Fizika fanining ahamiyati

Fizika fanining ahamiyati

O'quvchilarga / Fizika
Fizika fanining ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Fizika fanining ahamiyati Fizika grekchadan tarjimada tabiat demakdir. Fizika - eng kadimiy fanlardan bo'lib, modda tuzilishi, jismlarning harakat turlari, energiyalari va o'zaro ta'sirlarini o'rganadi va barcha tabiiy fanlar foydalanadigan tabiat hodisalarining umumiy qonunlarini aniqlaydi. Kadimda fizika to'lik manoda tabiat to'grisidagi barcha hodisalarni o'rganuvchi fan hisoblanar edi. Insoniyatning o'zini o'rab turgan olam to'grisidagi ongi kengayib, chuqurlashgandan so'nggina fizikaning alohida qismlari va (geologiya, zoologiya, botanika, kimyo, astronomiya va x. k. mustaqil tabiiy fanlar ) sifatida ajralib chikdi. hozirgi zamon fizikasining asosiy vazifasi moddiy olamni xar tomonlama o'rganish, uning tuzilishi va harakat qonuniyatlarini topish, bu qonuniyatlarni bir-biriga bog'lashdan iboratdir. harakat materiyaning asosiy xususiyati bo'lib, uning mavjudligi shartidir. Materiyaning harakat shakli bir necha asosiy turlarga bo'linadi: mexanik, fizik, biologik va sotsial. harakat turini o'rganishga karab fanlarni bir-biridan ajratish imkoniyati tugiladi. Shundan kelib chikib, fizikani mexanik va fizik harakatni o'rganuvchi fan deyish mumkin. harakatning fizik shaklini molekulyar-kinetik (issiqlik), elektromagnit, atom, yadroviy harakatlarga bo'lish mumkin. Shuning uchun xam fizikani yuqoridagi bo'limlar ko'rinishida o'rganiladi. Materiya harakatlarining turlari o'zaro chambarchas boglangan. Bu bog'lanish yangi fanlarni paydo qiladi. Fizikadan materiallar qarshiligi, issiqlik texnikasi, elektonika kabi o'quv fanlari yuzaga keldi. Fizika-tajribaviy fan, yani xar qanday nazariya qanday paydo bo'lishidan katiy nazar tajribada isbotlanadi. Fizikaning asosiy xususiyatlaridan biri shundan iboratki, uning qonuniyatlari miqdoriy xossalarga ega, yani xar qanday fizik qonun fizik kattaliklar orasidagi bog'lanishni ta'minlaydi. Shuning uchun xam fizik tajriba asosida o'lchashlar yotadi. O'lchashlar yordamidagina mavjud fizik kattaliklar va qonunlar orasidagi bog'lanishlar yuzaga kelishi mumkin. Fizikaning muvaffakiyati o'lchash texnikasining takomillashishiga bog'liq deyish mumkin. Buning natijasida hozirgi zamon fundamental nazariyalari paydo bo'ldi. (nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi). Tajriba aniqligining ortishi tajriba texnikasini takomillashtirishga olib keladi, natijada yangi fizik nazariyalar paydo bo'ladi. Ammo yangi nazariyalar eski nazariyalarni butunlay inkor kilmaydi, fakatgina ularning ko'llanish chegarasini kengaytiradi. Masalan, optik asboblarning takomillashishi va o'lchashlar aniqligining ortishi Eynshteyn nisbiylik nazariyasini paydo bo'lishiga olib keldi. Ammo bu N yuton nazariyasini yo'kka chikarmadi, balki yorug'lik tezligiga yaqin tezliklarda ko'llab bo'lmasligini ko'rsatib berdi. Fizik tadqiqotning yana bir alohida tomoni, aniq masalalar yechimidagi nazariyalarda materiyaning o'zi bilan emas balki ularni ifoda etuvchi modellari dan foydalanadi, masalan, moddiy nuqta, matematik mayatnik, absolyut qora jism va x. k. lardan foydalanadi. Shundan so'ng aniq masalalar yechimi kelib chiqadi. Fizikaning ko'p kirrali tomonlaridan biri, insonni o'rganuvchi fanlar bilan bog'lanishidir. Bu bog'lanish yo'nalishlari quyidagilardan iborat: a) Odam organizmidagi turli jarayonlarning murakkabligiga qaramasdan, ular orasidan fizik jarayonlarga yaqinlarini ajratish mumkin. Masalan, kon aylanish-suyuqlik okishi (gidrodinamika), tanada elastik tebranishlarning tarqalishi (tebranish va to'lkinlari), yurakning mexanik ishi (mexanika), biopotentsiallar paydo ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 61.09 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 61.09 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga