Fizik kattaliklarning o'lchov birliklari

Fizik kattaliklarning o'lchov birliklari

O'quvchilarga / Fizika
Fizik kattaliklarning o'lchov birliklari - rasmi

Material tavsifi

Fizik kattaliklarning o'lchov birliklari Reja: 1. Kattaliklar va ularning birliklari. 2. xalqaro SI birliklar tizimi. Tizimdan tashqari birliklar. 3. O'lchash vositalarining turlari: etalonlar, namunaviy va ishchi o'lchash vositalari. 4. O'lchash vositalarining ish prinsipiga ko'ra turlari. 5. O'lchash vositalarining metrologik xarakteristikalari. 1. Kattaliklar va ularning birliklari Kattalik - sifat jihatidan ajratilishi va miqdor jihatidan aniqlanishi mumkin bo'lgan hodisalar, moddiy tizim, moddaning xossasidir. Sifat tavsifi kattalikning mohiyatini, mazmunini ifodalaydigan tavsif hisoblanadi. obyektning o'lchovi kattalikning miqdor tavsifi bo'ladi. Ko'pincha parametr degan atama ham ishlatiladi. Parametr berilgan kattalikni o'lchashda yordamchi sifatida qaraladigan kattalik hisoblanadi. Muayyan guruhlardagi kattaliklarning orasida o'zaro bog'liqlik mavjud bo'lib, uni fizikaviy bog'lanish tenglamalari orqali ifodalash mumkin. Masalan, vaqt birligidagi o'tilgan masofa bo'yicha tezlikni aniqlash mumkin. Mana shu bog'lanishlar asosida kattaliklarni ikki guruhga - asosiy va hosilaviy kattaliklarga bo'lib o'rganiladi: Asosiy kattalik deb ko'rilayotgan tizimga kiradigan va shart bo'yicha tizimning boshqa kattaliklariga nisbatan mustaqil qabul qilib olinadigan kattalikka aytiladi. Masalan, masofa (uzunlik), vaqt, temperatura, yorug'lik kuchi kabilar. Hosilaviy kattalik deb tizimga kiradigan va tizimning kattaliklari orqali ifodalanadigan kattalikka aytiladi. Masalan, tezlik, tezlanish, elektr qarshiligi,quvvat va boshqalar. Kattaliklarning sifat tavsiflarini rasmiy tarzda ifodalashda o'lchamlikdan foydalanamiz.O'lchanadigan kattalik - o'lchash vazifasining asosiy maqsadiga muvofiq o'lchanishi lozim bo'lgan, o'lchanadigan yoki o'lchangan kattalikdir. Kattalikning o'lchamligi deb, shu kattalikning tizimdagi asosiy kattaliklar bilan bog'liqligini ko'rsatadigan va proportsionallik koeffitsiyenti teng bo'lgan ifodaga aytiladi. Kattaliklarning o'lchamligi dimension (ingl.) - o'lcham, o'lchamlik manosini bildiradigan so'zga asoslangan holda dim simvoli bilan belgilanadi. Odatda, asosiy kattaliklarning o'lchamligi mos holdagi bosh harflar bilan belgilanadi, masalan, dim l = L; dim m = M; dim t = T. Hosilaviy kattaliklarning o'lchamligini topishda quyidagi qoidalar amal qiladi: Tenglamaning o'ng va chap tomonlarining o'lchamligi mos kelmasligi mumkin emas, chunki, faqat bir xil xossalargina o'zaro solishtirilishi mumkin. Bundan xulosa qilib aytadigan bo'lsak, faqat bir xil o'lchamlikka ega bo'lgan kattaliklarnigina algebraik qo'shishimiz mumkin. O'lchamliklarning algebrasi ko'payuvchan, yani faqat ko'paytirish amalidan iborat. Bir nechta kattaliklar ko'paytmasining o'lchamligi ularning o'lchamliklarining ko'paytmasiga teng, yani: A, B, C, Q kattaliklarining qiymatlari orasidagi bog'lanish Q=ABC ko'rinishda berilgan bo'lsa, u holda dim Q = (dim A) (dim B) (dim C). Birkattalikniboshqasigabo'lishdagibo'linmaningo'lchamligiularningo'lchamliklariningnisbatigateng, yaniQ = ABbo'lsa, uholda dim Q = dim A dim B. Darajagako'tarilganihtiyoriykattalikningo'lchamligiuningo'lchamliginishudarajagaoshirilganligigatengdir, yani, Q = Anbo'lsa, uholda, dim Q = dim An. Masalan, agartezlikv = ltbo'lsa, uholdadim v = dim l dim t = LT = LT-1. Shundayqilib, hosilaviykattalikningo'lchamliginiifodalashdaquyidagiformuladanfoydalanishimizmumkin: dim Q = LnMmTk, bunda, L, M, T, - mosravishdaasosiykattaliklarningo'lchamligi; n, m, k.…, - o'lchamlikningdarajako'rsatkichi. Har bir o'lchamlikning daraja ko'rsatkichi musbat yoki manfiy, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 69.16 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:17 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 69.16 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga