Fizik jarayon va fizik modellashtirish REJA: 1. Modellashtirish nima ? 2. Fizik modellar haqida ma'lumot? 3. Modellar turlari? Modellash - fizik hodisa va jarayonlarni model yordamida tadqiq qilish; obyektlar (jonli va jonsiz tizimlar, muhandislik konstruksiyalari, fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy jarayonlar hamda loyihalanadigan obyektlar)ning modellarini yasash. Fizik, matematik, elektr, kibernetik va boshqa xillarga bo'linadi. Fizik M.da tadqiqot tekshirilayotgan jarayonning fizik tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan miqdor (o'lchami, tezligi) jihatidan farq qiladigan modelda olib boriladi. Fizik modellash gidrotexnika in-shootlari, samolyot, kema va boshqalarni tekshirishda qo'llaniladi. Matematik modellashda berilgan fizik jarayonlarning matematik ifodalari modellanadi. Elektr modellash ham kengtarqalgan. Bunda aktiv, induktiv va sig'im qarshiliklardan foydlaniladi. Tirik organ izmlardagi boshqarish jarayonlarini o'rganish uchun kibernetik modellar yaratilgan. Modellashtirish - bilish obyektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tadqiq, qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o'rganishdir. Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba'zi hollarda esa murakkab obyektlarni o'rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum obyekt, olisda joylashgan obyektlar, juda kichik hajmdagi obyektlarni o'rganishda modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod fanlarida obyektning faqat ma'lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham foydalaniladi. Modellarni tanlash vositalariga qarab uni uch guruhga ajratish mumkin. Bular abstrakt, fizik va biologik guruhlar.Abstrakt modellar qatoriga. matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi modellar kiradi. Fizik modellar qatoriga kichiklashtirilgan maketlar, turli asbob va qurilmalar, trenajyorlar va shu kabilar kiritiladi. Fizika va elektronika ta'limi sohalarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanilgan holda fizikaviy jarayonlar va tajribalarni modellashtirish usullari qarab chiqiladi. Fizik jarayonlarni LabVIEW dasturida modellashtirish o'quvchilarga ko'pgina qulayliklar yaratadi. LabVIEW dasturi yordamida temperatura va svitafor loyihalashtiriladi. Modellashning yana bir turi analog modellashdir. U fizik tabiati har xil bo'lgan, lekin bir xil matematik (algebrik, differensial va boshqalar) tenglamalar bilan ifodalanadigan hodisalarning analogiyasi (o'xshashligi)ga asoslanadi. Modellash har doim boshqa ilmiy va maxsus usullar bilan birga qo'llanadi. Avvalo, modellash eksperiment bilan chambarchas bog'liq. Biror hodisani uning modelida o'rganishni eksperimentning alohida xili deb qarash mumkin. Ba'zi murakkab hodisalar (mas, turbulentlik, havo yoki suyuqlik oqimining uzilish sohasidagi pulslanishlar va boshqalar) uchun stoxastik modellashdan foydalaniladi. U hodisalarning ehtimolligini aniqlashga asoslanadi. Bunday modellar ayni hodisadagi ayrim jarayonlarning o'tishini to'la aks ettirmaydi, balki qandaydir o'rtacha, summar natijani beradi. Fizik modellashtirish paytida o'rganilayotgan jarayonning tabiatini ochib beruvchi tajribalar sanoat qurilmalaridan (originaldan) o'lchamlari va ish unumdorligi bilan farqlanuvchi fizik modellarda o'tkaziladi. Fizik model tabiati original tabiati bilan boqliq bo'lib, uning xususiyatlarini qaytaradi. Fizik modelda o'tkazilgan tajribalar mobaynida olingan natijalar matematik uslublar yordamida qayta ishlanib, originalda amalga oshiriladigan jarayonni ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.16 MB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.16 MB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:17 ]
Arxiv ichida: pptx