Fizika darslarini yangicha uslublarda tashkil etish yangi pedagogik texnologiya Reja: Fizika darslarini yangicha uslublarda tashkil etish Yangi pedagogik texnologiya nima ? Davlatimiz Respublika maktablari oldiga o'quvchilarni puxta bilim bilan qurollantirish, ularni milliy qadriyatlarimizni saqlash va axloqiy ruhda tarbiyalash kabi ulug'vor vazifalarni qo'ydi. Keyingi paytlarda «Yangi pedagogik texnologiya» iborasini ishlatish shunchalik odat tusiga kirib qolganki, uning haqiqiy mohiyati, mazmuni, maqsadi nima ekanligi anglamay ishlataveramiz. Pedagogik texnologiyaning tamoyillariga tayanib, taolim jarayonini samarali bo'lishini ta'minlaydigan texnologiya Yangi pedagogik texnologiya hisoblanadi. Maktablarda olib boriladigan pedagogik jarayonning asosiy tashkiliy shakli darsdir. Shunga ko'ra, davlatimiz tomonidan ta'lim va tarbiya sohasida maktablar oldiga qo'yiladigan vazifalar avvalo dars jarayonida bajariladi. Bizga malumki, fizika tabiiy va aniq fanlar qatoriga qo'shiladi. Fizika qonunlari orqali tabiatda va hayotda ro'y beradigan hodisalarni o'rganiladi. hozirgi zamon yangi pedagogik texnologiyaga binoan, o'qituvchi dars jarayonida o'quvchilar faolligini oshirish uchun har bir darsni unumdorligini oshirishi va har bir darsni ijodkorlik bilan o'tishi kerak. Fan va texnikada juda katta o'zgarishlar yuz berayotgan vaqtda ko'plab sohalarda chuqur sifat o'zgarishlariga olib kelmoqda. Qadimgi fanlardan bo'lgan fizika fani ham mikrozarralardan tortib, kosmik fazoni o'zlashtirishda ham katta ahamiyatga ega. Fizikaning yutuqlariga asoslanib energetika, transport, aloqa, qurilish, sanoat, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi ham qayta qurilmoqda va tezkorlik bilan rivojlanmoqda. Maolum bo'lishicha hozirda o'quvchi-larning fanlarga qiziqishi (ayniqsa yuqori sinflarda) biroz susayganday. Shunday paytda Nima qilmoq kerak ? degan savol tug'iladi. Buning uchun har bir fan o'qituvchisi darslarni bir xilligidan voz kechib, turli xil uslublardan foydalanib bormog'i lozim. Hozirgi zamon fizika darslarini o'tishda quyidagicha dars uslublarini qo'llash mumkin. Fan bo'yicha maolum bob - bo'lim o'tilgandan so'ng test-sinovlari o'tkazilmoqda. Bu ham yaxshi, lekin (o'quvchilar ham anoyi emas) bugun siz-lar bilan shu bob - bo'lim bo'yicha test o'tkazamiz - desangiz uni ham malum yo'lini topishmoqda. Shuning uchun doimo test olmasdan qo'llanilayotgan ayrim ishlardan namuna keltirmoqchiman. Sinf o'quvchilarini 3 ta zvenoga bo'lish kerak. Birinchi zvenoga o'tilgan bob - bo'lim yuzasidan fizik formulalar: 1. a=(v-v0)t tezlanish formulasi. 2. v=St tezlik formulasi. 3. S=v0t+at22 tekis tezlanuvchan harakatda ko'chish. 4. S=vt tekis harakatda ko'chish. 5. S=(v2-v20)2a vaqt ishtirokisiz ko'chishni hisoblash. 6. I=UR Zanjirni bir qismi uchun Om qonuni. 7. A=IUt Tok kuchining ishi. 8. P=IU Elektr tokining quvvati. 9. Q=I2Rt Joulp-Lents qonuni. 10. I=qt Tok kuchi Ikkinchi zvenoga fizik kattaliklar: tezlanish, tezlik, vaqt, yo'l, tok kuchi, kuchlanish, qarshilik, quvvat. Uchinchi zvenoga fizik birliklar va o'lchov asboblari: ms2, ms, sekund, soat, minut, metr, Amper, Volt, Kulon, Om, Vatt. Bu uchala zvenoga (yechish) hisoblash uchun 1 tadan masala beriladi. Birinchi zvenoga (shu ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.08 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.08 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:18 ]
Arxiv ichida: doc