Fizika - umumiy ta'lim, akademik litsey hamda kasb - hunar kollejlarining o'quv predmeti

Fizika - umumiy ta'lim, akademik litsey hamda kasb - hunar kollejlarining o'quv predmeti

O'quvchilarga / Fizika
Fizika - umumiy ta'lim, akademik litsey hamda kasb - hunar kollejlarining o'quv predmeti - rasmi

Material tavsifi

Fizika-umumiy ta'lim, akademik litsey hamda kasb - hunar kollejlarining o'quv predmeti Yangi asrda biz sifat jihatidan tamomila yangilangan jamiyatga, chuqur integratsiyalashgan iqtisodiy makonga, yagona kommunikatsiya va axborot tizimiga kirgan holda keljak sari shaxdam qadamlar bilan bormoqdamiz. Bu anchagina tayyorgarlikni, bilimni, saviyani, iqtidorni talab qiladi. Bosayotgan qadamlarimiz qat'iyatli, ishonchli, zafarli bo'lishi uchun esa zamonaviy, bozor iqtisodi sharoitida ishlay oladigan, yetuk bilimdon, yuqori malakali kadrlar zarurdir. Yurtboshimiz I.A Karimov ta'kidlaganidek, IX-XV-asrda ma'rifatli dunyo ahillari Buxoriylar, Farg'oniylar, Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklarni qanchalik izzat-ikrom qilgan bo'lsa XXI asrda ham xalqimiz, millatimizga nisbatan ana shunday ehtiromni qo'lga kiritishimiz kerak. O'sha davrda ulug' ajdodlarimiz asos solgan va olamga dong taratgan ilmiy maktablarni zamonaviy shaklda qayta tiklashimiz lozim. Bunga esa ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish orqali erishish mumkin. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori mavzuidagi nutqida ta'lim tizimida erishilgan muvaffaqiyat va yo'l qo'yilgan kamchiliklarni obyektiv tahlil qilib kadrlar tayyorlashda islohatlarga ehtiyoj borligini isbotlab berdi. Avvalo ta'lim tizimi eski sho'rolar zamonidan qolgan ta'lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sakrashlardan butunlay xalos bo'lmaganligi, o'qitish, tarbiyaviy-ma'rifiy faolilyat mazmuni va uni tashkil etish dolzarb muammo ekanligi ta'kidlandi. Eski ta'lim tizimidagi bu kabi kamchiliklar va muammolarni tugatish istagi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ning yaratilishiga sabab bo'ldi. Kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy dasturida quyidagilar nazarda tutilgan : -butun ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, ishlab to'rgan o'quv yurtlarini yangi yo'nalishga solish va yangi sharoit va zamonaviy texnologiyada ishlay oladigan mutaxasisslar tayyorlash uchun yangi o'quv yurtlarini tashkil etish; -o'quv tarbiya jarayonining sifatini jahon standartlari darajasiga ko'tarish, ta'limda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining butunlay yangi usulini joriy etish; -o'quv yurtlari tuzilmalarini takomillashtirish, xususan 9-sinfni bitiruvchilar uchun tadbirkorlik faoliyati asoslari, iqtisodiy va huquqiy bilimlar darslari kiritilgan maxsus ta'lim muasasalarini barpo etish va ularni tarmog'ini kengaytirish; -yoshlarga milliy uyg'onish va umuminsoniy qadriyatlarni idrok etish mafkurasi asosida, Vatanga mehr-muhabbat, mustaqillik ideallariga sadoqat ruhida ta'lim tarbiya berish; -yoshlar bilan muntazam ravishda tinimsiz ishlash, iqtidorli bolalarni qidirib topish, ularni eng yaxshi xorijiy o'quv markazlarida professional ta'lim olishi uchun sharoit yaratish; -O'zbekistonning iqtisodiy va ma'naviy ehtiyojiga mos keladigan, yuksak malakali, xorijiy mutaxasislar bilan raqobat qila oladigan kadrlar salohiyatini yuzaga chiqarish va uni rivojlantirish; -ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yangi o'quv adabiyotlari bilan, zamonaviy jihozlar va kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash; -pedagoglik kasbiga hurmatni oshirish, pedagog va murabbiylar mehnatiga qiziqishini kuchaytirish uchun zarur bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitni yaratish. Islohatning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda, ta'lim andozalari, o'quv rejalari, dasturlari mazmuniga tuzatishlar kiritish, yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o'z vaqtida ishlab chiqish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.08 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.08 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga