Faradeyning ikkinchi qonuni

Faradeyning ikkinchi qonuni

O'quvchilarga / Fizika
Faradeyning ikkinchi qonuni - rasmi

Material tavsifi

8-sinf fizika darsligi asosida 43-mavzu: Faradeyning ikkinchi qonuni Ingliz fizigi M. Faradey qator tajribalarda har xil elektrolitlardan turli miqdorda tok o'tkazgan. Elektrodlarda ajralib chiqqan moddaning massasini o'lchash natijalariga asoslangan holda, 1833-1834-yillarda elektrolizning ikkinchr qonunini kashf qilgan. Ushbu qonun bilan tanishish uchun siz 7-sinf kimyo kursidan quyidagi ma'lumotlarni esga olishingiz zarur bo'ladi: Uchta elektxolitik vanna olib, ular-ning birinchisiga natriy xlorid (NaCl), ikkinchisiga mis sulfat (CuS04), uchin-chisiga esa kumush nitrat (AgNOs) tuzlari eritmalarini quyamiz. Elektrolitlarga botirilgan elektrodlarni o'tkazgich simlar bilan 113-rasmda ko'rsatilgandek ketma-ket tutashtirib, tok manbaiga ulaymiz. Buada birinchi vannaning katodidan vodorod (H2) va anodidan xlor (Cl2), ikkinchi vannaning katodidan mis (Cu) va anodidan kislorod (02), uchinchi vannaning katodidan kumush (Ag) va anodidan kislorod (02) ajralib chiqadi. Vannalar ketma-ket ulangani uchun har bir elektrolitdan o'tayotgan tok kuchi bir xil bo'ladi. Lekin elektrodlarda ajralib chiqqan natriy, mis va kumush moddalarining massasi har xil bo'lar ekan. Bunga Na, Cu va Ag ning atom massasi va ularning valentligi turlicha boiganligi sabab bo'ladi. Tajriba asosida, elektrodlardan ajralib chiqqan natriy, mis va kumushning massalarini o'lchab, ularning massasi shu moddalarning atom massalariga to'g'ri proporsional ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Tajribadagi ikkinchi elektrolitdagi elektrodga t vaqt ichida kelgan Cu2+ ionlarning soni birinchi va uchinchi elektrolitlardagi elektrodlarga kelgan Na+ va Ag+ ionlari somdan ikki marta kam bo'ladi. Chunki, elektrolizda ishtirok etgan natriy va kumush moddalari bir valentli, mis esa ikki valentlidir. Bu tajriba elektroliz vaqtida har bir vannada ajralgan moddalarning massalari ekvivalent Modda atom massasining valentligiga nisbati (A-Z) moddaning kimyoviy ekvivalenti deyiladi. Bir valentli moddaning kimyoviy ekvivalenti son jihatidan atom massaga teng. Tajribalar asosida Faradey moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti uning kimyoviy ekvivalentiga to'g'ri proporsional ekanligini aniqladi: Elektroliz vaqtida ajralib chiqqan moddalarning massasi modda­ning elektrokimyoviy ekvivalenti hamda elektroliz paytida o'tgan zaryad miqdoriga to'g'ri proporsional bo'ladi. (4) ifodaga ko'ra elektrolitda valentligi birga teng bo'lgan bir mol modda ajralishi uchun elektrolit orqali son jihatdan Faradey doimiysiga teng bo'lgan 96500 kulon zaryad o'tishi kerak. Elektrolitda valentligi Z ga teng bo'lgan bir mol modda ajralib chiqishi uchun esa elektrolit orqali Z ■ 96500 kulon zaryad o'tishi kerak ekan. Elektrolizning birinchi qonunmi ayting. Elektrokimyoviy ekvivalent qanday fizik ma'noga ega? Faradeyning ikkinchi qonuni qanday ifodalanadi va qanday ta'riflanadi? Elektroliz vaqtida ajralib chiqqan moddaning massasi shu moddaning molyar massasiga to'g'ri proporsional ekanligini tajribada qanday asos-lanadi? Elektroliz vaqtida ajralib chiqqan modda massasi shu moddaning valentligiga bog'liqligini tajribada qanday tekshirish mumkin? 114-rasmda keltirilgan tajribani o'tkazib ko'-ring. Tok manbai sifatida 9 V kuchlanishli elementni oling. Elektrolit ichida turgan qalam uchlarida pufakchalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 624.03 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:17 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 624.03 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga