TAQDIMOTI Akademik litseylarda fizika fanidagi elektrostatika bobidan laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazishda axborot texnologiyalaridan foydalanish mavzusidagi MUNDARIJA 1. KIRISH I.bob. AKADEMIK LITSEYLARDA FIZIKA FANINI O'QITISHNING MAZMUNI 1.1-§. Akademik litsey uchun Fizika fanidan o'quv dasturi 1.2 -§. Fizika fanini o'qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. II.bob. AKADEMIK LITSEYLARDA LABARATO'RYA MASHG'ULOTLARINI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA tashkil QILISH METODIKASI. 2.1§ Elektr zaryadi, elektr zaryadining saqlanish qonunin Kulo'n qonuni mavzulariga oid tajribalarni axborot texnologiyalari yordamida o'qitish usuli. 2.2 § Elektrmaydoni va ish, elektrmaydon potensiali ekvipotensial sirtlar mavzularini o'qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. 2.3 § Laboratoriya ishlarini tashkil qilish va Elektr maydon mavzusiga oid laborato'riya ishini o'qitish usuli. XULOSALAR…… ADABIYOTLAR…… Kirish O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida har tomonlama yetuk mutahasis kadrlar tayyorlashning mohiyati, zaruriyati, zamonaviy fan va texnikaning rivojlanish talablariga mos barkamol avlodni tarbiyalash masalalari izchillik bilan tahlil etilgan, dolzarb vazifalar va ularni amalga oshirish chora tadbirlari belgilab berilgan (Barkamol avlod orzusi: Sharq, 199). Shu bois mamlakatimizda ta'lim tizimini takommillashtirish va uni hozirgi zamon talablariga moslashtirish, zamonaviy informatsion texnologiyalarga asoslangan jahon andozalari darajasidagi tizimni yaratish umumdavlat siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta'lim tizimini tatbiq etish asosida, jamiyatning rivojlanishi talablarini hisobga olgan holda, yetuk mutaxasislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga katta e'tibor berilgan. Bu vazifalarni hal qilish uchun esa birinchi navbatda o'quv jarayonini tubdan isloh qilish, unga jahonning rivojlangan davlatlarida keng qo'llanilayotgan zamonaviy informatsion va pedagogik texnologiyalarni izchillik bilan tatbiq etish zarur. Zamonaviy ta'lim tizimi murakkab tuzilmaga ega bo'lib, uning tarkibiga ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan va o'zaro murakkab bog'lanishlarga ega bo'lgan texnalogik, pedagogik, tashkiliy, iqtisodiy, hamda nazariy - metodologik qismlar kiritiladi. An'anaviy ta'lim tizimi, zamonaviy ta'lim tizimidan texnologik qismini alohida ajratib qaramasligi bilan farq qiladi. An'anaviy ta'lim tizimi yuzma - yuz o'qitish uslubi va bosma materiallarga asoslanib o'qitishga mo'ljallanganligi uchun texnologik qismi yetarli darajada rivojlanmagan. Ta'lim sohasidagi ayrim mutahasislar orasida o'quv jarayoning komp'yuterlar, telekommunikasion jihozlar va yangi texnik vositalar bilan ta'minlanganligi, ya'ni o'quv auditoriyalarini komp'yuterlar, videokameralar va boshqa qurilmalar bilan jihozlash, o'qituvchilarni ulardan foydalanishga o'rgatish ta'lim tizimini zamonaviylashtirish uchun yetarli, degan noto'g'ri xulosalarga keladilar. Zamonaviy ta'lim tizimining pedagogik asoslarini tahlil qilish va ta'lim jarayonida o'qituvchining o'rni va vazifalarini aniqlash dolzarb uslubiy masalalardan hisoblanadi. Komp'yuter va telekommunikatsion texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ta'lim tizimining asosiy pedagogik usullari an'anaviy ta'lim tizimidagi pedagogik usullardan tubdan farq qiladi. Birinchidan, ta'lim tizimining texnalogik asosi jadal rivojlanib borganligi uchun o'quv kurslarini ishlab chiqish murakkablashadi va o'qituvchidan pedagogik faoliyatning maxsus usullari va malakalaridan foydalanishni talab etadi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:58:58
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
766.05 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 17:58 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
766.05 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:18 ]
Arxiv ichida: pptx