilan mix qoqish misolida Siz, g'ishtni qancha yuqoriga ko'tarib mixga tashlab yuborsangiz, taxtaga shuncha chuqurroq kirishini bilib oldingiz. Demak, g'ishtning ish bajara olish qobiliyati, ya'ni energiyasi uning vaziyatiga bog'liq bo'lar ekan. O'zaro ta'sirlashuvchi jismlarning bir-biriga nisbatan joylashuvi tufayli ega bo'lgan energiyasi potensial energiya deb ataladi. Berilgan misolda g'ishtning bajargan ishi A = Fog'ir. kuch · h ga teng. Bunda, Fog'ir. kuch - g'ishtning og'irlik kuchi; h - g'ishtning mix qalpog'iga nisbatan balandligi. Bu ish g'ishtning energiyasi hisobiga bajarilganligi uchun uning potensial energiyasi Ep = Fog'ir. kuch·h yoki Buraladigan soatlarda prujinasini siqib, unda potensial energiya hosil qilinadi. So'ngra prujina asta-sekin yoyilib soat mexanizmini, ya'ni strelkalarni harakatga keltirib, mexanik ish bajaradi. Daryolarni to'sib, to'g'onlar quriladi. Bunda suvning balandligi ko'tariladi. So'ngra bu suv maxsus quvurlar orqali tushirilib, suv yo'liga o'rnatilgan parraklarni aylantiradi. Jismlar potensial energiyadan tashqari kinetik energiyaga ham ega bo'lishi mumkin. Kinetik energiya jismlarning tezligi tufayli mavjud bo'ladi. Masalan, tekis ariqda oqayotgan suv unga o'rna tilgan charxpalakni aylan tiradi. Shamol ham parraklarni aylantiradi. Jism bir vaqtning o'zida ham potensial, ham kinetik energiyaga ega bo'lishi mumkin. Masalan, Yerdan ma'lum balandlikka ko'tarib qo'yilgan jism (I holat) faqat potensial energiyaga ega bo'ladi (47- rasm). Jism erkin qo'yib yuborilsa, tushayotganda balandligi kamayadi, lekin tezligi ortadi. Jism II holatda yerdan h1 balandlikda bo'lganligi uchun potensial energiyaga ega bo'lsa, tezlikka ega bo'lganligi tufayli kinetik energiyaga ham ega bo'ladi. Tabiatda energiyaning ko'pgina turlari mav jud. Issiqlik energiyasi, elektr energiyasi, yadro energiyasi, quyosh energiyasi va h.k. Avtomobil, samolyot, katta kemalarni yurgi zishda benzin, kerosin, dizel yonilg'isi deb ata luvchi neft mahsulotlari dvigatellarda yoqilib, issiqlik energiyasi hosil qilinadi. So'ngra issiqlik energiyasi mexanik ishga aylanadi. Xuddi shunday, elektr stansiyalarda suvning mexanik energiyasi yoki yoqilg'i yonishi tufayli hosil qilingan issiqlik energiyasi elektr energiyasiga aylantiriladi. Sanoatda, maishiy xizmatda elektr energiyasi boshqa turdagi energiyaga yoki ishga aylanadi. Insonlar va hayvonlar ham faoliyat ko'rsatishlari uchun energiya sarflaydilar. Ular bu energiyani iste'mol qiladigan oziqalaridan oladilar. Har kuni katta yoshli kishilarga 15 00 00 J, maktab yoshidagi bolalarga (11-15 yosh) - 12 00 00 J energiya kerak bo'ladi. Aynan bir xil ishni bajarish uchun turlicha vaqt kerak bo'lishi mumkin. Masalan, 10 00 ta g'ishtni 100 m ga tashish uchun ikki kishi kuni bilan ishlashi kerak bo'lsa, mashinada bu ishni bir necha minutlarda bajarish mumkin. Ishning tez yoki sekin bajarilishini ko'rsatadigan kattalik sifatida quvvat tushunchasini kiritamiz. Quvvat deganda, biror vaqt bo'lagi ichida (1 sekundda) bajarilgan ish tushuniladi. Quvvatni N bilan belgilasak, uni topish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 671.99 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:16 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 671.99 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga