Faza siljish burchagini o'lchash usullari Reja: 1. Asosiy tushunchalar 2. FSB ni ostsillograf usullarida o'lchash 3. FSB ni tok yoki kuchlanishga o'zgartirib aniqlash usuli 4. Faza siljish burchagini kodga o'zgartirib o'lchash Faza siljish burchagini muvozanatlovchi o'zgartirish usuli bilan o'lchash 6. Avtomatik muvozanatlanuvchi fazometr 1. Asosiy tushunchalar Faza siljishi burchagi (FSB), garmonik signalning muhim ko'rsatkichi - argumentidir Garmonik tebranishning x=XmCos(t+) asosiy ko'rsatkichlari: Xm - amplituda, - davriy (aylanma) chastota, (t + ) argument, tebranishning fazasi, t - o'zgaruvchan faza, - doimiy faza siljishi. Odatda fazaning o'zini emas, ikki garmonik signal orasidagi faza siljishi burchagini o'lchashga to'g'ri keladi. Yani x1=Xm1 Cos(t +1) va x2=Xm2 Cos(t +2) . Bu holda faza siljish burchagi ikkala signaldagi fazalar doimiy tashkil etuvchilarining farqi bilan aniqlanadi va vaqtga bog'liq emas : = 1 + 2 (1) FSB ni aniqlashning ko'p usullari mavjud va ularni ikki guruhga ajratish mumkin: to'g'ridan-to'g'ri va muvozanatlovchi o'zgartirgichlar vositasida o'lchash. 2. FSB ni ostsillograf usullarida o'lchash Bu usul birinchi guruhga mansub. Ikki nurli ostsillografning ikkala kirishiga ikki signal beriladi. Ularni noldan o'tish momentlari orasidagi masofa a va bir davr egallagan masofa v aniqlanadi. Qidirilayotgan FSB (2) ifodasi bilan topiladi (1 - rasm). Bir nurli ostsillograf bilan FSB ni aniqlash uchun Lissaju figuralaridan foydalaniladi (2 - rasm). Ostsillografli usullarning aniqligi 2 … 15% dan oshmaydi. O'lchashlardan oldin gorizontal va vertikal og'dirish kanallarining simmetriyasi ta'minlanadi. Nurni yoyishda sinusoidal signaldan foydalaniladi. Signallardan biri vertikal og'dirish kanaliga, ikkinchisi gorizontal og'dirish kanaliga beriladi. Bu signallar chastotasi bir xil bo'lgani uchun ekranda ellips hosil bo'lib, uning yotish burchagi faza siljish burchagi (FSB) ga mos bo'ladi: =arcsin(ec) = 2 arctg(dD). Bu yerda s,d - ellipsning ordinata va abstsissa o'qlariga proyeksiyasi, e,d- ellipsning ordinata va abstsissa o'qlari bilan kesishgan nuqtalari orasidagi masofalar. 3. FSB ni tok yoki kuchlanishga o'zgartirib aniqlash usuli Bu usulda faza sezuvchi to'g'rilagichlardan foydalaniladi. Signallarning biri X1(t) - 1 kirishga, ikkinchisi X2(t) - 2 kirishga beriladi. Ikkinchi signal S kalitni ulab-o'chirib, birinchi signalni o'lchash asbobiga berib, uzib turadi. Chiqish toki (I0) ning doimiy tashkil etuvchisi: I0 = SX 1mG0 Cos. (3) Bu yerda S - koeffitsiyent, G0 - kalitning o'tkazuvchanligi. 3 - rasmda ushbu usulni amalga oshiruvchi sxema (a) va undagi kattaliklarning o'zgarish grafiklari keltirilgan. Ko'rinib turibdiki, o'lchash asbobidagi tok I0 birinchi signalning amplitudasi X1m ga va FSB ga bog'liq. Shuning uchun bu usulda FSB ning aniqligi boshqa omillar bilan bir qatorda X1m amplitudaning o'zgarmas bo'lishiga kuchli bog'liq. Ushbu usulni yana bir ko'rinishi - FSB ni vaqt oralig'iga ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
96.52 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
96.52 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:17 ]
Arxiv ichida: doc