Energiyaning asosiy manbalari

Energiyaning asosiy manbalari

O'quvchilarga / Fizika
Energiyaning asosiy manbalari - rasmi

Material tavsifi

Energiyaning asosiy manbalari Energiyaning asosiy manbalari. Gidroenergetika. GES larning asosiy manbai, energiya zahiralarining doimo oqib turadigan daryo suvi hisoblanadi. GES lar atrof-muhit, havo, suv, tuproqni chang, kul, azot va oltingugurt oksidlari bilan iflos qilmaydi. Lekin GES lar ham, o'z navbatida, tabiatga juda katta zarar keltirmoqda. Hozirgi vaqtda GES suv omborlari tomonidan 900 km2 yer yoki har bir ishlab chiqarilgan kvt uchun 0,5 m2er suv ostida qolgan. Shu jumladan, 0,17 m2kvt ga qishloq xo'jalik yeri va 0,23 m2kvt ga o'rmonzorlar suv ostida qolgan. Suv omborlarining qurilishi natijasida shu suv havzasining qirg'oqlari emiriladi, atrof tabiiy muhitni o'zgarishiga olib keladi. Ya'ni qurg'oqchilik, yer osti svlarining ko'tarilishi, yerning sho'rlab ketishi kabi holatlar O'zbekistonda qurilgan turli suv omborlari (Tuyamo'yin, ta'limarjon, Chordara, Qayroqqum, Andijon) atrofida yaqqol sezilmoqda. GES lar qurilishi bilan hosil bo'ladigan suv omborlari baliqchilikning rivojlanishiga imkon beradi. Lekin shu tumanda muhit haroratining pasayishining natijasida paxta ochilishi orqaga surilmoqda, ko'plab hosildor yerlar, o'tloqzorlar suv ostida qolib, tiklab bo'lmaydigan holda nobud bo'ladi. Issiqlik va magnitogidrodinamik energiya. Energiyadan foydalanish sohasida elektroenergiya ekologik tomondan eng toza energiya manbai hisoblanadi va uning chiqindisi kam. Havo ifloslanishining 25% i issiqlik elektrostansiyalarining chiqindisi u ko'mir bilan bog'liq. Ko'pchilik issiqlik energiyasi xom ashyo manbalari ishlatilganda oltingugurt tutuni, chang chiqadi va bu atrof muhit uchun xavflidir. Agar tutunsiz kosmik birikmalari issiqlik energiyasi olishda ishlatilsa, atrof muhitga oltingugurt oksidi, azot va chang zarralari chiqadi. Ba'zan issiqlik energiyasi olishda ishlatiladigan ko'mirdan kul hosil qiladigan qismi ajratib olinadi. Qolgan qismiga suv qo'shilib, o'ziga xos qorishma hosil qilinib, unga maxsus kimyoviy reagentlar qo'shiladi va keyin yoqilg'i sifatida ishlatiladi. Atom energiyasidan foydalanish. Atom energiyasi inson hayotida katta va mahkam o'rin oldi. Butun dunyo atom energiyasiga oid tashkilotlarning keyingi ma'lumotiga ko'ra, dunyoda 430 dan ortiq AES bo'lib, ularning umumiy kuchi 3 mlrd kVt ga teng. Atom elektrostansiyalari dunyoda elektr energiyaning 15% ini ishlab beradi. Eng ko'p AES Amerikada joylashgan, ya'ni dunyodagi AES larning yarmidan ko'pi AQSH da bo'lib, ular 101,4 mln. kvt energiya ishlab chiqaradi. Bir necha mamlakatlarda AES energiya ishlab chiqarishda asosiy o'rinni egallaydi. Masalan, Bolgariyaning elektr energiyasi 30%, Shvesariyaning 39%, Belgiyaning 50%, Fransiyaning 65% energiyasining AES energiyasi tashkil qiladi. Sobiq ittifoq (37,1 mln kvt), Yaponiya (29,3), Kanada (11,8), Ispaniya (7,5), Tayvan (4,9), Chexiya (3,2), Hindiston (1,5 mln.kvt) kabi mamlakatlarda AES ishlaydi. 4. Noan'anaviy energiya manbalari va ulardan foydalanish. Geotermal energiya. Yer osti geotermal - issiq suvlaridan issiqlik energiyasining manbai sifatida foydalanish atrof - muhitni toza bo'lishida juda katta ahamiyatga ega. Sobiq ittifoq hududida 50 dan ortiq yer ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 477.75 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:16 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 477.75 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga