Fermentlar

Fermentlar

O'quvchilarga / Fizika
Fermentlar - rasmi

Material tavsifi

Fermentlar Reja: Fermentlarning sinflanishi. Aktiv markaz. Fermentativ kataliz mexanizmi. Fermentativ reaksiyalar kinetikasi. Fermentlar tuzilishiga ko'ra oqsil tabiatidagi biokatalizatorlarbo'lib, organizmlarda hosil bo'ladi va o'z funksiyalarini bajaradi. Ferment iborasi lotincha fermentum-achitqi, oqliq manosini bildiradi. Chunki fermentativ jarayonlar birinchi marta bijg'ish mahsulotlari ishlab chiqarishda aniqlangan. Fermentlarning ahamiyati shundan ko'rinadiki, ko'plab organik reaksiyalar yuqori temperaturada borsa, organizmda bunday reaksiyalar 37oS da ketadi. Fermentlarning aniq ta'sir mexanizmini aniqlash zamonaviy bioorganik kimyoning fundamental muammolaridan biridir. hozirgi vaqtda fermentlarning tuzilishi, ta'sir etish mexanizmlarini va fermentativ faollikni boshqarishni tadqiq etishga katta etibor berilmoqda. Umuman olganda fermentlar ishtirokida boradigan biokimyoviy reaksiyalar yig'indisi moddalar almashinuvining asosiy negizini tashkil qiladi. Fermentlarni o'rganish tibbiyot, sanoat va qishloq xo'jaligi uchun katta ahamiyatga ega. Tirik organizmlarda uchraydigan ko'plab kasalliklar fermentlar faoliyatining buzilishi bilan bog'liqligi aniqlangan. Bunday holatlarda fermentlar dori preparatlari sifatida ishlatiladi. Masalan tripsin, ximotripsin kabi ferment preparatlar yiringli yaralarni davolashda, ribonukleaza, dezoksiribonukleaza fermentlari yuqumli virusli kasalliklarni davolashda qo'llaniladi. Bundan tashqari fermentlar oziq-ovqat sanoatida, biokimyoviy tadqiqotlarda keng qo'llaniladi. 1961 yilda ishlab chiqilgan qoidaga ko'ra fermentlar katalizlanuvchi reaksiya turiga ko'ra oltita sinfga bo'linadi. Har bir sinf yana quyi sinflar va guruhlarga ajratiladi. Har bir ferment o'ziga tegishli tartib raqamiga ega. Masalan, glyukooksidaza fermenti KF. 1.1.3.4. shifri bilan belgilanadi, yani bu ferment birinchi sinfga, birinchi quyi sinfga, uchinchi guruhga va to'rtinchi tartib raqamiga ega. Fermentlar quyidagi sinflarga bo'linadi: Oksireduktazalar. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini katalizlaydi. Transferazalar. Guruhlarni bitta birikmadan ikkinchisiga ko'chirilishini katalizlaydi: XR + Z X + RZ Gidorlazalar. Moddalarning gidorlitik parchalanishini tezlashtiradi: XY + H2O = XOH + YH. Liazalar. Qo'shbog' hosil bo'lishi bilan boradigan nogidrolitik parchalanish reaksiyalarini yoki qo'shbog'lar bo'yicha birikish reaksiyalarini katalizlaydi. Izomerazalar. Birikmalarning izomerlanish reaksiyalarini katalizlaydi. Ligazalar (sintetazalar). Makroergik birikmalarning energiyasi hisobiga sintez reaksiyalarining tezliklarini oshiradi. (Fermentlarning sinflanishiga oid yanada batafsilroq ma'lumotlarni adabiyotlar ro'yxatida ko'rsatilgan Biokimyo darsliklaridan olish mumkin). Fermentlarni oqsil tabiatiga ega ekanligi haqida dastlabki tushunchalar E.Fisher va boshqa kimyogarlar tomonidan ilgari surilgan. R.Vilshtetter bir qator fermentlarni ajratib olib va tozalab ularni ikkita komponentdan, yani quyi molekulyar faol qism-agon va yuqori molekulyar tashuvchi-ferondan iborat moddalar degan xulosaga kelgan. 1926 yilda D.Samner ureaza fermentini, 1931 yilda D.Nortrop pepsin fermentini kristall holatida ajratib olganlaridan keyin fermentlarning oqsil tabiati batamom isbotlangan. Ferment oqsillarning nisbiy molekulyar massasi 1500 dan bir necha millionga etishi mumkin. Fermentlar boshqa oqsil moddalarga xos fizik-kimyoviy xossalarga ega. Fermentlarning yuqori molekulyar birikmalar bo'lishiga sabab shuki, ularning faol markazi malum, yuqori darajada tartiblangan tuzilishga ega bo'lishi kerak, chunki birkish va katalitik o'zgarishlarga javobgar bo'lgan aminokislota qoldiqlari optimal kataliz uchun etarli sharoitni hosil qiladigan darajada joylashgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 713.44 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 713.44 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga